2.4.Tiroksinning ta'sir mexanizmi
Qalqonsimon bez gormonlari ta'sirinnng xarakterli tomonlari juda ko‘p, birinchi qarashda, o‘zaro bog‘lanmagan fiziologik effektlarning yuzaga chiqishidir. Qalqonsimon bez gormonlari yosh va katta hayvonlarda issiq hosil qilish (kalorigen) ta'siridan tashqari, yaxshi aniqlangan bir qator effektlarga ham ega: hayvonlarning o‘sish va rivojlanishiga, itbaliqlar metamorfozining boshlanishi yoki tezlanishiga, tuz va suv almashinuviga ta'sir etadi; oqsil va yog‘larning sintezi va parchalanishiga, muskullar strukturasi va faoliyatiga, oliy nerv sistemasining rivojlanishi va funksiyasiga, yurak harakatiga, kaltsiy va suyak to‘qimasi almashinuviga ta'sir ko‘rsatadi. Shu vaqtga kadar tirkeoid gormonlarining kalorigen effekti faoliyatining eng asosiy belgisi deb qabul qilingan edi. Juda keng tarqalgan nuqtai nazarg.a binoan, gormonning kalorigen ta'siri nafas olishga bog‘liq fosforlanishning ajralishi natijasida mitoxondriya nafas olishning kompensator ortishi bilan izohlanadi.
Keyingi o‘n yillar davomida tireoid gormonlarning asosiy nishoni hujayra yadrosi ekanligini ko‘rsatdilar. Gormon (asosan triyodtironin) yadro membranasidagi retseptori bilan bog‘lanib, DNK ning ma'lum lokuslarini faollaydi. Natijada yangi m-RNK sintezlanadi, u esa oqsillar (fermentlar) sintezini kuchaytiradi va shu yo‘l bilan hujayra metabolizmini stimullaydi.
Adrenalin va noradrenalin biosintezida tirozinning roli
Adrenalin va noradrenalin buyrakusti bezi miya qavatining mitoxondriyalarida sintez qilinadi. Organizmga C14 bilan nishonlangan fenilalanin va tirozin yuborish orqali shu aminokislotalar gormonlarning biosintezi uchun asos bo‘lishi aniqlangan. Metil gruppasi bo‘yicha nishonlangan metionin yuborib, adrenalin molekulasidagi CH3 — metionindan kelib chikkanligi ham tasdiklangan. Biosintez jarayoni fenilalanin va tirozinni oksidlanishidan boshlanib L -3,4- dioksifenilalanin (DOFA) va 3,4- dioksifenilserin yoki oksitiramin orqali o‘tadi. Dekarboksillanish yo‘li bilan hosil bo‘lgan noradrenalin so‘ngra ATF va metionin ishtirokida metillanib, adrenalinga aylanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |