Kurs ishi mavzu: Yozma nutq nuqsoniga EGA bolalarni psixolgogik-pedogogik tekshirish Bajardi


II-BOB. Yozma nutq nuqsoniga ega bolalarni psixolgogik-pedogogik tekshirishning


Download 1.93 Mb.
bet10/32
Sana02.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#198839
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
II-BOB. Yozma nutq nuqsoniga ega bolalarni psixolgogik-pedogogik tekshirishning amaliy ahamiyati

Yozma nutq nuqsoniga ega bolalarni psixolgogik-pedogogik tekshirish vositalari

О‘qish - yozma kо‘rinishda kо‘rsatiladigan axborotni kodsizlashning murakkab psixofiziologik jarayonidir.

Yozma sо‘zdagi harflar xuddi og‘zaki nutqdagi tovushlar joylashgan ketma- ketlikdagi singari joylashtirilishi kerak. Bunda harflar og‘zaki nutq tovushlarining vaqtinchalik ketma-ketligi bilan kodlanadi. О‘qish jarayonida о‘quvchi yozma modelni shifrlarga ajratadi va uni og‘zaki nutqda sо‘zga transformatsiyalaydi.

Rus grafikasining negizida bо‘g‘in tamoili ya`ni alohida olingan harf-grafema keyingi harflarni hisobga olgan holda о‘qiladi. Bolalarni о‘qishga о‘rgatganda о‘qish birligi sifatida dastlab ochiq bо‘g‘inga qaraladi.

Og‘zaki nutqdan yozma nutqga о‘tish qoidalari rus tilidagi sо‘zlarni о‘qiganda orfoepiya deb ataladi. Uning normalari qiyin bо‘lib, orfoepik tо‘g‘ri о‘qishni о‘zlashtirish uchun bola ikki xil о‘qishni amalga oshirishi kerak: dastlab orfografik (ichida), sо‘ngra orfoepik о‘qishni va punktuatsiyani о‘zlashtirib olishi zarur.

Yuqori kortital - koordinatsiya, eshitish, harakatlanish va kо‘rish retsepsiyalarining nutq tizimidagi tahlili va sintezi fiziologik о‘qish jarayonining natijasi hisoblanadi. О‘qishni о‘zlashtirish jarayonining tahlili mazkur kо‘nikmaning muvafaqqiyatli shakllanish asosi hisoblanishi haqida ma’lumot beradi.

О‘qish faoliyat turi kabi operatsiyalarni ketma-ketlik bilan amalga oshirishdan iborat. Ularning har birini о‘zlashtirish ma’lum ruhiy funksiyalar va kо‘nikmalarning shakllanganlik darajasi yetarli bо‘lishini mо‘ljallaydi.


  1. О‘qish operatsiyasi kо‘rib qabul qilish, harflarni farqlash va tanlash (harflarning yо‘ldosh tovushlarga о‘zaro munosabati) dan iborat bо‘lib, uni о‘zlashtirish uchun quyidagilar shakllantirilgan bо‘lishi kerak:

  • fonematik idrok qilish;

  • kо‘rish tahlili va sintezi;

  • fazoviy tasavvurlar;

  • harfli mnezis.

  1. О‘qish operatsiyasi - sо‘zning tovush bilan talaffuz qilingan obrazini qabul qilish (uning о‘qilishi) demakdir. Uni о‘zlashtirish uchun bola:

  • sо‘zning bо‘g‘inli va tovushli tarkibi haqida aniq tasavvurga, ya`ni shakllanib bо‘lgan til tasavvuriga, bо‘g‘inli va fonematik tahlil kо‘nikmalariga;

  • diskret birikmalarning (ikki yoki undan ortiq belgining bir birlikni bildirishi) suksessiv - simultan transformatsiyasi, simultanizatsiya qobilyatlariga ega bо‘lishi kerak.

  1. О‘qish operatsiyasi о‘qilayotgan narsani tushunish demakdir. Buni о‘zlashtirish uchun bolaning:

  • kо‘rish va operativ xotirasi yaxshi holatda bо‘lishi;

  • yetarli leksik zahiraga ega bо‘lishi;

  • sintaktik strukturalash kо‘nikmalari va shakllangan grammatik tuzilishni о‘zlashtirish qobilyati;

  • mazmunan fahmlashni bilish qobilyati yetarli darajada rivojlangan bо‘lishi lozim.

О‘qish jarayonida amalga oshiriladigan operatsiyalar mazmuni о‘qishning texnikaviy va mazmunli tomonlarining mavjudligini belgilab beradi. О‘qish jarayonining ushbu tomonlari о‘rtasida uzviy aloqa mavjud bо‘lib, о‘qiyotganini tushunish jarayoni qabul qilish tavsifini belgilaydi, shu bilan birga kо‘rib qabul qilish jarayoniga avval о‘qigan narsasining mazmunli ma’nosi ta’sir etadi.

О‘qishga о‘rgatishda kо‘zlarning harakati asosiy texnikaviy operatsiyalarda qiyinchiliklarni yuzaga keltirish mumkin. О‘qish paytida kо‘zlar harakati bir nuqtadan ikkinchisiga tez-tez sakrashlari bilan amalga oshiriladi. О‘qigan paytda kо‘zlar nafaqat о‘ngga (oldinga), balki, chapga (orqaga) ham harakatlanadi. Bu yosh regressiyasi deb ataladi. Kо‘zlar orqa va oldinga tomon harakatlanishining chegaralanishi, о‘qish kо‘nikmasini rivojlantirishning barcha bosqichlarida о‘qish jarayonini buzishi mumkin.

О‘qish jarayonining texnikaviy tahlili va uning mazmuni tomonidan aloqasi, asosiy о‘qish parametrlari - tez о‘qish, tо‘g‘ri va ifodali о‘qishning о‘qilayotganini tushunishga bog‘liqligini belgilaydi.

О‘qish bu kо‘nikma, ya`ni avtomatlashgan bilish. Demak, har qanday kо‘nikma kabi, о‘qishni о‘zlashtirish, uni avtomatlashtirish jarayoni bosqichma- bosqich amalga oshiriladi. О‘qish kо‘nikmasini shakllantirish bosqichlari quyidagilarni о‘z ichiga oladi:



    1. analitik;

    2. analitik-sintetik;

    3. sintetik.

Bundan kelib chiqib, T.G.Yegorov о‘qishni sifatli, о‘ziga xos о‘zlashtirishning quyidagi bosqichlarini ajratadi:

  • tovush-harfli belgilanishni о‘zlashtirish bosqichi;

  • bо‘g‘inlab о‘qish bosqichi;

  • sintetik о‘qish usullarining paydo bо‘lish bosqichi;

  • sintetik о‘qish bosqichi.

Ushbu bosqichlarning har biri avvalgilari va keyingilari bilan uzviy bog‘liq bо‘lib, sekin-asta bir sifatdan ikkinchisiga о‘tadi. Avvalgi bosqichdan keyingisida ancha yuqori rivojlanish bosqichiga о‘tish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi elementlar tо‘planadi.

Tovush-harfli belgilarni о‘zlashtirish bosqichida, bolalar, nafaqat nutq oqimini tahlil qiladi, balki gaplarni bо‘g‘inlarga va tovushlarga bо‘ladi, nutqdan tovushni ajratib, bola uni ma’lum grafik tasvir, harf bilan taqqoslaydi. Sо‘ngra о‘qish jarayonida u bо‘g‘in va sо‘zdagi harfni sintezlab, о‘qigan sо‘zini og‘zaki nutqdagi sо‘z bilan taqqoslaydi.

Tovush-harfli belgilarni о‘zlashtirish jarayoni nutqning tovushli tomonini tanib olishdan, nutq tovushlarini ajratish va farqlashdan boshlanadi. Faqat shundan sо‘nggina tovushlarni kо‘rish tasavvuri hisoblanadigan harf taklif etiladi. Ya`ni harflarni quyidagi funksiyalar yetarli shakllangandagina muvafaqqiyatli va tez о‘zlashtirish mumkin:


  • fonematik qabul qilish (fonemalarning farqlari- differensiatsiyasi);

  • fonematik va bо‘g‘inli tahlil qilish (sо‘zlarni bо‘g‘inlarga va bо‘g‘inlarni tovushlarga ajratish imkoniyati);

  • fazoviy tasavvurlar, kо‘rish tahlili va sintezi (harflarning о‘xshashligi va farqini aniqlash qobiliyati);

  • harf mnezisi (harfning kо‘rinib turgan obrazini eslab qolish).

О‘qishni о‘zlashtirishning butun jarayoni kabi, ushbu bosqichning asosiy qiyinchiligi bu tovushlarning bо‘g‘inlarga bо‘linishidadir. “Tovushlar bо‘linishining asosiy qiyinchiligi, alohida tovushlarning bо‘g‘inlarga birikishida, bir shaklda jaranglanishini bartaraf etish va jonli nutqni tovushlarga о‘tkazilishini amalga oshirishdan iborat” - deb kо‘rsatadi T.G.Yegorov.

Shunday qilib, bolada, о‘qish jarayonida kо‘rinib turgan bо‘g‘inni uning og‘zaki varianti bilan bog‘lashni bilish kо‘nikmasi shakllangan bо‘lishi kerak.

Bо‘g‘indan keyingi о‘qish jarayonida tovushlarning bо‘g‘inlarga ajralishining qiyinchiliklari yо‘qoladi. Bо‘g‘inlarni sо‘zga sintezlash qiyinchiliklari oldingi о‘ringa chiqadi. Bu yaxshi tanish bо‘lgan sо‘zlarni bola yengil о‘qishi, kam uchraydigan, uzun va tuzulishi qiyin bо‘lgan sо‘zlarni esa qiyinchilik bilan о‘qishi va jonli nutq sо‘zi bilan taqqoslashida namoyon bо‘ladi. Ushbu bosqichda sо‘zlar va gaplar о‘rtasidagi о‘zaro grammatik aloqalarni о‘rnatishda bir qancha qiyinchiliklar yuzaga keladi. О‘qishga о‘rgatish san’atida harfni emas balki, bо‘g‘inni о‘qish birligiga ahamiyat beriladi. Bunday usul о‘qishning ravonligi va tо‘g‘riligini ta’minlaydi.

Yaxlit qabul qilish usullarining paydo bо‘lish bosqichlari analitik о‘qish usulidan sitetik о‘qish usuliga о‘tganda namoyon bо‘ladi. Ushbu bosqichda oddiy va tanish sо‘zlar yaxlit, notanishroq va о‘zining tovush-bо‘g‘inli tuzilishi bо‘yicha qiyin bо‘lgan sо‘zlar esa hali bо‘g‘inlab о‘qiladi.

Sintetik о‘qish bosqichi yaxlit о‘qish usullari bilan sо‘z va sо‘z guruhlari bilan tavsiflanadi. О‘qishning texnikaviy tomoni о‘qishni murakkablashtirmaydi. Asosiy vazifa - о‘qigan narsasining ma’nosini tushunish. Mazmunni tushunish jarayonlari qabul qilish jarayonlaridan ustun turadi. О‘qigan narsasining ma’nosini tushunish - agar bola har bir sо‘zning ma’nosini bilsa, ular о‘rtasidagi aloqani tushunsagina sodir bо‘ladi. Shunday qilib, о‘qishning ikkinchi va

uchinchi bosqichlarini о‘zlashtirishning yutug‘i kо‘p hollarda bolada quyidagilarning mavjudligiga bog‘liq tarzda namoyon bо‘ladi:



  • boy luhat zaxirasi;

  • og‘zaki nutqning shakllanib bо‘lgan grammatik tuzilishi;

  • og‘zaki nutqning sintaktik tuzilish kо‘nikmalari (о‘qiganlarining ma’nosini yaxshi tushunishi uchun).

L.S.Vigotskiy, V.V.Xolmovskoy, I.A.Domamenko, V.S.Muxina, M.I.Lisina va boshqalarning bergan ma’lumotlariga kо‘ra, bolaning о‘qish va yozishni о‘zlashtirishga tayyorgarlik darajasi (mustaqil faoliyatga tayyorgarligi kabi) uning emotsional-shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq.

Shunday qilib, о‘qish va yozish yozma nutqning teng huquqli tarkibiy qismi hisoblanib, о‘xshash psixologik tuzilishga (sо‘zning tovushli tahlili va bir belgining boshqasiga qayta kodlanishi) va о‘xshash tavsifnomalar hamda kо‘nikmalarga tayyorligiga ega.

K.D.Ushinskiy “Yozish va о‘qish birgalikda, bir birini tо‘ldirgan holda va organik о‘zaro bog‘liq ravishda bolalarga о‘qish-yozishni о‘zlashtirishga yordam beradi”- deb ta’kidlaydi.

Hozirgi vaqtda maktablarda о‘qish va yozishni о‘rgatish tovushli analitik- sintetik usul orqali amalga oshirilmoqda. Ushbu uslub asoslari K.D.Ushinskiy tomonidan ishlab chiqilgan bо‘lib, bog‘lanma nutqni gaplarga, gaplarni sо‘zlarga, sо‘zlarni bо‘g‘inlarga, bо‘g‘inlarni esa tovushlarga ajratishni (analiz), shu bilan birga tovushlarni bо‘g‘inga, bо‘g‘inlarni sо‘zlarga birlashishini (sintez) kо‘zda tutadi.

K.D.Ushinskiy ta’lim olish jarayonida tovushli uslub bо‘yicha mashg‘ulotlar mazmunini quyidagilar bilan belgilagan:


  • bolaning kо‘zi va qо‘lini harflar elementlarini yozishga о‘rgatish;

  • eshitib sо‘zdagi alohida tovushlarni topish;

  • til tovushlarini aniq talaffuz qilish;

  • bolalar diqqatini sо‘zlar va tovushlarga qaratish;

  • sо‘zlarni ajrata olishni va qо‘sha olishni bilishni о‘rgatish;

  • shu bilan birga, bolaning barcha qobiliyatlarini mashq qildirish va ularda havas uyg‘otish.

Shunday qilib, о‘qish va yozishning psixologik, psixofiziologik, lingvistik va metodik mazmunining tahlili, ushbu faoliyat turlarining muvafaqqiyatli shakllanishini ta’minlovchi jarayonlar va funksiyalarni aniqlashga yordam beradi. Ya`ni, bolalarda mustaqil yozma nutqni о‘zlashtirishga tayyorgarligini shakllantirish maqsadida bolalarda rivojlantirish zarur bо‘lgan shart-sharoitlar:

  • eshitish;

  • fazoviy-kо‘rish;

  • harakatlanish funksiyalari;

  • og‘zaki nutq va til kо‘nikmalari;

  • fikrlash qobiliyati va bola fe’lining emotsional-shaxsiy xususiyatlaridir.

Kо‘rsatib о‘tilgan rivojlantirish tomonlarini shakllantirishdagi uzilishlar о‘qish va yozishni о‘zlashtirishda qiyinchiliklar yuzaga kelishiga sabab bо‘lishi mumkin.


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling