Kurs ishi mavzu: Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani Rossiyada o’rganilishi (V. A. Vanger,N. N. Ladigina-Kots va boshqalar) Ilmiy rahbar 2023 mundarija


Zoopsixologiyada rasional farazlarning rivojlanish tarixi


Download 48.34 Kb.
bet8/13
Sana30.04.2023
Hajmi48.34 Kb.
#1409092
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Qiyosiy psixologiya

Zoopsixologiyada rasional farazlarning rivojlanish tarixi. Zoopsixologiyada rasional jihatdan o'rganish metafizika va teologiyadan avvalroq paydo bo'lgan. Bizning qadimgi ajdodlarimiz avval hayvonlarni qo'lga o'rgatib, so'ngra ijodiy g'oyalarni talqin qildilar. Zoopsixologiyada rasionalizmni ilmiy va tabiiy ilmiy sifatida e'tirof qildilar. Rasionalizm holatining asosi birlamchi hayvonlarning xulq atvorida ko'rsatilgan. Birinchi rasionalistik yo'nalishning vakili Arastu bo'lgan. U turli xil hayvonlarni solishtirib o'zining fikrlarini Iskandar Zulqarnaynga jo'natgan. Hayvonlarning xulq atvorini inson bilan solishtirib u hayvonlarda ham psixik jarayonlar mavjudligini ko'rsatib o'tgan. Uning fikriga ko'ra har bir hayvon turlichadir. Arastuning fikriga ko'ra eng aqlli hayvonlar sifatida u fillarni aytib o'tgan. Arastuning rasional qarashlari zoopsixologiyaning asosiga kiritilgan. XVIII asrda xuddi shu natijaga keldilar. XVIII asr hayvonlar o'rtasida turli tajribalarni o'tkazish imkoniyatini berdi. Byuffon, Reomyur, Galler, Reymarus, Kondilyak, Lerua va Lamarklarning tadqiotlari sababli turli xil xayvonlarda instinkt tshunchasi va evolyusion rivojlanish holatlari o'rganilgan7.
XVIII asrda zoopsixologiyadagi psixologik nazariyalar. Zoopsixologiyaning asoschisi sifatida Jorj Byuffon (1707-1788) keltirib o'tilgan. U 44 tomli havonlarni xulq atvori bo'yicha ilmiy ishlar to'plamini yaratdi. Bu etologiyaning sistemali ravishda shakllanishiga sababi xisoblanadi8.
J.B.Lamarkning zoopsixologik nazariyalari. XIX asrning boshlarida tabiiy fanlar falsafadan ajralib chiqdi. Bu zoopsixologiya fanining paydo bo'lishiga asos bo'lib xizmat qildi. Biroq zoopsixologiyaning Markaziy kontsepsiyasi xali ham mavjud emas edi. XIX asrga qadar hayvonlarning xatti-harakatlarini va darajalarini xech kim tizimlashtirgan emas edi. Bu vazifani Jan Batist Lamark bajardi9. 1809 yilda u o'zining mashhur asari Zoologiya falsafasi kitobini chop qildi. Bunda zoopsixologiya alohida fan sifatida tahlil qilingan. U evolyusiyaning yakunlangan nazariyasini yaratdi, buning asosida tashqi muhit olgan reaktsiyalarga tashqi muhitning ta'sir yotadi deb talqin qilingan. Lamarkning fikriga ko'ra organizmlardagi o'zgaruvchanlik tashqi muhitning ta'sir ostida sodir bo'ladi deb aytib o'tilgan. Asosiy omil sifatida u organizmgi tashqi muhitga javob reaktsiyasida deb tushunadi. Bu holatlar tug'ma va orttirilgan bo'ladi deb tushuntirgan. Lamark talqinicha: "Organizmlar tashqi muhit ta'sir ko'rsatishi bo'yicha o'zgaradi, muhim hayvonlarning psixikasinio'zgartiradi....". Lamark zoopsixologiya faniga qimmatli kashfiyotni berdi. U psixikani asab tizimiga tobe'ligini aniqladi. U tomonidan psixik aktlar klassifikasiyasi tuzildi. Eng sodda AKT sifatida qvo'zg'atuvchi xisoblanadi, murakkasb sifatida sezuvchanlik deb e'tirof etdi. Hayvonot olami uchta guruhga bo'lingan.

Download 48.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling