KURS ISHI
Reja:
Kirish.
I. Bob. Hindistonda Boburiylar imperiyasi.........................................................6
1.1. Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va siyosiy maydonga chiqishi .....7
1.2. Boburning Hindistonga yurishi…................................……………………...12
1.3. Akbarshox va uning isloxotlari ………………………………………….......16
II. Bob. XVI-XVII-asrlarda Hindistonning ichki va tashqi siyosati................17
2.1. Shahar, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi ...................………....…18
2.2. Xalq harakatlari va imperiyaning parchalanishi ……….......…….....……….20
2.3. Yevropaliklarning Hindistonga kirib kelishi....................................................22
III. Xulosa………………………………………………………………………...24
IV. Foydalangan adabiyotlar……………………………………………………26
V. Ilovalar………………………………………………………………………...27
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: XVI-asr boshlarida Hindiston siyosiy parokandalik holatida edi. Oʼzaro feodal urushlar savdo va dehqonchilikning rivojlanishiga, Hindiston qishloq xoʼjaligi uchun muhim ahamiyatga ega boʼlgan yirik sugʼorish inshootlarini zaruriy holatda saqlab turishga xalaqit berardi. Faqat vayronalik keltiruvchi bu urushlarning tugatilishidan aholining deyarli barcha qatlamlari manfaatdor edi. Jamiyatdagi koʼpchilik qatlam va guruhlarning kuchli davlat sari intilishlari mamlakatning birlashishi uchun qulay sharoitni yuzaga keltirdi.
XVI asr 20-yillaridan Dehlida hokimiyatni egallab turgan sulton Ibrohimning harakatlari ajralib chiqqan vasallarni oʼz hukmi ostida birlashtirish uchun yetarli boʼlmadi. Natijada sulton Ibrohimning siyosatidan norozi boʼlgan saroy ayonlari orasida oʼsha paytda Kobulda hukmdor boʼlib turgan Zahiriddin Muhammad Boburni taxtga taklif qilish gʼoyasi paydo boʼldi. Talantli sarkarda, tajribali davlat arbobi va ajoyib shoir Bobur bu qulay sharoitdan ustalik bilan foydalanadi.Men ushbu mavzuda asosan Hindistonning XVI-asrning birinchi yarmida Lo’diylar sulolasining barham topishi va Boburiylar imperiyasining shakllanish jarayonlarini yoritib berishga harakat qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |