Kurs ishi mavzu: Xorazm adabiy muhitida tazkiranavislik Talaba


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 87.24 Kb.
bet2/5
Sana13.03.2023
Hajmi87.24 Kb.
#1266117
1   2   3   4   5
Bog'liq
ISOQOVA ZILOLA ADABIYOT

Kurs ishining maqsad va vazifalari: Ushbu kurs ishimizning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Adabiyotda tazkiraning ahamiyatini o`rganish;

  • O`zbek adabiyotida tazkiranavislikning tutgan o`rni;

  • Mashhur tazkiranavis yozvchilar ijodini o`rganish;

  • Xorazm adabiyotida tazkiranavislik va uning qiymatini o`rganishdan iborat.

Mavzuning ilmiy yangiligi: Yo`qolib borayotgan adabiy merosni tiklaash, uni sayqallash va o`rganuvchilarga keng va sifatli ma`lumotlar yordamida uning ahamiyati, qiymati va hayotimizdagi o`rnini tushuntirish. Ajdodlarimizdan qolgan madaniy yodgorliklarni asrab-avaylashga va o`rganishga yosh mutaxasis-kadrlarni qiziqtirb, jalb qilish.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari: Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslariga ko`plab adabiyotshunos olimlarning ilmiy asarlari, monogragiya, ilmiy maqola va tezislari hamda o`zbek klassik adabiyotining yirik namoyondalarinnig mavzuga oid asarlari va ijod namunalari asos qilib olindi. Ushbu asarlardagi ma`lumotlar o`zaro solishtirilib, eng asosli va ishonchlilari yordamida kurs ishi mazmuni yoritildi va yangi uslubiy asoslar bilan kurs ishi to`ldirildi.
Kurs ishining tarkibi: Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qismva uning ichiga kiruvchi uchta parograf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.


  1. XIXasr oxiri XX asr boshlarida Xorazmda adabiy muhit

Shoir va tarixchi Bayoniy shoh va shoir Feruz zamonida ko’plab madrasalar qurilganini, matbaachilik yo’lga qo’yilganini, kitobxonlik avj olganini, xonning o’zi bularning barchasiga bosh-qosh bo’lganini yozadi. Xivada Komil Xorazmiy, Muhammadrasul Mirzo, Muhammad Rahimxon Feruz, Ahmad Tabibiy, Muhammad Yusuf Bayoniy , Ilyos Mulla Muhammad o’g’li So’fi, Mutrib Xonaxarobiy, Muhammad Yusuf Chokar, Avaz O’tar o’g’li, Abdurazzoq Faqiriy, Safo Mug’anniy, Komiljon Devoniy, Muhammad Rahim Rog’ib kabi ko’plab shoirlar yashab ijod etdilar.


Adabiy harakat ko’proq ma’rifatparvar podshoh, «Feruz» taxallusi bilan she’rlar yozgan Muhammad Rahimxon II atrofida rivoj topdi. Muhammad Rahimxon Soniy — Feruz saroyda adabiy muhit maydonga keltirdi. 1864 yili 20 yoshida taxtga chiqib, salkam 47 yil hukmronlik qilgan bu xon, uni yaqindan bilgan ko’pchilik tadqiqotchilar fikricha, O’rta Osiyo xonlari orasida eng aqllisi, eng ziyolisi edi. U «usuli jadid»ga yo’l berdi, ruslar kelmasdan ancha ilgari Xivaga toshbosma olib keldi. Uning topshirig’i bilan Ahmad Tabibiy «Maj-muatush-shuaroyi Feruzshohiy» («Feruzshoh shoirlari antologiyasi»)ni tuzadi. 30 shoirning she’ridan namuna beradi. Ular orasida Komil Xorazmiy, Muhammadrasul Mirzo, Avaz O’tar kabi xilma-xil ko’lam va qudratdagi shoirlar bor edi.
Shoir va tarixchi Bayoniy shoh va shoir Feruz zamonida ko’plab madrasalar qurilganini, matbaachilik yo’lga qo’yilganini, kitobxonlik avj olganini, xonning o’zi bularning barchasiga bosh-qosh bo’lganini yozadi. Bayoniyning «Shajarayi. Xorazmshohiy»sidan: «Xon hazratlari haftada ikki kun: juma va dushanba oqshomlarida ulamo bilan suhbat tuzub, kitobxonliq etdurur erdilar. Andog’kim, Yusufhoji oxund va Ismoilxo’ja oxund va Xudoybergan oxund va olimu ulum ma’qul va manqulda Mullo Muhammadrasul va faqiri haqir majlisi humoyunlarig’a haf-tada ikki martaba hozir bo’lub, kitobxonliq etar erduk. Goho domla Muhammadrasul bila ikkovimiz kirib, suhbati humoyunlarida kitobxonliq bo’lur erdi va sipohiylar va to’ralarni ham kitobxonliq etarga targ’ib etar erdilar. Bas, hamma kitobxon bo’ldilar».
Shoirlikning havosi ham, maqomi ham baland edi. Xonning atrofidagi amaldorlaridan, aka-uka qarindoshlarigacha she’r yozar edilar. Bayoniy ularni nomma-nom keltirgan. Masalan, Otajon to’raning «Komron», tug’ishgan ukasi To’ramurod to’raning «Murodiy» taxallusi bilan she’rlar yozganini ma’lum qiladi. Feruz tashabbusi bilan Xorazm tarjima maktabi maydonga keldi. Mutaxassislarning aniqlashicha, XIX asrning o’rtalarida Xivada saksondan ko’proq kishi tarjimonlik bilan muntazam shutullangan. 120 asar tarjima qilingan. Ayrimlari 2—5 marta o’zbekchaga ag’darilgan. Aksariyati fors-tojik tilidan o’girilgan. Bu asarlar janrlariga ko’ra ham xilma-xil edi. Ular orasida badiiydidaktik asarlar, ishqiy-sarguzasht qissalar katta o’rin egallagan edi. Tarjimonlar orasida esa Ogahiy, Komil, Bayoniy, Tabibiy kabi ma’lum va mashhur nomlar bilan bir qatorda Muhammadrasul Mirzo, B.Sanoiy, Rojiy, Tolibxo’ja, M. Rafe’, Habibiy, Mag’furxo’ja kabi ko’pchilikka uncha tanish bo’lmaganlari ham bor edi. Tabiiyki, ularning mehnat va san’at darajalari ham turlicha edi.
Ogahiy yigirmadan ortiq asarni fors tilidan o’zbekchaga o’girdi. XIX asrning 2-yarmi — XX asr boshlarida esa bu an’anani Tabibiy va Bayoniy davom ettirdilar. Bayoniy «Tarixi Tabariy» kabi nasriy asarlar qatorida Kamolildin Binoiyning «Shayboniynoma» singari masnaviyda yozilgan tarixiy-badiiy asarlariga ham qo’l urdi. Mavlono Darvesh Ahmadning arab tilidagi «Sahoyiful-axbor» («Xabarlardan sahifalar», 1-2-jildlari) nomli tarix kitobini mahorat bilan tarjima qildi. Atoulloh ibn Fazlulloh Husayniyning «Ravzatul-ahbob»i («Do’stlar bog’i») o’zbekcha tarjimasini tahrir etdi. Komil Xorazmiy XVIII asrda yashagan Barxurdor Mumtozning «Mahbubul-qulub» («Ko’ngullarning sevgani»), Faxriddin Ali Safiyning «Latoyifut-tavoyif» («Turli toifalarning latifalari») singari ixcham nasriy hikoya va latifalar to’plamlarini o’zbekchalashtirdi. Boy an’anaga ega musiqa rivoj topdi. Tanbur notasi kashf qilindi (Komil). She’r va musiqa hamkorligi kuchaydi. Feruz Xorazm shashmaqomini taraqqiy toptiryudda katta xizmat qildi. Xonning amri bilan shoir Ahmad Tabibiy tomonidan 1908 yili yaratilgan «Majmuatush-shuaro» («Shoirlar to’plami») she’riy (masnaviy yo’lida) bo’lib, 1638 sahifadan iborat edi. Qo’qon xoni Amir Umarxonning 1821 yilda tuzdirgan «Majmuai shoiron»ini esga tushiruvchi bu kitob «Majmuatush-shuaroyi Feruzshohiy» nomi bilan tanildi. Undagi matnlarning aksariyati o’zbek tilida edi.
Maʼlumki, XIX asr oxiri XX asr boshlari Oʻrta Osiyo xalklari tarixiga “milliy uygʻonish davri” boʻlib kirgan. Bu davrda amal qilgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy-adabiy harakat muammolarini oʻrganish hozirgi kunda ham davom etmoqda. Zero, jamiyat taraqqiyoti, insonning oʻzligi, Vatan mustaqilligi gʻoyalari bu harakatning ijtimoiy ideali boʻlib, eskirmaydigan boqiy qadriyatdir. Bu murakkab, koʻp qirrali jarayonning taʼlim, badiiy ijod, sanʼat, matbuot va boshqa sohalardagi yangicha koʻrinishlari, milliy va umumbashariy mazmundagi insonparvarlik qarashlari bugungi tadqiqotlarda tobora yorqinroq ochilmoqda. Bu jarayon – “jadidchilik harakati” sifatida keng yoyilib, uning faoliyat doirasi, voqe boʻlish xususiyatlari, oʻziga xosligi alohida diqqatga loyiqdir. Taniqli adabiyotshunos professor Begali Qosimovning “jadidchilik yakrang emas, u Turkiston, Buxoro, Xivada turli miqyos va koʻlamda namoyon boʻlganligi” haqidagi fikrlarida ana shu turfalik nazarda tutilgan. Bu hol jadidchilikning asosiy yoʻnalishlaridan biri adabiyotga ham daxldor.
Avvalo, shuni aytish kerakki, qayd etilgan davrdagi adabiyot qoʻsh nom bilan atalib, “jadid adabiyoti” ikkinchi nomidir. Muhimi, “milliy uygʻonish davri adabiyoti” va “jadid adabiyoti” tushunchalarining mohiyati aynan boʻlsa ham isteʼmoldagi darajasi har xil. Chunonchi, ikkinchi nom Turkiston, Buxoro ijodkorlariga nisbatan faolroq qoʻllaniladi. Toʻgʻri, oʻzbek jadid adabiyoti, asosan, mumtoz adabiy tajribalar, qisman jahon estetik tafakkuri zaminida shakllandi va takomillashdi. Bu xususiyat Xorazm adabiy muhiti namoyandalari ijodi uchun ham mushtarakdir. Afsuski, Xorazmdagi jadidchilik haqidagi qator tadqiqotlarda asosiy eʼtibor ijtimoiy-siyosiy masalalarga qaratilib, jadid adabiyoti namunalariga yetarli baho berilmadi. (Begali Qosimov va Sharif Yusupovning “Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti” kitobidagi Bayoniy, Komil Xorazmiy, Muhammad Rahimxon Feruz, Ahmad Tabibiy ijodiga doir fikrlari bundan mustasno). Koʻp hollarda, Xorazm shoirlarining milliy uygʻonish davri adabiy muhitidagi oʻrni eʼtirof etilsa-da, ularga nisbatan “jadid” atamasi qoʻllanilmay kelinmoqda, hatto mustaqillik yillarida yaratilgan Avaz, Soʻfi, Otaniyoz Niyoziy, Devoniy haqidagi ilmiy ishlarda ham ularning jadid adiblari vakillari ekanligi qayd etilmaydi. Vaholanki, bu muhitda XIX asrning 80-yillaridan XX asrning 30-yillari oʻrtalarigacha yashab ijod qilgan deyarli barcha shoirlar asarlarida ilm-maʼrifat, erk va millatning oʻzligini anglash motivlari keng targʻib qilindi va ular yangi, jadid adabiyoti mundarijasini sezilarli darajada boyitdi.
Tabiiyki, har bir hududdagi ijtimoiy-tarixiy sharoit, asriy madaniy-adabiy anʼanalar, badiiy-estetik qarashlar darajasi jadid adabiy tafakkurining tugʻilishi va taraqqiyotiga muayyan taʼsir koʻrsatdi. Bu hol Xorazm adabiy muhitidagi qator oʻziga xos jihatlarda ham namoyon boʻldi:

  1. Xorazmda Turkiston oʻlkasiga nisbatan rus madaniyati, adabiyoti, yevropacha ilm-maʼrifatdan taʼsirlanish, ularni mahalliy sharoitga ijodiy qoʻllash surati sekin davom qildi. Xususan, badiiy ijod bilan bevosita aloqador matbuot, teatr, musiqa sanʼati sohalaridagi yangilanishlarga bogʻliq ayrim tafovutlar ana shu sabab bilan izohlanadi.

  2. Jadid adabiyoti qadim mumtoz adabiyot bilan yangicha poetik fikr tendensiyalari keskinlashgan makonda voqe boʻlib, oʻtish davri zaruriyatining hosilasidir. Bu esa oʻz navbatida adabiy jabhada muayyan murakkablik, qorishiq holatni vujudga keltiradi. Jumladan, bu davrda Xorazmda Buxoro amirligida boʻlgani kabi diniy va saroy adabiyoti vakillari ham faoliyat koʻrsatdilar. Zero, endi shakllanayotgan tendensiya eski, kuchli va qamrovli klassik adabiy tajribalar bagʻrida, ularning davomi sifatida yuzaga keldi va mukammallashdi.

  3. Kitobat, matbuot jadidchilik gʻoyalarining muhim targʻibot vositasi, hozirjavob minbari vazifasini bajarishida ham ayrim xosliklar koʻzga tashlanadi. Turkistonda Rossiya bilan madaniy-maʼrifiy, adabiy aloqalar ancha ilgari boshlangan. Toshkent va Samarqand madaniy markazlarga aylanib, bu shaharlarda “Turkiston viloyatining gazeti”, “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat” va boshqa gazetalar chiqa boshlagan boʻlsa, Xorazmda vaqtli nashrlar faqat 20-yillarda yoʻlga qoʻyildi. Ammo, Feruz davrida (1910 yilgacha) keng tarqalgan devon, majmua, tazkira, bayozlar tuzish, umuman, kitobat ishlari maʼlum darajada maʼrifiy gʻoyalar targʻibotiga xizmat qildi, kitobxonlik kengaydi.

  4. Oʻzbek jadid adabiyotining shakllanishi va rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan Behbudiy, Avloniy, Fitrat, Hamza, Choʻlponlarning faoliyati va tafakkur qamrovi koʻp tarmoqli boʻlib, ular badiiy ijod bilan birga boshqa ijtimoiy fanlarni ham chuqur bilgan, turli tillarni puxta egallagan, sheʼriyatdan tashqari dramaturgiya, nasr, publitsistikada ham qalam tebratgan ziyolilar edilar. Xorazm jadid ijodkorlari bisotida esa asosan sheʼriyat, tarjima va musiqa sohasi namunalari ustuvor boʻlib, asarlarning bir qismi fors tilida ham yozilardi.

Vohadagi ijtimoiy-tarixiy sharoit, turmush tarzi, madaniy-hududiy tamoyillar va boshqa xususiyatlar Xorazm jadid adabiyoti davrini shartli ravishda ikki bosqichga ajratishga imkon beradi:

  1. XIX asrning 80-yillaridan 1920 yilgacha;

  2. 1920 yildan 1938 yilgacha.

Ushbu tasnifda har bir bosqichga xos xususiyatlar davr xarakteri bilan bogʻliq holda umumoʻzbek jadidchilik qarashlari kontekstida aks etadi. Shu jihatdan birinchi bosqichni ikki qismda koʻrish mumkin: birinchisi, XIX asr oxirlaridan 1910-yilgacha (ilk davr); ikkinchisi, undan keyingi 1920 yilgacha boʻlgan davr. Bularning har ikkalasi uchun ham mushtarak xususiyat – shoh va shoir Feruzning (1844–1910) maʼrifat va adabiyot ravnaqi yoʻlidagi homiyligi, amaliy faoliyati. Shoh vafotigacha boʻlgan bu davr yangi adabiyotning shakllanishiga zamin – shart-sharoit yaratdi. Akademik Oybek Feruzning maʼrifatga intilishlarini nazarda tutib, Feruz “faqat xalq uchun boʻlmasa-da, oʻz saroyi uchun madaniyat tusi berishga majbur boʻlgan”, deya qayd etgan edi. Muhimi shundaki, bu majburlik adabiyot, sanʼat va maʼrifat rivojiga keng yoʻl ochdi. Rossiyaga qaramlikning 1906 yilgacha boʻlgan davri vohada jadid maktablari, madaniyat muassasalari, litografiya tashkil etilgan palla boʻlsa, 1907–1910 yillar qoʻlyozma va toshbosma shakllarda eng koʻp devon va majmualar chop etilgan va tarqatilgan, xorijiy adabiyot va vaqtli matbuotga qiziqish kuchaygan davr hisoblanadi. Ilk davrda, Turkistonda barqarorlashgan yangicha adabiy tafakkur Xorazmda ham oʻz nishonalarini koʻrsatdi. Komil Xorazmiyning Moskva, Peterburg, Toshkent shaharlarida madaniyat yangiliklari bilan tanishuvi, “Turkiston viloyati gazeti”da asarlari bosilishi, usmonli, qozon, kavkaz turkiysidagi yangi asarlarga Ahmad Tabibiyning qiziqishlari shular jumlasidandir. Shuningdek, ijodini milliy uygʻonish davrida boshlagan Muhammad Yusuf Bayoniy qalamiga mansub “Shajarayi Xorazmshohiy”, “Xorazm tarixi” asarlarida yangilanayotgan adabiy muhitga doir qimmatli fakt va maʼlumotlar, maʼrifiy ohanglar salmoqli oʻrin tutadi.
1910 yildan 1920 yilgacha boʻlgan davrning asosiy xususiyati, Turkistonda roʻy bergan milliy ozodlik harakatlari va oʻzgarayotgan ijtimoiy jarayonlar taʼsiri oʻlaroq voha adiblari ijodida maʼrifatparvarlik mavzusi kengayib, millatni oʻz erkini anglashga, hurriyatga intilishga daʼvat etuvchi ohanglar bilan boyidi, Avaz, Mutrib, Faqiriy, Chokar asarlarida publitsistik pafos yanada kuchaydi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, milliy uygʻonish davri Xorazm adabiy muhiti namoyandalarining koʻpchiligi saroy atrofida uyushganligi adabiy muhit oʻziga xosligining yana bir koʻrinishi edi. Ularning bir guruhi – 20 nafarga yaqini shahzoda boʻlib, Feruz shajarasiga mansub shoirlar (Sultoniy, Sodiq, Saʼdiy, Komyob, Oqil va boshqalar) edi. Bu shoirlar ijodida anʼanaviy lirika talqini yetakchilik qilgani holda maʼrifiy qarashlar shu mavzu qobigʻida aks etardi. Saroy xizmatiga bevosita va bilvosita daxldor ikkinchi guruh ijodkorlar yozgan asarlar esa yangilanayotgan adabiyotning chinakam namunalari sanalardi. Bular Avaz, Mirzo, Niyoziy, Soʻfi, Mutrib, Chokar, Faqiriy, Mugʻanniy, Devoniy va boshqalarning turli janrlardagi bitiklaridir.
Ushbu roʻyxatdan koʻrinadiki, bu ijodkorlar (Avaz va Soʻfidan tashqari) 1920 yilda Xiva xonligi qulagandan keyin ham faoliyat yuritdilar va milliy uygʻonish davrining ikkinchi bosqichida asosiy oʻrin tutdilar. Ularning alohida xizmati shundaki, sheʼriyatda maʼrifatparvarlikning xalqchillik, gumanistik mohiyati chuqurlashdi, realistik tasvir va tamoyillar kengaya bordi, ishqiy lirika bilan uygʻunlashgan ijtimoiy-siyosiy lirika mazmuni tobora qamrovlilik kasb eta boshladi. Bu davr adabiyotida milliy uygʻonish va oʻzlik talqinlari paydo boʻlib: bir tomondan, jaholat, qoloqlik, adolatsizlikni keskin qoralash; ikkinchi tomondan, maʼrifatni, erk va yangi voqelikni madh etish, ulugʻlash yoʻnalishlarida davom etdi. 1910–1918 yillardayoq Avaz ijodida koʻringan bu qarashlar, keyinroq Soʻfi, Faqiriy, Mutrib tomonidan yana-da takomillashgan holda davom ettirildi. Xususan, Faqiriy va Rogʻib asarlarida satirik ohang Soʻfi va Mutrib sheʼriyatida ijtimoiy-axloqiy ruh, Chokar, Devoniy va Mugʻanniy ijodida maʼrifiy-taʼlimiy qarashlar yetakchi boʻlib, umumiy mazmunda millat komilligi, ilmu urfon gʻoyasi mujassamlashdi.
20-30 yillar adabiy muhitida mavzular kengayishi, janr va uslublar rang-barangligi ham yuqoridagi ijodkorlar nomi bilan bogʻliq. Toʻgʻri, mustabid tuzum tufayli yuzaga kelgan adabiyotning dastlabki namunalari maʼlum darajada davr mafkurasi taʼsirida boʻlsa ham, mohiyati xalqqa sadoqat, inson istiqboliga ishonch tuygʻusi bilan yoʻgʻrilgan edi. Shuningdek, ular matbuot, taʼlim, madaniyat, sanʼat jabhalarida faoliyat koʻrsatdilar. “Inqilob quyoshi”, “Xorazm xabarlari” gazetalari, 1920–23 yillarda “Xorazm bolalar adabiyoti”, “Yosh qalamkashlar kuylaydilar”, “Yugʻurmiya” nomli toʻplamlarda oʻz asarlarini eʼlon qildilar. Mashhur oʻzbek jadidi Hamzaning 1921–1924 yillarda vohadagi faoliyati Xorazm jadidchiligi tarixidagi muhim sahifalaridan biri boʻldi. Hamzaning oʻlkada dram truppalar tuzishi, adabiyot, sanʼat ahllarini uyushtirishi, xususan, Devoniy, Mugʻanniy, Sheroziy va boshqa ijodkorlar bilan hamkorlik qilishi adabiy-madaniy hayotda yorqin iz qoldirdi.
Xorazm adabiy muhiti oʻzbek milliy adabiyotining tarkibiy qismlaridan biri boʻlib kelgan. Shuning uchun, har bir davrdagi umumiy xususiyat va tamoyillar muayyan darajada voha adabiyotida aks etgan. Tabiiyki, bundan milliy uygʻonish hodisasi hisoblangan jadidchilik ham mustasno emas. Shunday ekan, bu hududda ham jadidchilik va uning adabiy yoʻnalishi oʻz tarixiga ega. Bu tarix Komil Xorazmiy ijodi bilan boshlanib, Avaz ijodida yuqori choʻqqiga koʻtarildi va bu hayotbaxsh gʻoyalar ularning izdoshlari tomonidan yangi voqelikka monand davom ettirildi. Manbalar guvohlik berishicha, Avaz Xorazmdagi jadid adabiyotining eng yirik, sermahsul namoyandasi edi. Ulkan ijodiy merosining hozirgacha faqat beshdan bir qismi nashr etilganini hisobga olsak, fondlarda saqlanayotgan qoʻlyozma va toshbosma asarlarini oʻrganish tufayli shoir poetik isteʼdodi va maʼrifiy yetukligining yangi qirralari kashf etilishi mumkin. Zero, shoirning “Maktab”, “Xalq”, “Millat”, “Hurriyat” radifli gʻazallari ijtimoiy-siyosiy mazmuni, badiiy estetik darajasi va mavzu dolzarbligi jihatidan milliy uygʻonish davri sheʼriyatidagi chinakam novatorlik namunalaridir.
Xulosa qilib aytganda, jadid adabiyotini hududlar kontekstida qiyosiy-tipologik xolis oʻrganish uning ayrim bahsli jihatlariga oydinlik kiritishga, ijtimoiy-estetik mohiyatini mustaqillik mafkurasi asosida anglash va qayta baholashga hamda oʻsha davr adabiy jarayoni haqidagi mavjud tasavvurlarni kengaytirishga imkon beradi. Bu oʻrinda Xorazm adabiy muhiti, shubhasiz, tadqiq obyektlaridan biri boʻla oladi.


2. Tazkiranavislikning rivojlanishi va uning mashhur ijodkorlari
Tazkira milliy va o’zaro yaqin adabiyotlar tarixini yaratishda, muayyan davr adabiy muhitini o’rganishda, alohida adabiy siymolar va asarlarni tadqiq etishda adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi. Hazrat Mir Alisher Navoiy hayotini va olamshumul ijodini tadqiq etish va ulug’ adibning ilmiy biografiyasini yaratishda ham forsiy va turkiy tazkiralarning muayyan ilmiy ulushi bor. Fors tilida yozilgan Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro”, Som Mirzoning “Tuhfai Somiy”, Rizoqulixon Hidoyatning “Majma ul-fusaho” tazkiralarida Navoiy siymosi haqidagi fikrlar navoiyshunoslikning ayrim qirralarini yoritishda qatnashgan. Shu bilan birga Hazrat Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi fors tiliga Faxriy Hiraviy tomonidan “Latoyifnoma” sarlavhasi bilan Hirotda, Hakimshoh Muhammad Qazviniy esa uni Onado’lida forschaga o’girganlar.
Hazrat Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan turkiy tazkirachilik maktabi XX asr boshlariga qadar nafaqat Turkiston yoki Markaziy Osiyoda, balki Eron, Hindiston, Afg’oniston, Ozarbayjon hamda Turkiyada muvaffaqiyat bilan davom etgan. O’tgan 500 yildan ortiqroq vaqt davomida yaratilgan tazkiralarda “Majolis un-nafois”ning izlarini ilg’ash qiyin emas. Birgina Onado’lida turkiy tilda 36 tazkira yaratilgan bo’lib, bular, asosan, “Shoir tazkiralari” (ya’ni valiylar va dabirlar tazkiralari bu hisobdan tashqari)dir. Shundan 12 tazkirada Hazrat Navoiy shaxsi tilga olingan, uning ijodiga munosabat bildirilgan. Mazkur tazkiralardagi ma’lumotlarga ko’ra, Usmonli shoirlaridan 70 dan ortig’i – Navoiyning she’riy asarlariga naziralar yozganlar, ulardan 30 dan ortig’i ham bu an’anani izchil davom ettirgan. Ayni mana shu ijodiy vorislikni xamsanavislik doirasida, ulug’ adib nasriy va tasavvufiy asarlaridan ta’sirlanish jarayonida ham kuzatish mumkin.
Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”asarining ta’siri haqida professor Mustafo Eson shunday yozadi: “Hazrat Alisher Navoiy boshqa ko’plab tazkiralarga namuna bo’larlik asar yaratgani bilan ahamiyatlidir… Muhimi, tazkiralarning Onado’lida paydo bo’lishiga ta’siri, ya’ni bu tazkiralarga andozalik vazifasini bajarishidir. Yanada to’g’rirog’i, Hirot maktabi tazkiralari sifatida nom olgan Jomiy, Davlatshoh va Navoiy hazratlarining asarlari keyinroq Usmonli o’lkasida paydo bo’lgan tazkirai shuaro janriga teran ta’sir etib, adabiy biografiya rivojini tezlashtirdi. Butun XVI asr tazkiralarida Navoiy an’analari davom etdi, XVII asrdan mumtoz tazkiralarga qaytildi va endi Navoiy yana bir sog’inch bilan eslanib, qo’msala boshlandi”.
Ushbu e’tirofdan kelib chiqib mavzuga yondoshilganda Onado’lida yaratilgan ilk tazkiralar sifatida Saxiy Beyning “Hasht bihisht” (“Sakkiz jannat”) asariga diqqat qaratamiz. Muqaddimada muallif o’zining “Hirot tazkiralaridan “Bahoriston”, “Davlatshoh tazkirasi” va “Majolis un-nafois”ni tadqiq etganini Usmonli o’lkasida yetishgan shoirlarni unutilishdan qutqarmoq uchun ularga o’xshatma tarzida bir asar yozganini aytadi”. Saxiy Bey Navoiydan andoza olib, o’z tazkirasini 8 qismga ajratdi, ularni “Hasht bihisht” deb atagani holda agar Hazrat Navoiy, Sulton Husayn Boyqaro ijodiga 8-majlisni lozim ko’rsa, Saxiy Bey o’z podshohi Qonuniy Sulton Sulaymonga 1-majlisni bag’ishlaydi. Keyin esa 2-tabaqada yana orqaga qaytib, Sulton Sulaymondan avval o’tgan adiblar ijodiga murojaat qiladi. So’ngra esa amaldor shoirlar, olim-shoirlar, o’zidan avval yashab, vafot etgan shoirlar, muallifning yoshligida shuhrat qozongan shoirlar, asar yozilayotgan paytda hayot bo’lgan va nihoyat, so’nggi tabaqada nomi endi eshitila boshlagan umidli shoirlar tasniflanadi.
Ayni o’rinda “Majolis un-nafois”ning majlislar aro tasnifi o’quvchilarga ma’lum bo’lgani uchun ularni qiyoslash o’rniga yana mutaxassislarning e’tiroflariga tayanamiz. Tazkirachilik maktablari haqida maxsus tadqiqot yaratgan professor M.Eson kuzatishiga ko’ra, “Hayot hikoyalarining tartib tarzi Saxiyda tabaqot asosida bo’lgani kabi bu usulni aynan Navoiydan olgan: shoirlarning qisqacha tug’ilgan joyi, nomi, vazifalari, adabiy aholi bilan bog’liq bir necha taqlidiy qolipli so’z, asarlari, ba’zan shoir bilan bog’liq bir voqea, oxirida bir necha bayt yoki qit’a kabilar” shular jumlasidan. “Majolis un-nafois”ning ta’siri Onado’lidagi ilk tazkirada ko’ringanidek, keyingi davr tazkiralarida ham mana shu holat u yoki bu ma’nolarda takrorlanadi, ayrim fakt va kuzatishlar asosida boyitiladi. Oradan sakkiz yil o’tib, Saxiy Beyning tazkirachilik faoliyati Latifiy tomonidan davom ettiriladi.
Shoir, adib va olim Latifiyning Navoiy ijodiga bog’lanishi tazkiradan tashqari uning nazm va nasr qorishig’ida yozgan “Fusuli arbaa” (“To’rt fasl”) asarida ham kuzatiladi. Shoirning “Nazmu-l-javohir” nomli asari esa Hazrat Alining hikmatlari asosida tuzilgani hamda ulug’ o’zbek shoiri asarining nomini aynan olgani Navoiyning Latifiy ijodiga ta’sirini alohida o’rganishga ehtiyoj borligini anglatadi. Muallif “Tazkira tush-shuaro va tabsira-tun-nuzamo” (”Shoirlar tazkirasi va nozimlar qiyofalari”, tazkirasini Qonuniy Sulton Sulaymon (Muhibbiy taxallusi bilan she’rlar yozgan)ga bag’ishlagan bo’lsa-da, uning tazkirachilikdagi o’rni mavjud asarlarga ijodiy munosabatda ko’rinadi. Latifiyning yozishicha, Navoiy she’rlarini ilk bor Onado’liga olib kelgan shoir Basiriy bo’lgan: “Ajam sarhadiga yaqin joydan. Sulton Boyazid zamonida Hazrat Shayx Jomiy va Mavlono Navoiy tarbiyatnomasi-la kelmish… aksari avqotin bu diyorda kechurmagin tarzi she’rida turkiyzabon nazmlari shevasin va Rum shoirlari ishvasin rioyat etmishdi.
Matla’:

Download 87.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling