Kurs ishi taqdimoti guruh: sbia 70/22


• “ikkinchi” (“oq yoqalilar”)


Download 1.86 Mb.
bet4/5
Sana13.04.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1355514
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdumavlonov A. kurs ishi

1. • “ikkinchi” (“oq yoqalilar”);
2. • “kul rang” (“norasmiy”);
3. • “qora” (“maxfiy”) yashirin iqtisodiyot
Xufyona iqtisodiyotni o‘rganish va tahlil etish taxminan yarim asrdan buyon davom etayotgan bo‘lsa ham, olimlarda va tahlilchilarda uni tahlil qilishning yagona yondashuvi hanuzgacha mavjud emas. Masalan, ingliz tilidagi manbalarda “informal economy” (norasmiy iqtisodiyot), “underground economy” (yashirish (maxfiy) iqtisodiyot), “shadow economy” (soyadagi (pana) iqtisodiyot), “black economy” (qora iqtisodiyot) kabi terminlarni uchratish mumkin, va bu terminlar turli tadqiqotchilarda turli ma’noni anglatmoqda15. “Ikkinchi” yashirin iqtisodiyot – bu “oq” iqtisodiyot ishchi va xodimlarining o‘z ish joylarida yashirincha, qonun bilan taqiqlangan iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari bo‘lib, ushbu faoliyat avval yaratilgan milliy daromadning yashirin qayta taqsimlanishiga olib keladi. Bu faoliyat bilan, asosan, boshqaruv mahkamasidagi “obro‘li odamlar” (“oq yoqalilar”) shug‘ullanganligi sababli yashirin iqtisodiyotning ushbu turini “oq yoqalilar”, deb nomlashadi. Jamiyat nuqtai nazaridan “ikkinchi” yashirin iqtisodiyot hech qanday yangi tovar va xizmatlarni yaratmaydi. “Ikkinchi” iqtisodiyotda bir necha odamlar boshqa odamlarning yo‘qotishlari evaziga naf ko‘radilar (daromad oladilar). “Ikkinchi” yashirin iqtisodiyot – shaxsiy ehtiyoj va davlat tomonidan hisobga va ro‘yxatga olinmaydigan ehtiyojlarni qondirish maqsadida alohida fuqarolar o‘rtasida va ularning norasmiy birlashmalari o‘rtasidagi mustaqil iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar fuqarolarning davlatning xo‘jalik mexanizmidagi xatolar, aholi talablari, xohishlari inobatga olinmasligiga qarshi aks ta’siridir.
a) moliya va soliq xizmatlarining soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashni rag‘batlantiradigan darajada zaifligi;
b) rivojlangan bozor tizimining noqonuniy resurslar manbalariga tayanishga majbur etadigan darajada mavjud emasligi;
v) haddan ziyod va, shu jumladan, qonunlarga xilof ravishda ma’muriylashtirilganlik;
g) nodavlat tadbirkorlikka nisbatan davlatning hozirdagi siyosatining uzoq muddatlarga mo‘ljallanganligiga shubha tug‘ilishi. “Kul rang” yashirin iqtisodiyot – qonun tomonidan taqiqlanmagan, lekin ro‘yxatga olinmaydigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy faoliyatdir. “Oq” iqtisodiyot bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va uning hisobiga tekinxo‘rlik qilib yashaydigan “ikkinchi” yashirin iqtisodiyotdan farqli o‘laroq “kul rang” yashirin iqtisodiyot nisbatan mustaqil faoliyat yuritadi. Litsenziya, soliq va boshqalarga ketadigan xarajatlardan qochish maqsadida xususiy ishlab chiqaruvchilar ongli ravishda rasmiy ro‘yxatdan o‘tishmaydi, yoki bu faoliyat to‘g‘risidagi hisobot umuman ko‘rib chiqilmaydi. Bu sektorda mustaqil ishlab chiqaruvchilar yoki litsenziyaga ega bo‘lish, soliq to‘lash va boshqa shu kabi xarajatlardan qochib rasmiy hisobga olinishdan ongli ravishda bo‘yin tovlashadi, yoki bunday faoliyat to‘g‘risida hisobot umuman nazarda tutilmagan bo‘ladi.
“Qora” yashirin iqtisodiyot (uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti) – qonun tomonidan taqiqlab qo‘yilgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq noqonuniy iqtisodiy faoliyatdir. “Qora” yashirin iqtisodiyot “kul rang” iqtisodiyotga rasmiy iqtisodiyotdan nisbatan ko‘proq ravishda ajralgandir. Keng ma’noda normal iqtisodiy hayotga to‘g‘ri kelmaydigan, uni buzadigan barcha faoliyat turlari “qora” yashirin iqtisodiyotga kiradi. Bu faoliyatga faqatgina zo‘ravonlikka asoslangan qayta taqsimlash (o‘g‘rilik, bosqinchilik, tovlamachilik) emas, balki jamiyatni yemiradigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish ham (narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik, reket) kiradi.
Noqonuniy ishlab chiqarishga biznes va tadbirkorlik shaklida tashkil etilgan qonunchilikda qat’iyan man qilingan faoliyat turlari kiradi. Bunday faoliyat turlariga quyidagilar kiradi:
– qurol-yarog‘lar ishlab chiqarish va sotish;
– narkobiznes;
– kontrabanda;
– qimorxona, qimor o‘yinlarini tashkil etish;
– odam savdosi;
– fohishalik va h.k.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling