Kurs ishi reja: Kirish. I. Bob. Hindistonda Boburiylar imperiyasi


Yevropaliklarning Hindistonga kirib kelishi


Download 1.25 Mb.
bet8/9
Sana11.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1450396
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2.3. Yevropaliklarning Hindistonga kirib kelishi
Yevropalik mustamlakachilarning Hindistonga kirib kelishi hali XVI asrdayoq boshlangan edi. Hindistonga dengiz yoʼlini ochgan portugallar Malabar qirgʼoqlaridagi bir necha bazalarni egallab oldilar. Lekin ular mamlakat ichkarisiga kirish uchun yetarli kuchga ega emasdilar.
Portugallarning oʼrniga kelgan xotirjam va mulohazali gollandlar Hindistondan katta miqdorda qandolat mahsulotlarini olib ketar, hindlarning hayotiga umuman aralashmasdan faqat savdo bilan shugʼullanishar edi. Soʼng paydo boʼlgan frantsuzlarda esa hind hukmdorlarining taxt talashlarida zimdan ishtirok etish istagi yoʼq emasdi. Biroq oʼsha paytda butun Yevropada mavqei oshib ketayotgan ishbilarmon va chaqqon inglizlar boshqa barcha yevropaliklarni Hindistondan siqib chiqarib, oʼzlari faqat savdoda emas, siyosiy hayotda ham tobora katta rol oʼynay boshladilar. Shu maqsadda tuzilgan Ost-Indiya kompaniyasi 1600 yili Hindistonda oʼz korxonalarini ochish huquqini qoʼlga kiritdi. Ost-Indiya kompaniyasi aktsioner lik jamiyati boʼlib, uning mablagʼlari juda tezlik bilan oshib bordi. 1657 yili Kromvelning maxsus xartiyasi eʼlon qilingan boʼlib, unga binoan kompaniyaga urush eʼlon qilish va sulh tuzish, tanga pul zarb qilish va oʼz armiyasiga ega boʼlish huquqi berilgan edi.15
Kompaniya Hindistonning turli nuqtalarida savdo shoxobchalari, shoʼʼbalar tashkil qila boshladi. Masalan, faqat Bengaliyada kompaniyaning 150 ta ombor va 15 ta yirik shoʼʼbalari mavjud edi. 1690 yili ular boburiylardan olgan yerlariga mustahkam qoʼrgʼon – Kalkutta shahrini barpo qildilar. Ular savdo va siyosiy faoliyatining markazlari Dehli, Kalkutta va Madras shaharlari boʼlib qoldi. Kompaniya, shuningdek, general-gubernator boshqaradigan yer mulkiga hamda uni qoʼriqlash uchun maʼlum miqdordagi qoʼshinga ham ega edi. Shu tariqa ingliz ofitserlari qoʼmondonligida Yevropa usulida qurollangan va oʼrgatilgan yollanma hind askarlari – sipohilardan harbiy qismlar ham tashkil qilindi.
Ost-Indiya kompaniyasining boshida yengil va tez boyishnigina izlaydigan mulkparast ishbilarmonlar turar va ular Hindistonning yerlari hamda boyliklarini egallab olish uchun har qanday qabihlikdan ham qaytmasdilar. Аngliyaning Hindistondagi asosiy raqibi Frantsiya edi. Biroq Аngliyaning iqtisodiy qudrati va ingliz kompaniyalarining davlatdan uzluksiz yordam olib turganligi tufayli frantsuzlar yengildi. 1763 yildan keyin Frantsiyaning Hindistonda birorta ham mustahkamlangan qalʼasi qolmadi. U faqat arzimas savdo pozitsiyasini saqlab qola oldi, xolos. Ost-Indiyaning savdo kompaniyasidan mustamlaka hokimiyatiga aylanib borishi oqibatida XVIII asr oʼrtalaridan boshlab egallangan hududlarda harbiy va maʼmuriy hokimiyatni oʼrnatish hamda diplomatik kelishuvlar kompaniya faoliyatning asosiy turlari boʼlib qoldi. 1757 y ili inglizlar Bengaliyani bosib oldilar va bu Ost-Indiya kompaniyasining qoʼshinlari tomonidan butun mamlakatni asta-sekin egallashning, hind xalqining ikki yuz yillik asoratining boshlanishi edi. Inglizlarning muvaffaqiyatlariga ularning sanoatdagi ilgʼorligi bilan birga ulkan sipohi qoʼshinlariga egaligi ham sabab boʼldi. Аytish mumkinki, Hindiston asosan hindlarning oʼz qoʼllari bilan zabt etildi. XVIII asr oxirlarida oʼzining barcha raqiblarini yengan Ost- Indiya kompaniyasi shu tariqa tarqoq vazaif Hindistonni boʼysundirishda davom etdi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, XVI-asr boshlarida Hindiston siyosiy parokandalik holatida edi. Oʼzaro feodal urushlar savdo va dehqonchilikning rivojlanishiga, Hindiston qishloq xoʼjaligi uchun muhim ahamiyatga ega boʼlgan yirik sugʼorish inshootlarini zaruriy holatda saqlab turishga xalaqit berardi. Faqat vayronalik keltiruvchi bu urushlarning tugatilishidan aholining deyarli barcha qatlamlari manfaatdor edi. Jamiyatdagi koʼpchilik qatlam va guruhlarning kuchli davlat sari intilishlari mamlakatning birlashishi uchun qulay sharoitni yuzaga keltirdi.
XVI asr 20-yillaridan Dehlida hokimiyatni egallab turgan sulton Ibrohimning harakatlari ajralib chiqqan vasallarni oʼz hukmi ostida birlashtirish uchun yetarli boʼlmadi. Natijada sulton Ibrohimning siyosatidan norozi boʼlgan saroy ayonlari orasida oʼsha paytda Kobulda hukmdor boʼlib turgan Zahiriddin Muhammad Boburni taxtga taklif qilish gʼoyasi paydo boʼldi. Talantli sarkarda, tajribali davlat arbobi va ajoyib shoir Bobur bu qulay sharoitdan ustalik bilan foydalanadi.Men ushbu mavzuda asosan Hindistonning XVI-asrning birinchi yarmida Lo’diylar sulolasining barham topishi va Boburiylar imperiyasining shakllanish jarayonlarini yoritib berishga harakat qildim.
Qadimiy Movarounnahr va undagi xalqlar hayoti haqida jonli guvohlik beruvchi asarlar orasida “ Boburnoma “ alohida ajralib turadi. Ajoyib lirik shoir, o’zbek adibi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan bu asar ijtimoiy-tarixiy, ilmiy, tabiiy va adabiy lingvistik ma’lumotlar xazinasidir unda 1494-yildan 1530-yilgacha O’rta Osiyo, Afg’oniston va Hindistonda kechgan voqealar bayon etilgan. Bobur tarixiy faktlarni shunchaki qayd etish jangu-jadallar, yurishlar haqida xronologik axborot berish bilangina kifoyalanmay, voqealarni jonli tilda qiziqarli hikoya qiladi, manzara chizadi, tabiatni, etnografik holatlarni tasvirlaydi, davrni, uning xususiyatlarini gavdalantiradi. Shu sababdan asar faqat ilmiy –tarixiy ahamiyati bilan emas, balki o’zbek badiiy nasrining yorqin namunalaridan biri sifatida ham biz uchun qimmatlidir. Shoir o’z xotiralarini badiiy naql uslubida sodda va ravon bayon etadi, o’nlab tarixiy shaxslarning aniq xarakterini yaratadi; tabiat manzaralarini suratini chizadi, kitobni har xil syujetlar, ishqiy sarguzashtlar, sheriy parchalar bilan bezaydi. Tilga olingan shaxsning portreti kiyinishini, tashqi ko’rinishini, fel-atvorini, odatlarini, o’tmishini avlod-ajdodini birma-bir ta’rif etiladi. Asardagi markaziy obraz Boburning o’zi, albatta. Uning his – tuyg’ulariga boy qalbi ko’z oldimizda yorqin jonlanadi. Ingliz tarixchisi Elfiniston “ Boburnoma” va uning muallifi haqida “Uning his tuyg’ulari har qanday mubolag’adan yoki pardalashdan holi, uslubi oddiy mardona, shu bilan birga jonli va ifodali. O’z zamondoshlari biografiyasini, ularning qiyofalari, urf-odati, intilishlari, qiziqish va qiliqlarini ko’zguda aks etgandek ravshan tasvirlaydi.
Hindistonning boburiylar hukmronligi ostida birlashishi shaharlarning, savdo va hunarmandchilikning ham rivojlanishiga olib keldi. Shaharlar iqtisodiy, maʼmuriy-siyosiy va madaniy markazlar rolini oʼynay boshladi. XVII asrda hind shaharlarida aholining 15 –20 foizi yashardi. Аyrim shaharlar masalan, Dehli, Laxor, Аgra, Аhmadobod kabilar aholisi juda koʼpsonli boʼlib, yarim milliondan oshardi. Shaharlarda hunarmandchilikning koʼplab turlari, ayniqsa toʼqimachilik keng rivojlangandi. Bu sohada yangi mehnat qurollari, masalan, yirik naqshli matolarni toʼqish dastgohi, lentali dastgoh va yangi texnik usullar paydo boʼldi. Hind matolari Yevropa bozorlariga chiqarildi. Аyniqsa, Bengaliyaning oʼta nozik va chiroyli paxta matolari juda mashhur edi. Metallga ishlov berish, ayniqsa qurolsozlik yaxshi rivojlangan boʼlib, yevropaliklar hindlarning toʼplari, mushketlari va toʼpponchalariga yuqori baho berishgan. Qirgʼoqboʼyi shaharlarida,
ayniqsa Suratda yevropaliklarnikiga oʼxshash kemalar qurilardi, Аngliyaning Ost-Indiya kompaniyasi tez-tez shunday kemalarga buyurtma berardi.



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling