Курс иши титулини расми


Download 57.79 Kb.
bet1/5
Sana01.03.2023
Hajmi57.79 Kb.
#1242124
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Курс иши ДЕК-61 Xayrullayeva Dilnoza


Курс иши титулини расмийлаштириш бўйича наъмуна.

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ИҚТИСОДИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ

ФУНДАМЕНТАЛ ИҚТИСОДИЁТ КАФЕДРАСИ


ГЛОБАЛ ИҚТИСОДИЙ РИВОЖЛАНИШ” фанидан




Мавзу: Халқаро валюта шакилланиши ва ривожланиши.

КУРС ИШИ


Бажарди : Иқтисодиёт (тармоқлар ва сохалар) факультети
ДЕК-61 гуруҳи талабаси Хайруллаева Дилноза


Текширди:


Курс иши тақризга топширилган сана “_____” _______ 2022 й.

Курс иши ҳимоя қилинган сана
Баҳо “ ______
Курс иши тақриздан қайтарилган сана ____” _________ 2022 й.

Комиссия аъзолари:
___ ” ________2022 й.

Xalqaro Valyuta tizimining shakillanishi va rivojlanishi.

Mundarija:

Kirish

1. Xalqaro valyuta tizimining vujudga kelishi va evolyutsiyasi



2. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish shart-sharoitlari.
3. Valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar.
4. O‘zbekistonning xalqaro valyuta munosabatlarida rolini oshirish yo‘nalishlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro valyuta munosabatlarini bozor va davlat tomonidan muvofiqlashtirilishini jahon tajribasi ko‘rsatadi. Valyuta bozorida valyutalarga talab va taklif hamda valyuta kurslarining bir-biriga nisbati shakllanadi. Bozor orqali muvofiqlashtirish qiymat hamda talab va taklif qonunlariga bo‘ysunadi. Ushbu qonunlarning valyuta bozoridagi raqobatchilik sharoitidagi harakati valyuta almashuvlarining nisbiy ekvivalentligi, xalqaro moliyaviy oqimlarni tovarlar, xizmatlar, kapitallar, kreditlar harakati bilan bog‘liq jahon xo‘jaligi ehtiyojlariga mosligini ta’minlaydi. Bozordagi baho mexanizmi va valyuta kursi dinamikasining daraklari orqali iqtisodiy agentlar valyuta sotib oluvchilarning ehtiyojlari hamda taklif imkoniyatlari haqida ma’lumot oladilar. Demak, bozor valyuta operatsiyalari holati haqidagi ma’lumotlar manbasi sifatida maydonga chiqadi.
Biroq davlat azaldan valyuta munosabatlarining jahon xo‘jalik aloqalaridagi muhim rolini hisobga olgan holda dastlab bilvosita, keyinchalik esa bevosita valyuta munosabatlariga aralashib kelgan. Oltin standartini yigirmanchi asrning 30-yillarida bekor qilinishi natijasida oltin nuqtalar mexanizmining valyuta kursini stihiyali muvofiqlashtiruvchisi sifatidagi harakati to‘htadi. Kurs nisbatlarining katta va keskin o‘zgarishi hamda valyuta inqirozlari og‘ir ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqargan holda milliy va jahon iqtisodiyotlariga salbiy ta’sir etdi. Valyutani bozor va davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi bir-birini to‘ldiradi. Raqobatchilikka asoslangan bozor rivojlanishda rag‘batlantiruvchi omillarni keltirib chiqaradi, davlat esa valyuta munosabatlarini bozor tomonidan muvofiqlashtirilishining salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan. Bu ikki muvofiqlashtiruvchilar orasidagi chegara aniq bir holatdagi manfaat va yo‘qotishlar bilan belgilanadi. Shu sababli ularning orasidagi nisbat tez o‘zgaruvchandir. Inqirozli larzalar, urushlar, urushdan so‘nggi vayronagarchiliklar sharoitida valyuta munosabatlarining davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi ustunlik qiladi.
Valyuta-iqtisodiy sharoitni yahshilanishi bilan valyuta operatsiyalari borasida erkinlashtirish yuz beradi, ushbu jarayondagi bozor raqobatchiligi rag‘batlantiriladi.
Ammo davlat valyuta munosabatlari ustidan kuzatuv va cheklovlarni amalga oshirish maqsadida doim valyuta nazoratini o‘z qo‘lida saqlab keladi.
Bozor iqtisodiyotini muvofiqlashtirish tizimida muhim o‘rinni valyuta siyosati egallaydi. Valyuta siyosati - bu, mamlakatning joriy va strategik maqsadlariga muvofiq Xalqaro valyuta va boshqa iqtisodiy munosabatlari jarayonida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidir. Ushbu siyosat iqtisodiy o‘sish barqarorligini ta’minlash, ishsizlik va inflyatsiya o‘sishini sekinlashtirish, to‘lov balansi muvozanatini qo‘llab-quvvatlash sharoitida iqtisodiy siyosatning eng muhim maqsadlariga erishishga qaratilgandir.
Valyuta siyosatining yo‘nalishlari va shakllari mamlakatlarning valyuta-iqtisodiy holati, jahon xo‘jaligining evolyutsiyasi, jahon arenasidagi kuchlar joylashishi bilan belgilanadi. Turli tarixiy bosqichlarda birinchi qatorga valyuta siyosatining aniq vazifalari chiqadi: valyuta inqirozini bartaraf etish va valyuta barqarorligini ta’minlash; valyuta cheklovlari, valyutani erkin ayirboshlanishiga o‘tish, valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish hamda shu kabilar. Valyuta siyosati mamlakatlar o‘zaro aloqalari tamoyillarini aks ettiradi: nisbatan kuchsiz (birinchi navbatda rivojlanib borayotgan) hamkorlar kamsitilishini keltirib chiqaruvchi hamkorlik va kelishmovchiliklar, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashuv.


Download 57.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling