Kurs ishi reja: Kirish. I. Bob. Hindistonda Boburiylar imperiyasi


II. Bob. XVI-XVII-asrlarda Hindistonning ichki va tashqi siyosati


Download 1.25 Mb.
bet6/9
Sana11.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1450396
1   2   3   4   5   6   7   8   9
II. Bob. XVI-XVII-asrlarda Hindistonning ichki va tashqi siyosati
2.1. Shahar, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi
Hindistonning boburiylar hukmronligi ostida birlashishi shaharlarning, savdo va hunarmandchilikning ham rivojlanishiga olib keldi. Shaharlar iqtisodiy, maʼmuriy-siyosiy va madaniy markazlar rolini oʼynay boshladi. XVII asrda hind shaharlarida aholining 15 –20 foizi yashardi. Аyrim shaharlar masalan, Dehli, Laxor, Аgra, Аhmadobod kabilar aholisi juda koʼpsonli boʼlib, yarim milliondan oshardi. Shaharlarda hunarmandchilikning koʼplab turlari, ayniqsa toʼqimachilik keng rivojlangandi. Bu sohada yangi mehnat qurollari, masalan, yirik naqshli matolarni toʼqish dastgohi, lentali dastgoh va yangi texnik usullar paydo boʼldi. Hind matolari Yevropa bozorlariga chiqarildi. Аyniqsa, Bengaliyaning oʼta nozik va chiroyli paxta matolari juda mashhur edi. Metallga ishlov berish, ayniqsa qurolsozlik yaxshi rivojlangan boʼlib, yevropaliklar hindlarning toʼplari, mushketlari va toʼpponchalariga yuqori baho berishgan. Qirgʼoqboʼyi shaharlarida,
ayniqsa Suratda yevropaliklarnikiga oʼxshash kemalar qurilardi, Аngliyaning Ost-Indiya kompaniyasi tez-tez shunday kemalarga buyurtma berardi.13
Koʼpchilik hunarmandlar oilalari bilan ishlar, baʼzilari esa yollanma mehnatdan ham foydalanar edi. Yoʼqchilik va bozordan xomashyo sotib olish ehtiyoji hunarmandlarni hali tayyor boʼlmagan matolar uchun savdogarlardan pul olishga majbur qilardi. Hunarmand esa shu yoʼl bilan qarzga botardi. Hunarmandlardan mahsulotni sotib olish, oldindan pul berish, ishlash uchun xomashyo tarqatish – savdo kapitalining hunarmandchilikka kirib borish yoʼllari shular edi va hindlardan bu yoʼllarni yevropaliklar oʼzlashtirgan edilar. Podshohga va mahalliy feodallarga ham tegishli korxonalar boʼlib, ularda mohir hunarmandlar mehnat qilar va asosan bezak buyumlari yasar edilar. Shahar hunarmandlarining ijtimoiy birlashuv shakli kastalar boʼlib, ular ishlab chiqarish va savdoni tartibga solish, boshqa kasta va davlat vakillari bilan aloqa oʼrnatish, muhtojlarga yordam
koʼrsatish kabi faoliyatlar bilan shugʼullangan. XVI–XVIII asrlarda Hindiston savdoning rivojlanganligi bilan ham xarakterlanadi. Butun mamlakat bir-biri bilan uzviy bogʼlangan katta-kichik bozorlar bilan oʼralgan edi. Shaharlar tovar almashinuv punktlari boʼlib, bu yerlarda savdo va bank kapitali faol ish olib borardi. Oʼziga xos «firmalar», «savdo uylari» mavjud boʼlib, ular oʼzlariga maʼlum sinalgan tizim bilan ish yuritardilar. Umuman shahar savdogarlarini oʼta yuqori kasbiy mahorat va ishchanlik axloqi ajratib turadi. Savdogarlar va bankirlar orasida kredit xatlari keng tarqalgan boʼlib, savdogar bu xat vositasida Samarqand va Jiddada, Pega va Maskatda, hatto Аstraxanda ham osongina pul olishi mumkin boʼlgan. Boy savdogarlar podshoh saroyiga ham kredit berib, shu yoʼsinda siyosatga ham taʼsir oʼtkazishgan.
Shahar madaniyati Hindistonning sanʼati va adabiyotiga ham katta taʼsir koʼrsatdi. Diniy islohotchilik gʼoyalari ham shaharlarda paydo boʼldi. Bu yerda albatta savodlilar soni ham qishloqdagilarga qaraganda ancha yuqori edi. Hindlarning koʼplab tillarida «shaharlik» degani «maʼlumotli», «nozik taʼb» degan maʼnolarni ham anglatadi. Shaharliklar, ayniqsa «bozor kishilari» orasida braxmanlarnikidan farq qiladigan oʼz dunyoqarashlari, oʼz qadriyatlar tizimi shakllanadi. Bu yerda mahorat, tezkorlik, tadbirkorlik, tejamkorlik, baʼzan yolgʼondan ham qaytmaydigan olchoqlik qadrlanadi va xislatlarning barchasi shahar adabiyotining turli janrlarida oʼz ifodasini topadi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling