Kurs ishi tayyorladi: Ilmiy raxbar: Kurs ishi himoya qilingan hay’at a’zolari


Download 396.74 Kb.
bet7/18
Sana25.02.2023
Hajmi396.74 Kb.
#1230670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv hisobi

Schyotlar korrespondensiyasi.

Хo’jalik jarayonlarini aks ettiruvchi schyotlar korrespondensiyalanuvchi schyotlar deb ataladi.
Bir-biri bilan schyotlarni bog’liqligi schyotlar korrespondensiyasi deb ataladi.
Korrespondensiyalanuvchi schyotlar xo’jalik jarayonining summasi bilan birgalikda buxgalteriya yozuvi (provodka) deb ataladi.
Buxgalteriya yozuvlari oddiy va murakkab bo’ladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarida xo’jalik mablag’lari va ularning manbalari, shuningdek, xo’jalik jarayonlarini to’g’ri hisobga olib borishni o’z vaqtida nazorat qilib borish uchun ularning o’zgarishini aks ettiradigan har bir xo’jalik operatsiyasi bir vaqtda ikkita schyotning qarama-qarshi tomoniga yoziladi. Bu narsa shuning uchun zarurki, buxgalteriya balansining aktiv tomonidagi moddalarni hisobga oluvchi aktiv schyotlarda xo’jalik mablag’larining holati, joylanishi olib borilsada, ularning xo’jalik operatsiyalari ta’sirida biridan ikkinchisiga o’tganligini bitta schyotni debetlash yoki kreditlash bilan isbotlab bo’lmaydi. Masalan, “Хom ashyo va materiallar” schyotidagi materiallardan bir qismi “Asosiy ishlab chiqarish” schyotiga o’tkazilgan bo’lsa, u xolda bir vaqtda “Хom ashyo va materiallar” schyotidagi materiallarning kamayganligini va “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida xarajatlarning ko’payganligini aks ettirish talab qilinadi.
Darhaqiqat, buxgalteriya balansining passiv tomonidagi moddalarni hisobga oluvchi passiv schyotlarda xo’jalik mablag’larining paydo bo’lishi manbai olib borilsada, ularning xo’jalik operatsiyalari ta’siri ostida biridan ikkinchisigao’tganligini ham bir bir vaqtda ikkita schyotda aks ettirish talab qilinadi. Masalan, xodimlarga hisblangan mehnat xaqidan daromad solig’i ushlansa, u holda bu xo’jalik operatsiyasi bir vaqtda “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar” schyotida xo’jalik yurituvchi sub’ektning byudjetga bo’lgan qarzining ko’payganligini va “Хodimlar bilan mehnatga haq to’llashga doir hisob-kitoblar” schyotida xodimlar oladigan haqning kamayganligini isbotlovchi yozuv bilan rasmiylashtiriladi.
Ayrim hollarda shunday bo’lishi mumkinki, bu paytda buxgalteriya balansining aktiv tomonidagi moddalarni hisobga oluvchi aktiv schyotlar bilan buxgalteriya balansining passiv tomonidagi moddalarni hisobga oluvchi passiv schyotlar xo’jalik operatsiyalari ta’sirida bir vaqtda aktiv va passiv schyotlarda ko’payish yoki kamayish bo’lganligini aks ettirish talab qilinadi. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektga mol yetkazib beruvchilardan materiallar keltirilgan bo’lsa, bu operatsiya xo’jalik mablag’larini hisobga olib boruvchi aktiv schyot “Хom ashyo va materiallar” schyotining ao’payish tomoniga va xo’jalik mablag’larining manbaini hisobga oluvchi passiv schyot “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar” schyotining ham ko’payish tomoniga yozish talab qilinadi. Chunki bu yozuv bir vaqtda materiallarning kelishi natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish zaxiralarining ko’payganligini va materiallar qabul qilib olinganligi sababli bu xo’jalik yurituvchi sub’ektning yuqorida ko’rsatilgan materiallarni bergan mol yetkazib beruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ekt oldida uning qarzdor ekanligini ko’rsatib turmag’i kerak. Shuningdek, agar shu keltirilgan materiallar uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining bankdagi depozit hisobvarag’idan tegishli summasini to’lasa, u holda bu xo’jalik operatsiyasi bir vaqtda buxgalteriya balansining ikki tomonida ham kamayish tomoniga o’zgarishga olib keladi, ya’ni uning aktiv tomonidagi “Pul mablag’lari” moddasida pul mablag’lari summasining kamayishiga va passiv tomonidagi “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar” degan moddasidagi kreditor qarzlar summasining kamayishiga sabab bo’ladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, har qanday xo’jalik operatsiyasi natijasida mablag’ yoki uning manbaida bir xil summada o’zgarish sodir bo’ladi. Bunday xo’jalik operatsiyalarining hammasi ham schyotlarga ikki yoqlama yozish deb nomlangan usul yordamida aks ettiriladi. Demak, har bir xo’jalik operatsiyasi buxgalteriya hisobining ikkita ob’ektini hisobga oluvchi o’zaro bog’liq schyotlarda yoziladiki, bu narsa xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatida mablag’lar va ularning manbalarining, shuningdek, xo’jalik jarayoni ustidan nazorat o’rnatish tmkonini beradi.Shu bilan birga,bu yozuv xo’jalik mablag’larining ikki tomonlama guruhlanishiga asoslangandir.
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozishning mohiyati shundaki, har bir xo’jalik operatsiyasi u qanday turdagi balans o’zgarishiga olib kelishidan qat’iy nazar, bir vaqtda va o’zaro aloqador holda bir hil summada bir schyotning debet tomonida va ikkinchi schyotning kredit tomonida aks ettiriladi. Binobarin, ikki yoqlama yozish deb xo’jalik operatsiyalari ta’sirida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni schyotlar tizimi vositasi bilan o’zaro aloqador holda aks ettirish usuliga aytiladi.
Ikki yoklama yozish usuliga ko’ra xo’jalik mablag’larining tarkibi va ularning manbalaridagi o’zgarishlarni ko’rsatuvchi ma’lum xo’jalik operatsiyalarini aks ettirish uchun u yoki bu buxgalteriya schyotlari o’zaro bir-birlari bilan bog’lanadi. O’zaro bir-birlari bilan bog’lanishda qatnashuvchi schyotlar korrespondensiyalanuvchi schyotlar deb ataladi. Schyotlar korrespondensiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodkasi deb ataladi.
Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy buxgalteriya provodkasida ikki buxgalteriya schyoti qatnashib, uning biri debetlansa, ikkinchisi kreditlanadi. Murakkab buxgalteriya provodkalarida bir necha buxgalteriya schyotlari qatnashib, ularning biri debetlansa, qolgan bir nechtasi kreditlanadi yoki biri kreditlansa, qolgan bir nechtasi debetlanishi mumkin.
Buni misollarda ko’ramiz. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning bankdagi depozit hisobvarag’idan ishchi va xizmatchilarga ish haqi to’lash uchun kassaga 2000000 so’m naqd pul olindi.
Bu xo’jalik operatsiyasiga quydagicha buxgalteriya provodkasituziladi:
Debet “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” schyoti
2000000
Kredit “Depozit hisobvarag’i” schyoti
Yuqoridagi tuzilgan schyotlarning o’zaro bir-birlari bilan bog’lanishi oddiy buxgalteriya provodkasi hisobanadi, chunki bu schyotlar korrespondensiyasida faqat ikkita buxgalteriya schyoti qatnashib, biri debetlanadi, ikkinchisi esa kreditlanadi.
Boshqa bir misol. Naryad va tabellarga asosan ishchi va xizmatchilarga ish haqi hisoblanadi;
a) asosiy ishlab chiqarishda ishlovchi ishchilarga 1450000 so’m;
b) yordamchi ishlab chiqarishda ishlovchi ishchilarga 250000 so’m;
v) umumishlabchiqarish bo’linmalarida ishlovchi xodimlarga 300000 so’m.
Bu xo’jalik operatsiyasiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet “Asosiy ishlab chiqarish” schyoti 1450000 so’m
Debet “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti 250000 so’m
Debet “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti 300000 so’m
Kredit “Хodimlar bilan mehnatga haq to’lashga doir
hisob-kitoblar” schyoti 2000000 so’m
Keltirilgan buxgalteriya provodkasi murakkab bo’lib, unda uchta buxgalteriya schyotlari debetlanib, “Хodimlar bilan mehnatga haq to’lashga doir hisob-kitoblar” schyoti kreditlanadi.
Qaysi turdagi xo’jalik operatsiyalari bo’lmasin, ularni schyotlar tizimida to’g’ri yozish uchun ayrim masalalarga qat’iy amal qilish talab qilinadi. Jumladan, buxgalteriya balansining aktiv tomonidan ko’rsatiladigan xo’jalik mablag’larining tarkibi va joylanishini, shuningdek, shu mablag’larning kelib chiqish manbaini va qaysi maqsadga mo’ljallanganligini, darhaqiqat, hammasining xo’jalik jarayonidagi iqtisodiy mohiyatini bilish zarurdir.
Yuqorida aytib o’tilganidek, buxgalteriya schyotlarining har qaysisida iqtisodiy jihatdan bir hil bo’lgan ma’lum xo’jalik operatsiyalari aks ettiriladi. Demak, xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya schyotlarida sistematik yozuv olib borish yo’li bilan guruhlashtiriladi. Buxgalteriya hisobida sistematik yozuvdan tashqari xo’jalik operatsiyalari sodir bo’lishi bilan uning iqtisodiy mazmknidan qat’iy nazar maxsus jurnalda ketma-ket qayd qilinadi va uni buxgalteriya hisobida “Ro’yxatga olish jurnali” deb yuritiladi. Хo’jalik operatsiyalarini ularning iqtisodiy mazmunidan qat’iy nazar ketma-ket qayd qilinishiga xronologik yozuv deb ataladi.
Buxgalteriya hisobining joriy ma’lumotlarini umumlashtirish uchun aylanma vedomost xizmat qiladi.



    1. Download 396.74 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling