Kurs ishi tayyorladi: Ilmiy raxbar: Kurs ishi himoya qilingan hay’at a’zolari


Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………41


Download 396.74 Kb.
bet2/18
Sana25.02.2023
Hajmi396.74 Kb.
#1230670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv hisobi

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………41

Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Avval boshdanoq biz o’zimiz uchun muhim saboq chiqarib oldik – zarur huquqiy omilni shakllantirmasdan turib, tegishli qonunlar va me’yoriy hujjatlarni qabul qilmasdan turib, islohotlarni amalga oshirishning ishonchli kafolatini, islohotlar ortga chekinmasligining kafolatini amalda yaratib bo’lmaydi».*1
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda bir qancha sohalarni, jumladan buxgalteriya hisobi tizimini ham isloh qilishni taqozo etdi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining qaror toptirilishi, ko’p ukladli iqtisodiyotning vujudga keltirilishi barcha jabhada bo’lgani kabi, buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o’zgarishlarning sodir bo’lishiga olib keldi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan iqtisodiyot sharoitida shakllangan korxona, tashkilot va muassasalardagi buxgalteriya hisobini yuritish tizimi jahon iqtisodiy tizimiga dadil kirib borayotgan mamlakatimiz uchun zamonaviy talablarga javob bera olmay qolmoqda. Keyingi yillar mobaynida xalqaro andozalarga to’la-to’kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko’pgina islohotlar olib borilishidir.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo’shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga (qimmatli qog’ozlar birjalariga, xalqaro banklarga, fondlarga va boshqalarga) chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o’rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon andozalariga ko’chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda. Qolaversa, buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun ham tobora dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublikada xalqaro andozalarga to’la-to’kis mos keluvchi buxgalteriya hisobining milliy andozalari ishlab chiqilmoqda va amaliyotga keng tatbiq etilmoqda. Buxgalteriya hisobining milliy andozalari «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun asosida ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu andozalar buxgalteriya hisobi shakllari va usullarini tanlashda korxonalarning mustaqilligini kengaytiribgina qolmasdan, hisob axborotining ishonchliligi uchun ularning ma’suliyatini ham oshirmoqda.

Download 396.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling