Kurs ishi uchun malumotlar
Download 51.35 Kb.
|
Kurs ishi uchun malumotlar
Davlat xarajatlari va davlatning roli. Ayrim ehtiyojlarni bozor qondira olmagani uchun, davlat ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashishga majbur bo‘ladi. Bozor milliy mudofaa, ijtimoiy tartibni saqlash yoki milliy parklarni saqlash kabi aholi uchun ijtimoiy tovarlarni yetkazib berish sohalarida ishlab chiqaruvchilar foyda ololmaganliklari sababli, ushbu sohada faoliyat yuritmaydi. Davlat o‘z xarajatlari, me’yoriy aktlari va soliqqa tortish orqali bozor faoliyati qamrab olmagan sohalarda faoliyat yuritadi.
Soliqqa tortishdan foydalanib, xarajatlarni amalga oshirish yoki me’yoriy aktlarga asoslanib davlat uzoq muddatli kelgusi davrda chegaralangan yoki faol ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Unda davlat sektorining roli iloji boricha aniq va yaqqol belgilanishi lozim. Kvazifiskal operatsiyalar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan ko‘pchilik mamlakatlarda Markaziy bank va boshqa davlat moliya muassasalari davlat budjeti kamomadiga ta’sir qiluvchi moliyaviy operatsiyalarni olib borishadi. Kvazifiskal operatsiyalar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: valyuta tizimi orqali almashuv kursini subsidiyalash; davlat idoralari, korхonalar yoki хususiy tizimni kreditlashda subsidiyalash; kafolatlangan almashuv kursi singari ta’minlanmagan yoki shartli majburiyatlarni qabul qilish. Davlat sektori budjet balansini hisoblashda agar yuqorida ko‘rsatilgan operatsiyalar keng tarqalgan bo‘lsa, ular bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar albatta inobatga olinishi lozim. Ba’zi mamlakatlarning markaziy va davlat banklari katta miqdorda zarar ko‘rishlari natijasida moliyaviy tizim nobarqaror holatga kelib qoladi. Bunday operatsiyalarning mavjudligi davlat budjetining iqtisodiyotga ta’sirini aniqlashda odatdagi ko‘rsatkichlar orqali aniq va ishonchli tahlil qilib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Kvazifiskal operatsiyalar bilan bog‘liq soliq va subsidiyalar resurslarning normal taqsimlanishiga imkon bermaydi. Kvazifiskal opreasiyalarni har doim ham aniq hisoblash imkoniyati bo‘lmasada, ularni alohida Markaziy bank va davlatning moliyaviy muassasalari balanslarida ko‘rsatish lozim. Agar ularni aniq ko‘rsatish imkoniyati bo‘lsa, kvazifiskal soliqlar va subsidiyalarni normal budjet operatsiyalari sifatida bevosita soliqlar va subsidiyalar ko‘rinishida budjetda ko‘rsatish kerak. Bunda kvazifiskal operatsiyalar bilan bog‘liq, ya’ni yagona almashuv kursining yo‘qligi sababli bevosita subsidiya shaklidagi kreditlash budjet balansida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgani kabi, uzoq muddatli muammolarni yechish asosiy vazifa sifatida ko‘riladi. Kvazifiskal operatsiyalar miqyosini chegaralash uchun qonuniy tarzda Markaziy bankning kvazifiskal operatsiyalar bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini chegaralash lozim. Bunday tizimiy islohotlarning asosiy maqsadi kvazifiskal operatsiyalarni minimal darajaga keltirish va keyinchalik ulardan batamon voz kechish hisoblanadi. Davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini bozor iqtisodiyotidagi kamchiliklar va resurslarni odilona taqsimlash zarurati nuqtai nazaridan oqlash mumkin. Lekin, faollik darajasi yanada oshib ketsa, jamiyat uchun bevosita va bilvosita iqtisodiy xarajatlar ham oshib ketishi mumkin. Shuning uchun ko‘pchilik bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda davlatning хo‘jalik faoliyatiga aralashuvini kamaytirishga qaratilgan qonuniy me’yorlar ishlab chiqilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat xarajatlarining YaIMdagi salmog‘ini past darajada bo‘lishi, davlat rolining chegaralanganligini emas, balki davlatning moliyalashtirish imkoniyatlarini cheklanganligi, narхlarning haqiqiy xarajatlarni ifodalamasligi yoki kvazifiskal operatsiyalarning ko‘pligidan bo‘lishi mumkin. 12. Davlat xarajatlarining makroiqtisodiy oqibatlari. Davlat xarajatlari yalpi taklifga (yoki ishlab chiqarishga) ham, yalpi talabga (yoki xarajatlarga) ham ta’sir o‘tkazadi. Moddiy aktivlar va inson kapitaliga samarali davlat investitsiyalari kiritilsa, investitsiyalar qaytimi oshadi, хususiy investitsiyalar kirib keladi va oхir oqibatda iqtisodiy o‘sish sodir bo‘ladi. Bu oz fursatlarda taklifda o‘z ifodasini topadi va infratuzilmaning ba’zi muammolarini hal qilishga ko‘maklashadi. Ammo maorif kabi sohalarga davlat kapital qo‘yilmalarining qaytimi uzoq muddatda to‘la namoyon bo‘ladi. Davlat хususiy sektor bilan chegaralangan resurslarni olish bo‘yicha raqobatlashadi va davlat xarajatlari (qarz olish yoki soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan) хususiy xarajat va investitsiyalarni siqib chiqaradi. Ko‘pincha bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda xarajatlarni soliqlar yoki kreditlar hisobiga moliyalashtirish imkoniyati cheklangan bo‘ladi. Qisqa muddatlarda davlat soliqlarni yig‘ish bobida na tashkiliy, na qarz olishi uchun rivojlangan ichki kapital bozoriga ega bo‘ladi. Markaziy bank kreditlari hisobiga qarz olish esa bevosita inflatsion jarayonlarga olib keladi. Hukumatning ko‘proq xarajat qilish tomon harakatlari ushbu holatda moliyalashtirish muammosini keskinlashtiradi. Bu esa o‘z navbatida inflatsiyani oshishi va soliq to‘lovchilarining soliq to‘lovlarini kechiktirib to‘lashlari natijasida soliq tushumlarining real qiymatini pasaytiradi. Keyingi oqibatlari ichki foiz stavkalari, investitsiya xarajatlari va davlat uchun kredit resurslari qiymatining oshishi natijasida uzoq muddatli kelajakda iqtisodiy o‘sish imkoniyatlari pasayadi va qarzdorlik masalasi paydo bo‘ladi. Davlat qarzlari va kreditlar bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun yetarli darajada soliq tushumlariga ega bo‘lish uchun qarzga olingan resurslardan samarali foydalanish talab qilinadi. Davlat sektorining qarzga olgan mablag‘larini ko‘payishi, keyinchalik soliqlarni ko‘paytirish yoki davlat ko‘rsatadigan хizmat hajmlarini qisqartirish hisobiga bu qarzni uzish va foizlarni to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini oshiradi. Kapitalning bir mamlakatdan ikkinchisiga ko‘chib o‘tishida mobillikning yuqori bo‘lgan sharoitlarida foiz stavkalarining oshishi, ushbu mamlakatga kapitalning oqib kelishi, almashuv kursining ko‘tarilishi va tashqi savdoda raqobatbardoshlikning pasayishiga olib keladi. Download 51.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling