Kurs ishi taqdimoti guruh: sbia 70/22
O'zbekistonda xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish chora-tadbirlari
Download 1.86 Mb.
|
Abdumavlonov A. kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun rahmat!
3. O'zbekistonda xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish chora-tadbirlari.
O'zbekistonda xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashning asosiy usullari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida xam “yashirin iqtisodiyot”ning omillarini sohalar va tarmoqlar kesimida tahlil qilib, uni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Unda: iqtisodiy faoliyatni legallashtirish yuzasidan qo‘shimcha choralarni aniqlash; soliq yukini kamaytirish va soliq ma'murchiligini takomillashtirish; import qilingan tovarlarning hisobotlarini elektron tarzda shakllanishini ta'minlash; naqd pulsiz hisob-kitobni rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish; ayrim tovarlar uchun identifikatsiya markirovka qilishning yagona tizimini joriy etish va soliq organlari tomonidan mahsulotni hisobga olishning elektron bazasini yaratish; elektron tijorat faoliyatini qonuniylashtirish va nazorat qilish mexanizmini joriy etish; ko‘chmas mulk obektlari va avtotransport vositalari oldi-sotdisi va boshqa yirik miqdordagi bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni bank orqali amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish; tadbirkorlar faoliyatiga davlat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlar faktlariga qat'iy yo‘l qo‘ymaslik; davlat organlari ishida shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash borasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar mujassamlashgan. Bugun «xufiyona» iqtisodiyot muammosini hal qilishning quyidagi variantlari haqida so‘z yuritish mumkin: dastlabki kapital jamg‘arishning nihoyatda yuqori sur’atlari haqidagi maqsadli yo‘nalishlar bilan bog‘liq bo‘lgan radikal-liberal variant; radikal-liberal variantga qarshi usul sifatida yuzaga kelgan hamda kuchga asoslangan va boshqa tuzilmalarning tegishli bo‘linmalari faoliya- tini kengaytirish va kuchaytirishni taqozo etuvchi repressivvariant; kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart- sharoitlarni ta’minlashga doir qonunchilikni takomillashtirish bilan bog‘liq kompleks-huquqiy variant. O'zbekistonda xufiyona iqtisodiyotga tegishli ko`rsatkichlar tahlili O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida 2019 yil 17 sentyabrda ”O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot: baholash, sabablari va uni qisqartirish yo‘llari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyotning YaIMga nisbatan ulushi 40-50%ni tashkil etishi bayon qilindi. Davlat tomonidan naqd pulsiz savdo qilayotgan tadbirkorlarga imtiyoz preferensiyalar berish orqali qo‘llab-quvvatlash mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorligini yanada ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, rivojlangan davlatlarda bugungi kunga kelib naqd pul muomalasi maksimal darajada qisqartirilgan, barcha pul aylanishi bank orqali amalga oshirilishi davlat iqtisodiyotining rivojlanishiga olib kelishi hech kimga sir emas. «O‘zbekozikovkatxolding» xolding kompaniyasi raisi Tohirjon Jalilov O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari xufiya bozori hajmini 6,8 milliard dollarga baholadi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha xolding korxonalarida umumiy ishlab chiqarish hajmi 18,2 trln so‘mni tashkil etdi. Kutilishicha, yillik hajm taxminan 38 trln so‘mga teng bo‘ladi. «Bu juda kam. O‘ylaymanki, bizda 90-100 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi. Kompaniyalar past ko‘rsatkichlar qayd etilgan hisobotlarni taqdim etadi. Korxonalar esa kuniga 24 soat ishlayapti. Qolgan mahsulotlar qayerga ketyapti? Bozorga chiqarilmoqda, masalan, «O‘rikzor»ga, naqd pulga. Albatta, bularning barchasi hech qayerda hisobga olinmaydi»39, - dedi Tohirjon Jalilov. Xolding rahbarining ta’kidlashicha, kompaniya xufiya iqtisodiyotga qarshi kurashni tadbirkorlar yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash orqali amalga oshirmoqchi40. O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot ko‘lamining kattaligini norasmiy iqtisodiyot sektorida band bo‘lgan kishilar sonining kattaligi ham ko‘rsatib turibdi. 2020 yil 18 fevral kuni Toshkentda «O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimlik vakillik organlarining rolini oshirish» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari B.X.Umrzoqov «[2020 yil 1 yanvar holatiga] band bo‘lgan aholi soni 13 million 541 ming nafar kishini tashkil etadi. Shundan 5 million 7 yuz ming kishi rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi. 8 millionga yaqini esa norasmiy. Ya’ni bu toifadagi insonlar har kuni norasmiy ishlab, cho‘ntagini pulga to‘ldirib uyga borishadi. Bolalari, maktab, bog‘chalar va hokazolarga berishadi. Lekin davlatga bular bir tiyin ham soliq to‘lamaydi, to‘lovlarni qilmaydi. Ya’ni davlatimizning qudratiga, quvvatiga hissa qo‘shmaydigan 8 million aholimiz bor»41, – deb ma’lumot berdi. U prezident murojaatnomasida ayni shu toifadagi insonlarni rasmiy sektorga o‘tkazish masalasi qo‘yilganini ta’kidladi. XULOSA Xulosa qilib aytganda bugungi kun talabidan kelib chiqib Jahon mamlakatlari iqtisodiy xavfsizligi davlat strategiyasi tajribasidan kelib chiqib, amaldagi qonunlar iqtisodiyot ahvolining O‘zbekiston iqtisodiy xavfsizligi talablariga javob beradigan mezonlari orasida quyidagilarni keltirish mumkin: jamiyat hamda xo‘jalik va moliya faoliyatining barcha sohalari jinoiylashuviga yo‘l qo‘ymaydigan iqtisodiy va huquqiy shart- sharoitlarning yaratilishi, jinoiy tuzilmalarning ishlab chiqarish va moliya institutlarini egallab olishiga, hokimiyatning turli institutlariga kirib borishiga yo‘l qo‘ymaslik kabilardir. Mamlakatimiz milliy boyligi davlat budjetining daromadlarini taqsimlash va qayta taqsimlashda ishtirok etish iqtisodiy agentlarga har qanday xo‘jalik faoliyatiga qaraganda, ancha ko‘p foyda kelishini ta’minlaydi. Bunday faoliyat «xufiyona» iqtisodiyot nomini oldi. Qonunga ixtiyoriy bo‘ysunishga undovchi omillar shaxsda faqat, davlat iqtisodiyotining oshkora sektorida transaksiya xarajatlarini pasaytirish yo‘li bilan uning manfaatlarini amalga oshirishga qodir bo‘lgan taqdirda, paydo bo‘ladi. B.X.Umrzoqovning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi ishlar 2019 yilning aprel oyida boshlangan. Har bir norasmiy fuqaro ishlayotgan korxona, muassasa, tashkilotlarga ogohlantirish berilgan. 2019 yil 1 sentyabriga qadar ana shu toifadagi insonlarni rasmiylashtirish, rasmiy jihatdan to‘lovlarni belgilash masalasi qo‘yilgan. 2019 yili qisqa muddatda 480 ming kishini norasmiydan rasmiyga o‘tkazildi. Norasmiy band bo‘lgan aholini rasmiy bandga o‘tkazish tezlik bilan hal bo‘ladigan masala emas. Buni 3-4 yilda, ko‘rsatkichlarni asta-sekin oshirgan holda amalga oshirish mumkin. Shu boisdan 2020 yilda taxminan 550 ming, keyingi 2021 yili 1 millionga yaqin kishini [rasmiy sektorga] o‘tkazish tadbirlarini belgilab qo‘yilgan42. Bundan ko‘rinib turibdiki, norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lgan kishilarni rasmiy sektorga o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish asosida xufyona iqtisodiyot ko‘lamini kamaytirishga erishiladi. Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarining kattaligi unga qarshi kurash masalalarining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 1. Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). - T., «Iqtisod- moliya» nashriyoti, 2010.-728 b 2. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2017 yil, 488 bet. 3. Mirziyoyev SH.M, Erkin va farovon, demokratik 0‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2016 yil, 56 bet. 4. Mirziyoyev SH.M. Qonun ustvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi, Toshkent, “O‘zbekiston”, 2017 yil, 48 bet. 5. Topildiyev S.R., Egamberdiev K.F., “Iqtisodiyot nazariyasi” O‘quv-Uslubiy qo‘llanma. T.: 2016. 6. Borisov E.F. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. – 2-e izd., pererab. i dop. - M.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2005. – 544 s.; 7. Попов Ю.Н Тарасов М.Е Теневая экономика и системе риночного хозяства. Дело ЭКОНОМИКА. М 2017 С.45 INTERNET SAYTLARI 8. www.stat. uz 9. www.gov.uz 10. https://qalampir.uz/uz/news/toshkent 11. www.google.uz 12. www.Kun.uz 13. www.stat.uz 14. www.statistics.com 15. http:taklettax.com 16. www.acca.org 17. www.ziyonet.uz – ta’lim portali. Etiboringiz uchun rahmat!Etiboringiz uchun rahmat!Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling