Kurs ishi Toshkent amaliy fanlar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida bajarilgan


a) eng, juda, g‘oyat, nihoyat so‘zi vositasida: eng yaxshi, juda chiroyli, g‘oyat sovuq, nihoyatda issiq kabi; b


Download 250 Kb.
bet10/19
Sana03.06.2024
Hajmi250 Kb.
#1841761
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
nozigul

a) eng, juda, g‘oyat, nihoyat so‘zi vositasida: eng yaxshi, juda chiroyli, g‘oyat sovuq, nihoyatda issiq kabi;
b) egalik va chiqish kelishigi qo‘shimchasini barcha, hamma, bari so‘ziga qo‘shish orqali: barchasidan, hammasidan, baridan kuchli kabi;

  1. sifatni qaratuvchili birikma sifatida takrorlash asosida: yaxshining yaxshisi, dononing donosi kabi.

  2. qaratuvchi otga qaralmish sifatni bog‘lash asosida: qovunning yaxshisi, shoirning ulug‘i, odamning aqllisi kabi;

  3. chiqish kelishigidagi otga egalik shaklidagi sifatni bog‘lash asosida: qovundan yaxshisi, shoirdan ulug‘i, odamdan aqllisi kabi.76

Darsliklarda daraja ma’nosini ifodalovchi vosita akademgrammatikadagidan sezilarli farqlanmaydi, biroq, uni turga ajratishda o‘ziga xoslik kuzatiladi. Masalan, akademgrammatikada e’tiborga olingan ayrim jihat darslikda quyidagicha talqin qilinadi: «Sifatning darajasi oddiy darajaga nisbatan belgilanadi. Bir predmetning belgisi ikkinchi bir predmetning belgisiga nisbatan qiyosan olinishi mumkin. Bunda birining belgisi ortiq, biriniki kam bo‘ladi: temir yog‘ochdan og‘ir, u sendan kuchli kabi. Lekin bunday ifodalanish darajaning maxsus turi bo‘la olmaydi. Chunki bunda bir predmet belgisi boshqa predmet belgisiga nisbatan olinadi. Daraja kategoriyasi esa belgining oddiy darajaga munosabatini ko‘rsatadi. Yuqoridagi kabi qiyoslashda esa sifat oddiy daraja, orttirma daraja yoki ozaytirma daraja formasida bo‘la oladi: undan shirin — undan juda shirin — undan shirinroq kabi.77 Darsliklar mualliflari daraja ma’nosiga grammatik kategoriya nuqtayi - nazaridan munosabatda bo‘lishib, uni morfologik kategoriyaga qo‘yiladigan umumiy ma’no — xususiy voqelanish dialektikasi asosida talqin qilishadi. Bu esa daraja ma’nosini ifodalovchi vositaning grammatik shakl sifatida ma’lum darajada miqdoran cheklanishiga olib kelgan.78


U.Tursunov, J.Muxtorov va Sh.Rahmatullayev muallifligidagi «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» darsligida daraja kategoriya sifatida talqin etiladi va darajaning ikki shakli farqlanadi: ozaytirma daraja; orttirma daraja.
Shuningdek, sifatning ozaytirma va orttirma daraja yasovchisini olmagan formasi oddiy daraja deb yuritilishi, unda narsa belgisi ortiq-kamligi jihatidan qiyos qilinmay, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita anglashilishi, ozaytirma va orttirma darajada esa belgi ma’nosi oddiy darajada ifodalangan belgiga chog‘ishtirish asosida ifodalanishi aytiladi79. Mualliflar ozaytirma narsa belgisining oddiy daraja holatidan kamligini, kuchsizligini bildirishi va uning morfologik ko‘rsatkichi -roq affiksi ekanligini ta’kidlashadi. Shuningdek, ba’zan predmet belgisining nisbiy ortiqligini ko‘rsatish uchun chog‘ishtiriluvchi narsaning nomi chiqish yoki jo‘nalish kelishigida bo‘lishi, ko‘ra, qaraganda, nisbatan so‘zi bilan kelishi aytiladi. Ta’kidlash lozimki, mualliflar rang-tus bildiruvchi sifatda predmetning belgisi kamligi, kuchsizligini ko‘rsatuvchi shakl ham ishlatilishi (a) oddiy darajadagi sifatga — ish, -g‘ish affiksini qo‘shish orqali: oqish, ko‘kish, qizg‘ish, sarg‘ish, b) sifat asosiga —(i)mtir affiksini qo‘shish bilan: qoramtir, ko‘kimtir) uqtiriladi.80 bu mazkur shaklga ham ozaytirma daraja sifatida qaralayotganligidan dalolat beradi.
Professor Sh.Rahmatullayevning «Hozirgi adabiy o‘zbek tili» darsligida sifatdagi daraja ifodalovchi vositani an’anadagidan farqli ravishda grammatik kategoriya sifatida qarashdan chekinadi. Shuningdek, boshqa gram­matik kategoriyaga kiruvchi shaklni paradigma sifatida baholash barobarida, sifatdagi daraja ma’nosini ifodalovchi vositani paradigma termini bilan ham bermaydi81. Bu mazkur vositaning, aytilganidek, turli sathga mansubligidan va turli shaklga egaligidan kelib chiqadi. Zero, tilshunos ta’kidlaganidek, sifat leksemaga qo‘shiladigan affiks, affiksoid va boshqa tur vosita ifoda jihatidan ham, mazmun jihatidan ham turli-tuman, bir butun paradigmaga birlashmaydi, noparadigmatik (yakka) morfema sifatida namoyon bo‘ladi. Sifat darajasi deb kelingan hodisani yaxlit bir paradigmaga (tizimga) birlashtirish uchun yetarli asos yo‘q.»82 Bu fikrlar mazkur vosita sirasini alohida funksional- semantik maydon sifatida o‘rganish lozimligini anglatadi.
Grammatik kategoriyani turkiy yodnoma asosida tekshirgan H.Ne’matov «Grammatik kategoriya tasnifi» mavzusi ostida qiyosiy darajaning ma’lum bir turkumga xos bo‘lgan tasniflovchi kategoriya ekanligini e’tirof etish bilan cheklanadi, xolos83.
G‘.Zikrillayev daraja, asosan, sifatning lug‘aviy ma’nosida mavjud bo‘lishini ta’kidlaydi84. Muallif daraja ma’nosini ifodalovchi vositaning kategorial xususiyatiga e’tibor qaratmasdan, shaklning struktur xususiyatiga ko‘ra o‘ziga xos tasnifini beradi. Bunga ko‘ra shakl tub, yasama, takroriy va qo‘shma turga bo‘linadi. Tub shakl deganda boshqa shakl yasalishi uchun asos bo‘lgan shakl tushuniladi. Bu, albatta, asliy sifatning o‘zak-negizi. Yasama shakl sifatida olim an’anaviy fonetik usulning bir qismini nazarda tutadi. Bunda unli cho‘ziq talaffuz qilinib, urg‘u oladi yoki undosh orttiriladi: balaand, maayda, tooza, yomoon, chuquur, qaari kabi. Fonetik usulning bir ko‘rinishi esa takroriy shakl sifatida e’tirof etiladi: ko‘m- ko‘k, bo‘m-bo‘sh, do‘mboq-do‘mboq, dum-dumaloq, bus-butun, kalta-kulta, mayda-chuyda, uzundan-uzoq kabi.
Qo‘shma shakl tub shaklga yordamchi so‘z (yuklama) qo‘shish bilan yasaladi: eng, juda, behad, g‘oyatda, nihoyatda, haddan tashqari, sal, picha, andak kabi85. Muallif tomonidan bu so‘zlar yuklama vazifasini bajarib, ozlikni muayyanlashtirish uchun xizmat qilishi, bunday holda zohiran so‘z birikmasi, mazmunan leksik- grammatik shakl mavjudligi ta’kidlangan. Bu holat esa, o‘z-o‘zidan mazkur ifodalovchi tizimi grammatik kategoriya, morfologik kategoriya mezoniga muvofiq kelmasligini ko‘rsatadi.
Tilshunos O.Bozorov sifat darajasi kategoriyasining shakllantirilish asosi va uning semantik xususiyati haqida fikr yuritar ekan, hodisa butun borliq hodisasi darajalanishi uchun umumiy bo‘lgan «oz-me’yoriy-ko‘p» tamoyilidan kelib chiqilsa, ko‘pgina an’anaviy tushunchamizning noto‘liq, shartli ekanligi ma’lum bo‘lishiga diqqatni tortadi:

  1. me’yoriy (normal) daraja ma’nosi uchun xizmat qilib kelgan «oddiy daraja» atamasining qo‘llanilishi o‘rinli emas. Mantiqan olganda, «oddiy» tushunchasi aslida «murakkab» tushunchasiga zid qo‘yilishi lozim, bu tushuncha o‘zida «miqdor darajasi», «belgi darajasi turi» kabi ma’noni aks ettira olmaydi;

  2. «oddiy-qiyosiy-orttirma» zidlanuvidagi «qiyosiy» atamasi ham o‘zi anglatib turgan daraja belgisining (masalan, «ozlik»ning) ma’nosini o‘zida aks ettira olmaydi. Aslida «qiyosiy» tushunchasi xususiy ma’no turidan birining emas, balki barcha xususiy ma’noning shakllantirilishi asosi bo‘lgan usulning atamasi»86.

Ko‘rinadiki, O.Bozorov sifat darajasi kategoriyasi shaklining nomlanishi xususida fikr yuritib, uning nominatsiya mantig‘iga mos kelmasligini ta’kidlaydi.


Olim sifat darajasi qiyos asosida, bu qiyos ifodalangan va ifodalanmagan turda bo‘lishini ko‘rsatadi. Masalan, eng katta bino, juda yaxshi odam, qizg‘ish bayroq, ko‘m-ko‘k osmon so‘zshaklida belgi ortiq-kamligi mavjud, uning ifodalanmagan narsa belgisiga zimdan qiyoslanayotganligi sezilib turibdi. Biroq —roq shaklli ayrim so‘zshaklda belgi ifodalanmagan «etalon» bilan qiyoslangan: Uzoqdan novcharoq odam kela boshladi. Tadqiqotchi buni Nok olmadan shirinroq gapidagi muayyan qiyoslanuvchili belgi bilan munosabatiga ko‘ra baholaydi. Chunki bunda belgi aniq qiyosga ega87.
Daraja kategoriyasi talqiniga bag‘ishlangan formal- funksional tadqiqot sirasida tilshunos Sh.Shahobiddinovaning ishi alohida ajralib turadi.
Sh.Shahobiddinova o‘zbek tilshunosligida qiyoslash kategoriyasini ajratish tarafdori va bu fikrni ilgari suradi. Bizningcha, belgining darajasi va belgining qiyosi farqli. Eng qizil olma birikmasida, darhaqiqat, rang-tus belgisining boshqa predmetnikidan ayricha darajada (ortiq) ekanligi ma’nosi bor. Bu «kabi orttirma daraja formasi asosida to‘liq (yaqqol), lekin konstruksiyada bevosita aks etmagan qiyoslash turadi88. Bizningcha, ushbu qarashlarga qo’shilishga yuqoridagi fikrlar to’la asos bo’la olmaydi.
«Eng qizil olma»ni tanlash uchun, shubhasiz, uni bir nechta boshqa (ular ham qizil) olma bilan qiyoslash lozim. Biroq bu qiyoslash o‘zining lisoniy (morfologik) aksini topmagan.

Download 250 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling