Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati


Download 301.36 Kb.
bet12/14
Sana17.06.2023
Hajmi301.36 Kb.
#1521068
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi ilmiy rahbar toshkent – 2021

Noverbal muloqot til, tovush nutqining qo‘llanilishiga asoslanmagan bo‘lib, bu mimika, imo-ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi muloqot. Bu boshqa odamdan qabul qilinadigan taktil, ko‘rish, eshitish, hid bilish, hamda, boshqa sezgi va tasavvurlar. Odam muloqotining noverbal shakl va vositalarning ko‘pchiligi tug‘ma bo‘lib, faqat o‘ziga o‘xshashlar bilan emas, balki, boshqa tirik jonzotlar bilan ham hissiyot va hulq-atvor darajalarida hamfikrlikka erishish orqali o‘zaro ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi.
Verbal muloqot faqat insonga xos bo‘lib, zarur shart sifatida tilni o‘zlashtirishni belgilab beradi. Nutq muloqot vositasi sifatida bir vaqtning o‘zida ham axborot manbai sifatida, ham suhbatdosh bilan o‘zaro ta’sirlashuv vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Buyuk shoir Sa’diyning so‘zlarini yodda tutish lozim: «Aqling bormi yoki yo‘q, buyukmisan yo kichik, biz bilmaymiz, sen bir so‘z atmaguningcha». Verbal (nutq) muloqot tarkibiga: so‘zlariboralarma’nosi va mohiyati kiradi. Asosiy o‘rinni so‘zning qo‘llanilish aniqligi, uning ifodalanishi va hammabopligi, tovushlar, so‘zlar talaffuzi, ohang ifodasi va mohiyati egallaydi. Nutqdagi tovush hodisalari: nutq jadalligi, tovush balandligi modulyasiyasi, tovush toni, nutq vazni, tovush sifati, ohangi, aniqligidan iborat. Tovush sifatining ifodalanishi: o‘ziga xos maxsus tovushlar: kulgu, hiqillash, yig‘i, pichirlash, xo‘rsinishlar va boshqalar; ajratuvchi tovushlar – bu yo‘tal; ahamiyatsiz tovushlar – tanaffuslar, shuningdek, nazalizatsiya tovushlari – «xm, xm», «e-e-e», «o-o-o» va boshqalar.
Kommunikatsiya – bu o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni. Gap tor ma’nodagi kommunikatsiya haqida ketganida, odamlarning hamkorlikdagi faoliyati davomida ularning o‘zaro turli taassurotlar, g‘oyalar, qiziqishlar, kayfiyatlar, hissiyotlar, mayllar va h.klar bilan almashinuvi ko‘zda tutiladi. Lekin kommunikativ jarayonda ma’lumotlarning oddiy almashinuvi emas, balki, kamida ularning faol almashinuvi sodir bo‘ladi.
Odamlar o‘rtasidagi axborot almashinuvining xususiyatisheriklarning belgili tizim vositasida bir-birlariga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishlari bilan belgilanadi, boshqacha aytganda, bunday axborot almashinuvi sherikning holati, hissiyoti va hulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatishini taxmin qiladi. Bunday vaziyatda muloqot belgisi mehnat quroliga o‘xshash vazifani bajaradi.[2]
SHunday qilib, kommunikativ ta’sir bir kommunikantning boshqasiga uning hulq-atvorini o‘zgartirish maqsadida ko‘rsatadigan psixologik ta’siridan o‘zga narsa emas.  Kommunikatsiya samaradorligibu ta’sirning, aynan, qanchalik ro‘yobga chiqqanligi bilan o‘lchanadi.
Istalgan axborot belgili tizimlar vositasida etkazilishi mumkin. Psixologiyada verbal (nutq) va noverbal (nutqiy bo‘lmagan vositalar)kommunikatsiyu mavjud. Nutq kommunikatsiyaning universal vositasidir. Nutq insonning boshqalar bilan tabiiy til vositasida amalga shiriladigan muloqot jarayoni demakdir. Muloqot samaradorligi muloqotdagilar uchun umumiy tilni, shuningdek, ta’lim, umumiy madaniyat va nutq madaniyati kabi muhim bo‘lgan omillarni belgilab beradi. Verbal nutqmuloqotning noverbal vositalaridan foydalanish bilan to‘ldiriladi.
Psixologiyada noverbal muloqotning to‘rt xil shakllari mavjud: kinesika, paralingvistika, proksemika va vizual muloqot.[2]
Kinesika – bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bo‘lgan muloqot vositalari tizimi. Paralingvistik va ekstralingvistik belgilar tizimi, shuningdek, nutq kommunikatsiyasi «qo‘shimchalar»idan iborat. Paralingvistik tizim – bu vokallashtirish tizimi, ya’ni,tovush sifati, uning ko‘lami, tonalligi. Ekstralingvistik tizim – nutqqa tanaffus va boshqalarni, masalan, tin olish, yo‘talish, yig‘i, kulgu, nutq jadalligini kiritish.
Proksemika – psixologiyaning muloqotni fazoda va vaqt bo‘yicha tashkil etish talablari bilan shug‘ullanadigan maxsus sohasi. Proksemikaning asoschisi amerikalik antropolog E. Xolldir. Proksemik xususiyatlarga sheriklarning muloqot vaqtidagi yo‘nalishi va ular o‘rtasidagi masofa kiradi.
Vizual muloqot – bu ko‘zlar orqali aloqa. SHuni ta’kidlab o‘tish joizki, servis sohasi bilan bog‘liq ish faoliyatidaverbal, hamda noverbal aloqalar bo‘yicha o‘z malakalarini muntazam oshirib boradiganlarga omad kulib boqadi.
Samarali muloqot uchun odam o‘zida kommunikativ omilkorliknirivojlantirishi kerak, bu boshqa odamlar bilan zarur aloqalarni o‘rnatish va quvvatlab turish qobiliyatidir. Samarali kommunikatsiyaning belgilari: sheriklarning hamfikrligiga, vaziyat va muloqot predmetini yaxshiroq tushunishga erishish. Salbiy kommunikatsiya, kommunikativ to‘siqlarningsabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:[1]
- stereotiplar – alohida shaxs yoki vaziyatga tegishli bo‘lgan soddalashtirilgan fikrlar, natijada odamlar, vaziyatlar, muammolarning ob’ektiv tahlili va anglashga erishilmaydi;
- «yanglish tasavvurlar» -  xususiy qarashlarga qarama-qarshi, yangi, noodatiy bo‘lganlarni inkor etishga moyillik;
- odamlar o‘rtasidagi yomon munosabatlar, odamning munosabati adovatli bo‘lgani uchun fikringizning adolatli ekanligiga ishontirish qiyin bo‘ladi;
- muloqotda suhbatdoshning e’tibori va qiziqishining mavjud emasligi;
- ma’lumotlarni mensimaslik, ya’ni, etarli ma’lumotlarga ega bo‘lmasdan turib, xulosa chiqarish odati;
- e’tiroflarni tuzishdagi xatoliklar: so‘zlarni to‘g‘ri tanlay olmaslik, etkazishning murakkabligi, zaif ishontirish, mantiqsizlik va h.k.;
- muloqotni olib borish yo‘lalishi va vositalarini noto‘g‘ri tanlash.
Muloqot yo‘nalishi: ochiq – yopiq muloqot; monologik – dialogik; rolli (ijtimoiy roldan kelib chiqqan holda) – shaxsiy («dildan» muloqot). Ochiq muloqot – o‘z qarashlarini to‘la ifodalash va boshqalarda ham uni hisobga olish istagi va malakasi. YOpiq muloqot – o‘z fikri, munosabati, mavjud bo‘lgan axborotni tushunarli tarzda ifodalash malakasi yoki istagining mavjud emasligi.
SHunday qilib, inson kommunikatsiyasining samaradorligi muloqotda hisobga olinishi zarur bo‘lgan ko‘plab omillarga bog‘liq.[


Download 301.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling