Kurs ishi Toshkent amaliy fanlar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida bajarilgan


Download 250 Kb.
bet9/19
Sana03.06.2024
Hajmi250 Kb.
#1841761
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
nozigul

Ularga (terimchilarga) bajargan ishi uchun turli kategoriyalar bilan ustama haq to‘lanadi. Gazetadan.
3. Ilmiy terminologiyada: predmet turlarini yoki ularning umumiy belgilarini bildiruvchi tushuncha. Grammatik kategoriyalar. Ot kategoriyasi. Egalik kategoriyasi73.
O‘zbek tilshunosligida daraja kategoriyasi masalasi A.N.Kononov, T.I.Grunin, A.G‘ulomov, S.N.Ivanov, F.Is’hoqov, A.Madrahimov, Z.Ma’rufov, M.Asqarova, G‘.Abdurahmonov, H.G‘.Ne’matov, M.Sodiqova, S.Sultonsaidova va ularning izdoshlari tomonidan atroflicha tadqiq etilgan74. Sh.Shahobiddinova sistem yondashuv asosida daraja kategoriyasini maxsus tekshirdi va daraja hamda qiyos kategoriyasini farqlash lozimligi haqidagi qarashini ilgari surdi. Umuman olganda, o‘zbek tilidagi daraja ma’nosini ifodalovchi vositaning tadqiq etilishini bir necha aspekt va yondashuvda kuzatish mumkin va uni quyidagi tasnifda ko‘ramiz:

  1. Daraja ma’nosining diaxronik tadqiqi:

  1. formal diaxronik tadqiq;

  2. formal-funksional diaxronik tadqiq.

  1. Daraja ma’nosining sinxronik tadqiqi:

a) formal sinxronik tadqiq;


b) formal-funksional sinxronik tadqiq.
O‘zbek tilshunosligida daraja ma’nosini ifodalovchi vositaning formal sinxronik tadqiqining ilk namunasi AN.Kononovning «Hozirgi o‘zbek adabiy tilining grammatikasi» monografiyasida kuzatiladi. Olim sifat darajasi ikki ko‘rinish (qiyosiy va orttirma)ga ega bo‘lishini ko‘rsatadi va qiyosiy darajasi uch usulda ifodalanishini ta’kidlaydi: a) morfologik; b) sintaktik; v) sintaktik-morfologik.

Qiyosiy darajaning morfologik usulda ifodalanishi —roq affiksi vositasida amalga oshiriladi. Olim bunda mazkur shaklning kelib chiqishi masalasida ikki xil qarash borligini ko‘rsatadi:


Byotlingk, Bang, Deni, Ryasyanen, Mengesu qarashiga ko‘ra, -roq affiksi yiroq so‘zining taraqqiyoti natijasi.
Ramstet, Brokkelman nuqtayi nazaricha, affiks otdan fe’l yasovchi -ra va fe’llashgan ism qo‘shimchasi bo‘lgan k asosida ekanligini ta’kidlaydi.
A.Kononovning o‘zi affiksning aslida kichraytirishni ifodalovchi -loq qo‘shimchasidan kelib chiqqanligi fikrida.
Affiksning hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi quyidagi ma’nosi xarakterliligi uqtiriladi:
1. sifatning noto‘liq o‘lchovi: maydaroq, balandroq, issiqroq kabi;
2. ikki predmetni qiyoslamasdan birida belgining ortiq darajadaligi (bunda oldinda yana ravishi keladi); yana kuchliroq, yana go‘zalroq, yana boyroq kabi.
Bu affiks ravish, sifatdosh, ravishdosh va ayrim otda sifatning to‘liq emasligini ifodalaydi: beriroq, ichkariroq, oqiganroq, kulganroq, ozroq, qo‘rqibroq kabi.75
A.Kononov qiyosiy daraja ifodalanishining sintaktik usuli ikki ko‘rinishda bo‘lishini uqtiradi:

  1. qiyoslanayotgan predmet chiqish kelishigida, undan keyin sifat keladi: temirdan og‘ir, boldan shirin, qilichdan o‘tkir;

  2. qaraganda, nisbatan, ko‘ra ko‘makchisi jo‘nalish kelishigidagi so‘zdan keyin qo‘shiladi: qandga qaraganda shirin, Andijonga nisbatan kattaroq kabi.

Sintaktik-morfologik usulda morfologik vosita va sintaktik qurilma ma’noni ifodalashda uyg‘unlashadi: olmadan shirinroq, o‘g‘lidan yaxshiroq kabi.


A.Kononov orttirma daraja voqelanishining 5 usulini ajratadi:

Download 250 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling