Kurs ishi O’zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining ustuvor yo’nalishlari tahlili
Download 269.04 Kb.
|
Sodiqjonov San\'anatjon pul-kredit siyosati kurs ishi
Xulosalar (Conclusions).
Kurs ishini bajarish jarayonida quyidagi xulosa va takliflar shakillantirildi: Bozor iqtisodiyoti tizimidagi mamlakatlarda monetar siyosatni toʻgʻri amalga oshirilishi avvalo mazkur mamlakat pul tizimining barqarorligiga erishilishiga va natijada esa umumiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga sabab boʻladi. Bunda, Markaziy bank monetar siyosatining asosiy maqsadi milliy valuta barqarorligini ta’minlash, valuta kursi va foiz stavkalarini oqilona oʻrnatish asosida inflyatsiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror oʻsishini ta’minlaydi. Bunga erishish uchun esa pul bozorida talab va taklifga ta’sir koʻrsatish orqali muomaladagi pul massasini muvofiqlashtirishdan amalga oshiriladi. Mamlakatimizda moliyaviy bozorlar va umuman bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasini hisobga olib bugungi kunda majburiy zahira talablari Markaziy bank olib borayotgan monetar siyosatning tayanch instrumenti ekanligi asoslidir. Ammo jahon amaliyotida ushbu instrumentdan toʻliq voz kechilayotgan yoki “zahira” instrument sifatida foydalanilayotgan bir paytda mamlakatimizda zahira normalarining yuqori darajada qolishi munozaralidir. Pul-kredit siyosatini ayni vaqtga bog’lasak. Koronavirus pandemiyasi sababli davlatlarda karantin holatlari e’lon qilingan va uning natijasida bir qator salbiy oqibatlar mavzjud. Bu barcha davlatlarning iqtisodiyotida kuzatiladi. Jumladan: Ishsizlik salmog’ining oshishi; Migrantlar sonining kamayishi; Turizm sohasining butkul orqaga ketishi; Bank tizimi omonatlar miqdorining kamayishi yohud pul aylanuving sekinlashishi; Xususiy tadbirkorlikning sustlashuvi va boshqalarni misol keltirishimiz mumkin. Ushbu holatdan sezilarli zarbalarsiz o’tish chora-tadbirlarini ko’rish zarur. Pul-kredit tizimini o’z-o’zidan bank faoliyatisiz tasvvur eta olmaymiz. Mening fikrimcha raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish aynan pul-kredit tizimiga bir qancha qulayliklar yaratadi. Markaziy bank yaqingacha pul taklifini targetlab kelganini va yaqin kelajakda inflyatsiyani toʻlaqonli targetlashga oʻtishini, shuningdek, xorijiy kapitalni kirib kelishi bilan bogʻliq boʻlgan kreditlarni haddan tashqari tez oshib ketishini ham hisobga olib, majburiy zahiralardan foydalanishni bosqichmabosqich liberallashtirib borishi kerak. Naqd pullarning bankdan tashqari aylanmasini kamaytirish va ushbu mablagʻlarni bank depozitlariga jalb etish borasida tegishli dasturlar ishlab chiqish kerak. Mamlakatimizda kapital bozorining toʻliq shakllanmaganligi va uzoq muddatli vositalarning taqchilligi Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalarini rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda. Ushbu muammolarni hal etish maqsadida Hukumatning qisqa va oʻrta muddatli qimmatli qogʻozlari hamda Markaziy bankning obligatsiyalari emissiya hajmini oshirish lozim deb oʻylayman. Xufyona iqtisodiyotni kamaytirish lozim. Naqd va naqd pulsiz hisob – kitoblar orasidagi sun’iy tafovutni kamaytirish, buning uchun ichki bozorni import oʻrnini bosuvchi sifatli mahalliy mahsulotlar bilan toʻlaroq qondirish borasida tegishli chora – tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiq boʻlardi. Download 269.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling