Kurs ishi mavzu: Xorazm adabiy muhitida tazkiranavislik Talaba


Download 87.24 Kb.
bet4/5
Sana13.03.2023
Hajmi87.24 Kb.
#1266117
1   2   3   4   5
Bog'liq
ISOQOVA ZILOLA ADABIYOT

Ro’yash chu mus’hafest u az u husni oyatiy,
Husni xatesh chu nuqta nadorad

(Tarjimasi: Yuzi mus’haf kabi ekani oyatining go’zalligidandir. Xati go’zalligining nuqta kabi so’nggi yo’qdir) kabi bayt keltirilib, asridan so’ngi asrga kelguncha shuaroga hikmatomuz” ta’sir etganini ko’rsatib o’tadi” (243-b.). Shuningdek, mazkur tazkirada olti tilni yaxshi bilgan Shukriy munosabati bilan “turkiy tilda ravon Navoiy kabi, forsiyda hamon Binoiy kabi…” deya oshirilgan maqtovlar ham uchraydi, ayrim shoirlarni “Navoiyning kotibi”, “Navoiyga raqqos” deb ataydi, “Navoiy davoti (siyohdoni)ning sohiblari”, “Navoiy gulshanining xud bulbuli” deb ataydi.
Tazkiralarda qayd etilgan ma’lumotlarga ko’ra, Yusuf Chetintog’ Navoiy uslubini o’zida yorqin aks ettirgan yigirmaga yaqin shoirning nomini keltiradi, masnaviylarda Hazrat an’anasini davom ettirgan shoirlar ijodidan bahs yuritadi (11).
Keltirilgan ma’lumotlarning hammasi turk manbalarida zikr etilgan, zamonining ulug’ adib va olimlari tomonidan e’tirof etilgan fikrlardir. Bundan tashqari qanchadan qancha tazkiraga kirmay qolgan shoirlar, nafaqat shoirlar tazkiralari, balki valiylar tazkiralari, risolalar, masnaviy va nasriy asarlarning muqaddimalarida, tarixiy va axloqiy-falsafiy asarlar zayl (ilova)larining qatlarida Hazrat Navoiy hayoti va ijodi bilan bog’liq manbalar borki, ularni o’rganish, yuqorida zikr etilgan Navoiyning turk sultoni Boyazid II ga yozgan 10 dan ortiq maktublarini, boshqa shoirlar bilan yozishmalarini topib, nashr qilish orqali Hazratning ma’naviyat xazinasini boyitish bugungi navoiyshunoslik zimmasidagi ilmiy yumushlardan hisoblanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Navoiy va Jomiy asarlarini Rum eli va uning sultoni Bayazid II ga Basiriy taxallusli shoir yetkazgan va umrining oxiriga qadar Onado’lida yashab qolib, Navoiy asarlari targ’iboti bilan mashg’ul bo’lgan. Navoiyning maktubotlari orasida Basiriy taxallusli shoirga muammo bitgani manbalarda qayd etilgan. Mutribiyning xabar berishiga qaraganda, uning ona tomonidan bobosi Basiriy taxallusli shoir bo’lgan. Bu ikki Basiriy bir kishi bo’lib chiqishi ehtimoli bor, biroq buni tasdiqlovchi hujjat qo’limizda yo’q. Alisher Navoiyning Onado’liga yuborilgan devoni “Navodir un-nihoya” bo’lib, undan 33 g’azalni Sulton Boyazid ma’qul ko’rib, zamonasining shoiri a’losi Ahmad Poshoga nazira yozishni buyurgan. Ahmad Posho va boshqa o’nlab shoirlar Navoiy ijodining ta’sirida bo’lganlar.

3. Xorazm adabiyoti tazkiranavislari


Tazkiralar turkiy va musulmon olamida, xususan, Turkiya, Turon va Eron zaminida turli tarixiy davrlarda yashab oʻtgan shoirlar va ularning sheʼrlari jamlangan majmua sifatida doimo qadrlangan va maxsus yoʻnalish sifatida rivojlanib kelgan.
Tazkiralar Oʻrta Osiyoda ham koʻp asrlik tarixga ega, ularning katta qismi shoirlarning ijodiga bagʻishlangan boʻlsa-da, orasida olimlar, hukmdorlar, diniy ulamolar, sheriyat peshvolarining tarixi va faoliyatiga bagʻishlangani ham bor. Tazkiralar asosan adabiyot, xususan, sheʼriyat tarixi yoʻnalishida koʻp oʻrganilgan, tarix fanida esa ulardan madaniy hayot namoyondalarini oʻrganishda foydadalanilsa-da, haligacha maxsus tadqiqot obyekti boʻlmagan. Vaholanki, ularda nafaqat shoirlar, balki hukmdorlarning faoliyati, ularning adabiyotga, madaniyatga munosabati, sheʼrlarda esa davr ruhi, xalqning armonlari, qalb nidosi, ijtimoiy fikr va tafakkurni anglab olish mumkin boʻlgan jihatlar, geografik, topografik maʼlumotlar juda koʻp. Tazkiralarning madaniyat tarixi va intellektual merosni oʻrganishdagi oʻrni va ahamiyati nihoyatda katta.
Tazkiralar tarix fanida uzviy davomiylikda, maxsus va izchil oʻrganilmagan boʻlsa-da, ulardan turli davrlardagi shaxslar va ijod ahlining hayotini, tarixini oʻrganishda tegishli oʻrinlarda unumli foydalanib kelinmoqda. Tazkiralarning tahlili shuni koʻrsatadiki, ular orqali nafaqat madaniy hayot, balki davr ruhini ham baholash mumkin. Ular orasida hukmdorlarning topshirigʻi va homiyligida yaratilgani yoki shaxsiy tashabbus asosida avvalgi tazkiralarni davom ettirish yoki toʻldirish maqsadida yozilgani ham mavjud. Tazkiralarni asosan shoirlar, xattotlar, tarixchilar yozgan va XX asrning oʻrtasigacha davom etgan.
XIX asrdan XX asrning boshigacha har bir xonlikda tazkiranavislik anʼanasi davom etgan. Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz davrida tazkiranavislikka alohida eʼtibor qaratilgan. Zero, bu davrda mamlakatda uning homiyligida sheʼriyat, adabiyot, sanʼat va tarjimonlik keng rivojlandi. 1909 yili xonning amri bilan shoir Ahmad Tabibiy yaratgan “Majmuatush shuaro” (“Shoirlar guruhi”) nomli tazkira “Majmuatush shuaroi Feruz-shohiy» nomi bilan tanilgan boʻlib, jami 1638 sahifadan iborat edi.
Ahmad Tabibiy sanʼatshunos, musiqashunos, xattot, shoir. U Xorazm shoirlari haqida yaratgan “Majmuai shuaroi payravi Feruz” nomli tazkirasiga shoir Feruzning 100ta gʻazaliga 30ta shoir yozgan payravni kiritadi. Bu tazkiradagi matnlar asosan oʻzbek tilida edi. Tazkiranavislik xonliklar tugatilgandan keyin ham davom etdi. Hasanmurod Laffasiy, Mirzo Muhammadsharif Sadr Ziyoning asarlari shular jumlasidan boʻlib, ularda XIX asr oxiri va XX asr boshida yaratilgan tazkiralar toʻldirilib, tizimlashtirilgani va xonliklarning soʻnggi davriga qadar yetkazilganini koʻrish mumkin. Muhammad Sharifjon Sadr Ziyo Buxoro amirligida yashab, turli tuman va viloyatlarda qozilik lavozimida faoliyat koʻrsatgan mutafakkir olim, adib va shoir sifatida boy ilmiy va adabiy meros qoldirgan. U oʻzi yashagan davrda Buxorodagi adabiy hayotga va tarixga doir keng maʼlumot beradigan “Tazkiratush shuaro mutaqaddimin”, «Shuaroi mutaaxxirin” va “Fuzaloi mutaaxxirin”» kabi tazkiralar yaratdi.
“Tazkiratush shuaro mutaqaddimin» tazkirasiga Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkiratush shuaro”, Lutf Alibek Ozarning “Otashkada” tazkirasi asos boʻlgan. Sadr Ziyo X-XV asrlarda Xuroson va Movarounnahr, Eron va Hindistonda yashab ijod qilgan Rudakiydan to Jomiy va Navoiygacha boʻlgan 162 shoir va olim, ularning ijodi, shuningdek, X-XVII asrlarda yashagan 120 nafar shahzoda haqida soʻz yuritadi. Sadr Ziyo oʻzining tazkirasini Davlatshoh Samarqandiy qayd etgan maʼlumotlar bilan toʻldirib, eʼtibordan chetda qolgan Ibn Sino, Xoʻja Nizomulmulk va boshqa bir qator shoir va mutafakkirlar haqidagi yangi maʼlumotlar bilan boyitadi.
Sadr Ziyo “Shuaroi mutaaxxirin” (“Hozirgi davr shoirlari”) nomli tazkirasini Vozehning “Tuhfatul ahbob” tazkirasi asosida yaratdi. Bu tazkira Vozeh qayd etgan XIX asrda Buxoroda yashab ijod qilgan 88 nafar shoir, olim, shayx haqida maʼlumot berib, “Tamom boʻldi, Qori Rahmatullohiy Vozeh” [9:332b] deb yakunlanadi. Sadr Ziyo Vozehning tazkirasini shunchaki koʻchirmay, undagi maʼlumotlarni toʻldirib aniqlashtiradi va ilovalar kiritadi. Ilovalarda Ahmad Donish va XIX asrning ikkinchi yarmida, Vozehdan keyin yashagan shoirlar haqida maʼlumotlar beriladi. Sadr Ziyo “Fuzaloi mutaaxxirin” nomli tazkirasida XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari, yaʼni Amir Muzaffar, Abdulahad, Olimxonning hukmronligi davrida, qisman sovet zamonida yashab ijod qilgan 79 nafar shoir va donishmand, ularning vafot sanalari, baʼzi shoirlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, XX asr boshida vujudga kelgan jadidlik haqida maʼlumotlar keltiradi.
1932 yilda Sadr Ziyo “Tazkirai shuaro manzumai Mirzo Muhammadsharif sadr” nomli majmuaga oʻzining bir qator tazkiralarini jamlaydi. Muallif unga kiritilgan “Tazkirai shuaro” (“Shoirlar zikri haqida”) nomli tazkirasida oʻzi va ajdodlari, Buxoro hukmdori Amir Abdulahadxon, Buxoroning XIX asr va XX asrning boshida yashagan shoir va olimlari, amaldorlari, diniy ulamolari haqida maʼlumot beradi. Muallif majmuaning “Tarjimai ahvoli qozi Abdushukur” (“Qozi Abdushukurning tarjimai holi”) deb nomlangan qismida oʻz otasining ajdodlari, pir va ustozlari Domlo Mirzo solih aʼlam, Mavlaviy Inoyatulloh Qozi kalon, Oxund Domlo Hasan, otasining ijodiy faoliyati va amalga kelishi, amirlar va amaldorlar bilan munosabatlari, Amir Muzaffar davri, oʻz sheʼrlari, ijodi, u bilan hamzamon boʻlgan mashhur ijodkor olim va amaldorlar haqida qiziqarli maʼlumotlarni qayd etadi.
Asarning “Tarixi salotini Usmoniy va nasabi Eshon” (“Usmoniy sultonlari va ularning nasabi”) qismidan Usmoniy sultonlar, Ertugʻrul va uning avlodlari, Usmonbek Gʻoziy, Yildirim Boyazid, Sulton Murodxon va ularning avlodlari, Sulton Abdulhamidxon II kabi turk sultonlari, Movarounnahrdagi Temuriy sultonlar, Buxoroning xon va amirlari, Eron sultoni va shohlari, Afgʻoniston tarixi, Rossiya podsholari haqidagi maʼlumotlar oʻrin olgan. Majmuaning “Tazkirai xattoton” (“Xattotlar zikri haqida”) nomli qismida dunyoda ilk xatning paydo boʻlishi, arab xatining tarixi, Mir Ali Tabriziy va Movarounnahrning mashhur kotiblari, Oʻrta asrlardagi mashhur xattotlar, nastaʼliq xatining vujudga kelishi va uni rivojlantirgan xattotlar, Buxoro va Samarqandning mashhur xattotlari, qozi, muftiy, voliy, amir va xonlar kabi amaldorlardan boʻlgan mashhur xattotlar, muallifga hamzamon yashagan xattotlar haqida maʼlumotlar beriladi (nazmga solingan holda).
1940 yilda Hasanmurod Laffasiy tuzgan “Xiva shoir va adabiyotchilarining tarjimai hollari” nomli asar xorazmlik 51 nafar shoir, ularning asarlaridan namunalar, oʻzaro munosabatlari, saroydagi adabiy muhit haqida maʼlumot beradi. Laffasiyning bu tazkirasi “Xiva shoirlari” nomi bilan ham tanilgan boʻlib, XX asr boshida Xiva hukmdori Muhammad Rahimxonning topshirigʻi bilan yaratilgan “Tazkirai shuaro”da berilgan maʼlumotlarni yanada toʻldiradi.
Xorazm adabiy muhiti xususidagi qimmatli malumotlarning muayyan qismi tazkiralarda mujassam bo'lib, u Sharq mumtoz adabiyotshunosligida salmoqli o'ringa egadir. Tazkira, odatda, muayyan tarixiy davrga mansub adabiy-tanqidiy qarashlarni, bir yoxud turli davrlar shoirlar hayoti va ijodini yorituvchi ananaviy janr sifatida o'zbek adabiyotshunosligida ham mavjud edi.
Tom manoda o'zbek tilidagi ilk tazkira Navoiyning "Majolis un-nafois"idan boshlangan tazkirachilik mezonlari tamoyillari keyingi davrlar uchun asosiy yo'l-yo'riq bo'ldi. Bu asarda tazkirada ikki qirra - matn (she'riy parchalar) va ijodkor hayoti hamda asarlari haqidagi malumotlar talqini mavjudligi tazkiraning tub xususiyati ekanini ko'rsatdi va Xorazm tazkirachiligi uchun ham ilhom va rag'bat manbai bo'ldi. To'g'ri, Xorazmda XX asrgacha mumtoz tazkirachilik namunalari yaratilmadi. Ammo bu hol adabiy muhitning qusuri emas, balki o'ziga xosligi bo'lib, asosiy diqqat original badiiy asarlar, adabiy-tarixiy solnomalar, shuningdek, tarjima asarlari yaratishga qaratilgani bilan izohlanadi. Shunday bo'lsa-da, XX asrgacha yozilgan qator asarlarda tazkiraga xos ayrim unsurlar - muayyan davr adabiy muhiti, shoirlar hayoti va ijodiga oid muxtasar malumotlar uchraydi. Bu jihatdan Munis va Ogahiy asarlari xarakterli bo'lib, ularda XVIII-XIX asrlar adabiy hayotiga doir qimmatli faktlar muayyan munosabat bilan bayon etiladi. Buni adabiyotshunos B.Valixo'jayev alohida takidlab, shunday yozgan edi: "Munis Xorazmiyning bu asarida ("Firdavs ul-iqbol") Xorazm diyoridagi tarixiy, madaniy, adabiy muhit, uning ayrim namoyandalari haqida qimmatli malumotlar keltirilgan. Xuddi shu manba tufayli adabiyot tarixi uchun Mavlono Vafo, Pahlavonquli Ravnaq, Muzaffarxo'ja Kiromiyga o'xshash qalamkashlar kashf etildi". Shuningdek, Ogahiy o'zining "Riyoz ud-davla", "Gulshani davlat", "Shohidi iqbol" va boshqa tarixiy asarlarida ham o'tmishda yashagan yoxud o'ziga zamondosh bo'lgan ijodkorlar haqida muhim faktlarni qayd etadi. Jumladan, u "Riyoz ud-davla" asarida mashhur donishmand shoir va kurashchi Pahlavon Mahmud fazilatlarini lo'nda va aniq tariflaydi: "Firdavsbahr shahri Xivaqda qudvat ul - avliyo, murshid ul - atqiyo maxsusi borgohi mulki vadud hazrati Pahlavon Mahmud quddisa sirruhu". Bundan tashqari, bu asarida Ogahiy o'z ahvoli ruhiyati, adabiy laqabi va olimu shoirlar bilan muloqoti xususida ham malumotlar berib, jumladan, uning hasbi hol yo'nalishidagi sakkiz misra masnaviysini keltiradi. "Gulshani davlat" asarida esa Xivadagi adabiy jarayon va uning vakillari Muhammad Nazar, Pahlavon Niyozboy va Xolis haqida ma`lumotlar beradi.
Yuqorida qayd etilgan adabiy qarashlar Xorazm tazkirachiligi uchun g'oyaviy asos bo'lib xizmat qildi va bu tazkirachilik tobora takomillashib, kitobxonlik hamda badiiy asarlarga qiziqish zamirida shakllandi. Zero "shunday asarlar to'plamlari ilk tazkiralar edi". Demak, mumtoz tazkiralarning tub asosi to'plam (majmua) bo'lib, bora-bora ular adabiy-tanqidiy, hatto, nazariy qarashlar bilan boyib, takomillashib borgan. Shu sababli tazkirada majmuaga xos adabiy parchalarning bo'lishi janr talabiga xilof emas, balki uning xususiyatlaridan biridir. O'rta asrlardan, xususan, XIX asrdan yirik madaniy-adabiy markazlardan biriga aylangan Xiva shahrida badiiy asarlar yaratish, to'plamlar tuzish, mutolaa qilish va targ'ib etish ishlari kuchayib, o'sha asrning oxiridan XX asrning boshlarigacha bo'lgan Feruz davrida esa yanada keng qamrovlik kasb etdi. Zero, mumtoz tazkirachilikning xuddi shu davrda yuzaga kelishi va qisqa vaqtda turli xarakterdagi tazkiralarning tuzilishi ham ana shu omillar bilan dalillanadi. To'g'ri, bu davrda Qo'qon va Buxoro adabiy muhitlarida ham qator tazkiralar maydonga keldi (Fazliy, Pirmastiy tazkiralari). Ularning Xorazm tazkirachiligining namunalari bo'lgan Ahmadjon Tabibiy tazkiralari bilan mushtarak va farqli jihatlari (til, uslub, hajm, ifoda shakllari va boshqalar) haqida adabiyotshunoslikda muayyan fikrlar aytilgan.
Adabiyotshunos B.Valixo'jayev tazkiralarni vaqt omili nuqtai nazaridan ikki guruhga ajratadi:
1) tarixiy-zamonaviy (salaflar va zamondoshlar);
2) zamondoshlar haqidagi tazkiralar.
Bularning har biriga xos jihatlarni batafsil tahlil etadi. Olim O'rta Osiyoda X asrdan boshlangan tazkirachilik tarixini yoritar ekan, XX asr boshida o'zbek tilida yaratilgan tazkiralar, jumladan, Xorazm tazkirachiligiga (Tabibiy qalamiga mansub) ham muxtasar to'xtab o'tadi hamda zamondoshlar haqidagi tazkiralar sifatida ayrim jihatlarni takidlaydi.Xarakterli tomoni shundaki, Xorazm ananaviy tazkiralari adabiy parchalarning janriy mansubligi jihatidan ichki tabaqalanishga ham ega bo'lib, u quyidagicha tasniflash mumkin:
1) faqat g'azal janridagi asarlarga yozilgan payravlardan tuzilgan (Tabibiyning birinchi tazkirasi);
2) musammat shakllari - muxammas va musaddaslardan tashkil topgan (Tabibiyning ikkinchi tazkirasi);
Bu tazkiralarning yana bir o'ziga xosligi shundaki, birinchisida payrav uchun bir shoir - Feruz g'azallari, ikkinchisida esa Feruz va Ogahiy g'azallari asos-matn qilib tanlangan.
3) aralash janrlardan - g'azal, masnaviy, to'rtlik (Laffasiy tazkirasi)dan tuzilgan.
Albatta, tazkiralarda keltirilgan bu asarlarga munosabat bilan birga, shoirlar hayoti va faoliyatiga oid malumotlar ham bayon etilgan. Ko'rinadiki, tazkiralarda adabiy parcha (she'riy matn) hamda shoir hayoti va ijodini baholash tipologik hodisadir. Ammo ayrim majmualarda muayyan adabiy qarashlarning mavjudligi (garchi batafsil bo'lmasa ham) ularni tazkiraga yaqinlashtiradi. Shuni hisobga olib, atoqli adabiyotshunos A.Hayitmetov Shayx Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a"si o'zbek tilidagi adabiyotning nazariy masalalari bo'yicha ilk mukammal qo'llanma bo'lishi bilan birga, she'riy tazkira xarakteridagi bir asar ham ekanini takidlagan edi. Bunda olim asardagi birgina Lutfiy tarjimai holiga oid tazkiraga xos malumotlarni nazarda tutgan. Shu qarashga asoslanib, biz "Haft shuaro"ni shartli ravishda tazkira-majmua deb atadik. Chunki unda she'riy asarlardan tashqari, ikki shoir - Sultoniy va Farrux haqida nasriy malumotlar ham berilgan. Zero "Haft shuaro
o'zida asosan majmua, qisman tazkira xususiyatlari sintezlashtirilgan adabiy manbadir.
Tazkiralarning uchinchi guruhiga mansubi - shoh saroyida o'n yil davomida shoirlar nazoratchisi bo'lgan Bobojon Tarroh Azizov - Xodimning "Xorazm navozandalari" asari. Unda Feruz davri adabiy muhiti va uning shoirlari hayoti hamda ijodi haqida boy malumotlar bayon etiladi. Esdaliklar shaklidagi bu asar muallifi undagi fakt va lavhalarning bevosita guvohidir. Asar mazmuni uni tazkira deyishga to'la asos beradi, chunki "esdalik daftari manosidagi tazkira adabiy-tanqidiy qarashlarni ifoda etuvchi janrlardan biri bo'lib, unda adabiyot tarixi yoki konkret davrning shoirlari hayoti va ijodi to'g'risidagi qiziqarli malumotlar keltiriladi". Tazkirada muallif "o'ttiz bir nafar shoirning ahvoloti" yuzasidan o'n uch savolga javob yozgan.
Xorazm tarixiga oid XX asr solnomalarida ham tazkiraga xos adabiy malumot va lavhalar hamda ayrim she r va shoir haqidagi fikrlar uchraydi. Bu jihatdan Bayoniyning "Shajarai xorazmshohiy" asari xarakterlidir. Shu sababli adabiyotshunos G.Ismoilova uni Tabibiyning "Majmuat ush- shuaro"si qatorida tazkira deb ataydi va "ular bo'yicha ko'plab ijodkorlar nomlari bilan tanishishga muyassar bo'lamiz" deyish bilan cheklanadi.
Adabiyotshunoslar N.Jumaxo'ja va I.Adizova esa "Shajarai Xorazmshohiy"ning keng qamrovli tarixiy-adabiy ahamiyatini alohida takidlab, quyidagi asosli xulosaga kelishadi: "uning tazkira tipidagi adabiy manbalardan farqi va afzalligi shundaki, u adabiy muhit manzaralari, jarayonlarini, mafkuraviy hayotni tirikligicha, harakatda, ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan munosabatda tasvirlaydi". Bu jihatdan Xorazm adabiy manbalarining katta qismi qo'lyozmalar ekanligi xarakterli faktdir. Bu haqda mashhur olim E.E. Bertelsning fikri alohida ahamiyat kasb etadi: "o'qilgan qo'lyozmalar soni qancha ko'p bo'lsa, tuman shunchalik tarqalib, masala oydinlashib boradi. Tadqiqotchining qo'lidan yuzlab, minglab qo'lyozmalar o'tsa, ilgari amalga oshirib bo'lmaydigandek tuyulgan masala oddiylashadi va oydinlashadi". Ana shu yuzlab qo'lyozmalardan biri bo'lgan "Haft shuaro" tazkira majmuasining monografik tadqiqi Feruz davri adabiy muhitining hozirgacha kam o'rganilgan jihatlarini "oydinlashtirish"ga imkon berishi bilan qimmatlidir.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, tazkiralar oʻz davrining ijtimoiy, madaniy va adabiy sohalarini aks ettiruvchi muhim bir yoʻnalish sifatida asrlar davomida muhim tarixiy manbalarni saqlash, qayd etib borish va kelgusi avlodlarga yetkazib berishda muhim rol oʻynagan. Ularda nafaqat shoirlar va ularning asarlari, balki din peshvolari, ulamolar, olimlar, hukmdorlar, amaldorlar, madaniy hayot va saroy muhiti, xon va amirlarning adabiyotga munosabati, ilm-fan va madaniyat haqidagi qimmatli maʼlumotlar saqlanib qolgan. Bu tazkiralarda nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqa, shu jumladan, Eron, Hindiston, Afgʻoniston, Usmoniy turklarning tarixi va madaniyatiga oid maʼlumotlar ham mavjud boʻlib, ular xorijiy mamlakatlarning tarixi uchun ham muhim manbaviy ahamiyatga ega.


Ushbu kurs ishida turkiy tazkiralarda keltirilgan Alisher Navoiy haqidagi ma`lumotlarga yuzlanildi. Taniqli kishilarning hayoti va faoliyati haqida so`z yurituvchi adabiy tur yoki janr bo`lgan tazkira Islom dunyosining eng muhim adabiy faoliyatlaridan biridir. Tarix bugungi kunimizgacha yashaganlarning boshidan kechirgan hodisalarini va qahramonliklarini hikoya qiladi. O`sha voqealarga aloqador bo`lgan, ishtirok etgan kishilar hayoti haqidagi lavhalar, hikoyalar ba`zan voqeaning o`zi qadar muhimdir. Voqealar ro`yobga chiqishiga sabab o`sha hodisani tashkil etuvchi insonlar bo`lgani tufayli ular haqidagi hikoyalarni aniqlash ham biografiya mavzusidir.
Adabiyot gulzoridagi har bir “gul”ning tabiati haqida moziydan kelajakka yo`llangan “maktub” – tazkiralar ma‟lumot beradi. Kitobxon esa ijodkorlar to`g`risidagi to`liq ma`lumotlarni olish uchun tazkiralarga yuzlanadi. Shu sababdan tazkiralar adabiy siymolar va ularning asarlarini tadqiq etishda adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi. “Mashoir ush-shuaro” tazkirasi XVI asrda yaratilgan va unda muallif Oshiq Chalabiy tomonidan Navoiy ijodiga keng va atroflicha munosabat bildirgan.Ya`ni tazkirada Subhiy, Shoh Mahammad ul-Qazviniy at-Tabib, Zotiy, Soniy, Marhum Hofizi Ajam o`g`li Muhammad Shoh Chalabiydur, Shukriy, Shiriy Sifoliy,Yahyo Posho o`g`li Muhammad Posho o`g`li Arslon Posho haqida so`z yuritilganda Alisher Navoiy nomi tilga olinadi, muqoyasa qilinadi. Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Avsharning “Majma` ul-xavos” tazkirasida Navoiyning tazkirachilik an`analari yaqqol ifodalangan. “Xavos” so`zi “xos”ning ko`plik shakli bo`lib, “kiborlar yig`ini, to`planishi” demakdir. Bu “nafislar majlis”iga ma`no jihatdan yaqin. Sodiqiyning Alisher Navoiyga bo`lgan chin muhabbati va ixlosmandligi tufayli tazkira o„zbek tilida yozilgan. Sodiqiy o`z kitobini Navoiyga taqlidan 8 majma`(bob)dan iborat qilib tuzgan.
Po`latjon Qayumiyning “Tazkirayi Qayumiy” asarida Alisher Navoiyning hayot va ijodiga oid ma‟lumotlar keltirilgan. Yuqoridagi parchadan tazkirada Alisher Navoiyning hayotiga keng to`xtalib o`tilganligi seziladi. Ya`ni ulug` shoir qachon, qayerda tug`ilganligi, kimlardan ta`lim olganligi, Husayn Boyqora bilan do`stligi haqida o`qiymiz. Ijodi haqida so`z ketganda Alisher Navoiyning zullisonayn shoir ekanligi va umrining oxirigacha adabiy tahrir bilan mashg`ul bo`lganligi alohida ta`kidlanadi.


Download 87.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling