Kurs ishi O’zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining ustuvor yo’nalishlari tahlili
Download 269.04 Kb.
|
Sodiqjonov San\'anatjon pul-kredit siyosati kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank multiplikatorining hosil bo’lish mexanizmi
Rmajb.=D*rr D-depozitlarning umumiy miqdori rr-Majburiy zahira me’yori (fozilarda)
Bankga kelib tushgan omonatning bir qismi majburiy zahira miqdorini bersa qolgan qismi esa kredit imkoniyatini beradi. Bankning kredit imkoniyatlarini aniqlash uchun depozitdan majburiy zahirani ayirib topamiz ya’ni quyidagicha: K=Ro’rt.=D-Rmajb.=D-D*rr=D(1-rr) Ro’rt.-ortiqcha zahiralar; D-bank depozitlari; rr-majburiy zahira me’yori (foizlarda); Rmajb-majburiy zahira miqdori. Bank barcha kredit imkoniyatlaridan har doim ham to’liq foydalanmaydi. Bank kredit bermagan ortiqcha zahiralar miqdori hamda majburiy zahiralar miqdori umumlashib bankning umumiy zahiralar miqdorini tashkil etadi. Pulning yaratilishi uning hosil bo’lish jarayoni kreditning kengayishi yoki kredit ekspansiyasi deyiladi. U bank sohasida kelib tushishi va naqd pullarning naqd bo’lmagan pullarga aylanishi bilan ifodalanadi. Agarda aksincha depozitlar kamaysa ya’ni omonatchilar pullarini qaytarib olishsa ushbu holatda kreditlarning pasayishi vujudga keladi. Buni tushunish uchun misol tariqasida ko’ramiz. Masalan : (bu yerda majburiy zahira me’yori 20% deb olingan)
1-rasm Bank multiplikatorining hosil bo’lish mexanizmi Yuqoridagi rasmda deposit sifatida 50000$ olindi hamda uning 20% majburiy zahiralar sifatida olindi ya’ni 10000$ qolgan 40000$ esa kredit imkoniyatini beradi. Agar bank ushbu kredit imkoniyatidan to’liq foydalansa ya’ni 40000$ miqdorida o’z mijoziga kredit bersa, u mablag’larni mijoz o’ziga kerakli tovarlar uchun sarflashi mumkin. Bunda u sotib olish jarayonida sotuvchiga daromad keltiradi va bu orqali u sotuvchining 2-bankdagi hisob raqamiga tushadi, 2-bankda endi 40000$ miqdorida deposit mavjud va 2-bankham buning 8000$ni majburiy zahiraga ajratadi hamda qolgan 32000$ni kredit berish uchun foydalanadi. Bank ushbu summani kreditga berib mijozining bitim bo’yicha to’lovini ta’minlash bilan bir qatorda sotuvchining daromadini ham ta’minlaydi. 32000% pul miqdori sifatida sotuvchining 3-bank hisob raqamiga kelib tushadi. Bankda 32000$ deposit mavjud, bundan 6400$ni majburiy zahiraga qoldiradi hamda 25600$ ni kredit sifatida foydalanadi. O’zining mijoziga 25600$ni kredit sifatida taqdim etib u ham 4-bankka yo’naltiradi va 4-bankda 5120$ miqdorida majburiy zahira mavjud bo’ladi hamda kredit imkoniyati 20480$ga teng bo’ladi. 4-bank ham ushbu siklni davom ettirgan tarzda oz kredit imkoniyatini deposit sifatida 5-bankka yo’naltiradi va hokazo… Bundan o’z-o’zidan ma’lumki ushbu prgressiya cheksiz kamayuvchi geometrik progressiyani tashkil etmoqda: Download 269.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling