Kurs ishi mavzu: Yozma nutq nuqsoniga EGA bolalarni psixolgogik-pedogogik tekshirish Bajardi


Nutqi tо‘liq rivojlanmaganligining 3-darajasida


Download 1.93 Mb.
bet16/32
Sana02.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#198839
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Nutqi tо‘liq rivojlanmaganligining 3-darajasida nutqda leksik- grammatik va fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqka ega bо‘lgan holda kishilar bilan aloqa bog‘lay oladilar, lekin buni ota-ona, tarbiyachi ishtirokida, ularning muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar. Bunday bolalar uchun erkin holda aloqada bо‘lish juda qiyin. Tovushlarni talaffuz qilishda ularni bir-biridan ajrata olmaslik, tovushlar guruhini artikulyatsiya jihatidan osonroq bо‘lgan tovushlarga almashtirish ba’zi hollarda tovushlarni buzib talaffuz qilish bu bolalar uchun harakterlidir. Lug‘at ham normadan orqada qolgan bо‘ladi, lug‘at boyligi analizida leksik holatlarning о‘ziga xosligi kо‘rinadi. Tekshirishda gaplarni, gaplarda sо‘zlarni oxirigacha gapirmaslik kabi turg‘un grammatik xatolar kuzatiladi. Kо‘pchilik hollarda ular qо‘shimcha qо‘shilish bilan sо‘z ma’nosining о‘zgarishini tushunib yetmaydilar.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini tovushlar talaffuzi tomondan tekshirish shuni kо‘rsatdiki, bolalar alohida talaffuz qilinadigan tovushlar talaffuzida deyarli qiynalmadilar, ammo tovushlarni bо‘g‘in, sо‘z va gaplarda talaffuz qilganda bir qator о‘ziga xos qiyinchiliklarga duch keldilar. EG bolalaridagi tovushlarni alohida, boshqa tovushlardan ajratgan holda bir necha marta talaffuz qilish holati tekshirilganda 10 nafar boladan 2 nafari (20%) yaxshi, 4 nafari (40%) о‘rta va 4 nafari (40%) past darajada talaffuz qilishdi.

Tovushlarni artikulyatsiya jihatidan bir biridan uzoq bо‘lgan tovush bilan birga talaffuz qilish holati tekshirilganda tekshiriluvchi 10 nafar boladan bittasi (10%) yaxshi, 5 tasi (50%) о‘rta va qolgan 4 tasi (40%) past darajada Ya`ni notо‘g‘ri va xatoliklar bilan talaffuz qildi.

Tovushlarni artikulyatsiya tomondan yaqin bо‘lgan tovush bilan birga talaffuz qilish holati о‘rganilganda esa quyidagi natija olindi, Ya`ni 10 nafar EG bolalaridan birortasi ham ushbu topshiriqni yaxshi darajada bajara olmadi. Ularning kо‘pchiligi tovushlarni sof holda, aniq talaffuz qila olmadilar. Ammo tekshiriluvchi 10 nafar boladan 4 nafari (40%) ushbu topshiriqni о‘rta darajada bajardilar. Ular artikulyatsiya tomondan yaqin bо‘lgan ayrim tovushlarni bir biri bilan almashtirgan bо‘lsada, ammo logoped yordami bilan xatolikka yо‘l qо‘yilgan tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz qilishga urinishdi. Qolgan 6 nafar (60%) bolalar esa ushbu topshiriqni past darajada bajarishdi. Ular deyarli kо‘pchilik tovushlarni bir-biri bilan qorishtirib yubordilar.

EG bolalari nutqidagi tovushlar talaffuzini ochiq, yopiq, undosh tovushlar bilan birga va undosh tovushlar ishtirokisiz bо‘g‘inlarda tekshirilganda, 10 nafar boladan 3 nafari (30%) ushbu topshiriqni yaxshi, 4 nafari (40%) о‘rta va 3 tasi (30%) past darajada bajardi.

EG bolalari nutqidagi tovushlarni sо‘zlarda ya`ni sо‘z boshida, о‘rtasida va oxirida kelganda qay holatda talaffuz qilishlari tekshirilganda quyidagi natijalar olindi: tekshiriluvchi 10 nafar boladan 6 tasi (60%) tovushlarni sо‘z boshida talaffuz qila oldi, ammo qolgan 4 nafari (40%) esa talaffuz qila olmadi.

Tovushlar sо‘z о‘rtasida kelganda 7 nafar (70%) bola kerakli tovushni talaffuz qila oldi, ammo qolgan 3 nafar (30%) bola talaffuz qila olmadi.

Tovushlar sо‘z oxirida kelganda tekshiriluvchi 10 nafar boladan 4 nafar (40%) bola kerakli tovushni talaffuz qila oldi, ammo qolgan 6 nafar (60%) bola talaffuz qila olmadi.

Nutqni tovush tarkibi tomondan tekshirish uchun bolalar tomonidan amalga oshirilgan barcha vazifalarning natijalari (1-bо‘lim vazifalari) 1-2-jadvalda kо‘rgazmali aks etadi.



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling