To‘ldiruvchi schyotlar tegishli mablag‘ va ular tashkil topish manbalari hisobini yuritishga mo‘ljallangan schyot ma'lumotlarini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.
Taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar korxonaning ba'zi bir xarajatlarini hisobga olish va ularni kalkulyatsiya obyektlari yoki hisobot davrlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash maqsadida qo‘llaniladi
Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar ma'lum xo‘jalik jarayonidagi xarajatlarni bir oy davomida hisobga olish, bu xarajatlarni iqtsiodiy mazmuniga qarab, guruxlashtirish va ularni kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida oldindan qabul qilingan biror bazisga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi.
Kalkulyatsiya schyotlari korxona faoliyatida mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlar hisobini yuritishga mo‘ljallangan.
Taqqoslovchi schyotlar ayni bir muomalalar yoki korxonaning butun bir moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Xo‘jalik mablag‘lari turi va joylanishini ko‘rsatuvchi aktiv schyotlarning xususiyati shundaki, mablag‘larning ko‘payishi debet, mablag‘larning kamayishi esa schyotning kredit tomonida aks ettiriladi. Aktiv schyot xususiyatini quyidagi chizmada yaqqol ko‘rishimiz mumkin:
Debet AKTIV SChYoT Kredit
Boshlang‘ich saldo (Sb)
|
Mablag‘larning kamayishi
|
|
-
<
|
Mablag‘larning ko‘payishi
|
(Do) Debet oborot
|
(Ko) Kredit oborot
|
Oxirgi saldo (So)
|
|
Schyotdagi oxirgi qoldiq yoki saldo quyidagi formula orqali topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |