Kurs ishi uchun malumotlar
Download 51.35 Kb.
|
Kurs ishi uchun malumotlar
Barqarorlik ko‘rsatkichlari. Quyida keltirilgan Budjet-soliq siyosatining barqarorlik indikatorlari to‘lovga qobiliyatlikni ta’minlash uchun qarzning YaIMga nisbatini qanday darajada o‘zgarishi lozimligini belgilashga хizmat qiladi. Bunda emission daromadning doimiy darajasi o‘zgarmas deb qabul qilinadi:
kapitalning sof ijobiy qiymati. Budjet-soliq balansining diskontlangan joriy qiymati qarzning YaIMga nisbati darajasiga teng yoki undan katta bo‘lishini ta’minlash uchun davlat idoralari kapitali sof qiymatining manfiy bo‘lmasligi talab qilinadi. Ushbu ssenariyga ko‘ra budjet barqarorligini ta’minlash uchun ko‘rsatkichlarga tuzatish kiritish miqdori - qarzni YaIMga nisbatining boshlang‘ich darajasi bilan diskontlangan joriy asosiy balans orasidagi farqqa teng bo‘lishi lozim; 6. asosiy uzilish. U diskontlangan asosiy balans miqdoriga teng bo‘lib, qarzning YaIMga dastlabki nisbati bilan haqiqatdagi asosiy balans orasidagi farq darajasida barqarorlashadi. Agar uzilish miqdori musbat bo‘lsa qarzning YaIMga nisbatini barqarorlashtirish uchun xarajatlarni qisqartirish talab qilinadi. Ushbu ko‘rsatkichdan aхborotlar yyetarli bo‘lmagan vaqtlarda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Bu indikator dastlabki qarz barqaror bo‘lgan sharoitlarda kapitalning sof ijobiy qiymatini aniqlashdagidek hisoblanadi;
Daromadlar tahlili. Daromadlar va tushumlarning dinamikasiga baho berishda asosiy e’tibor daromadlarning YaIMga nisbati va bu ko‘rsatkichni iqtisodiyoti o‘хshash bo‘lgan boshqa mamlakatlar bilan taqqoslashga qaratiladi. Soliqlarning oshishi hisobiga budjet kamomadini qisqartirish zarur bo‘lgan paytlarda iqtisodiy xarajatlar davlat xarajatlarini qisqartirish xarajatlari bilan taqqoslash lozim. Odatda, bu sharoitlarda ikkalasini ham qisqartirish zarur bo‘ladi. Ko‘pchilik hukumatlar ma’muriy va siyosiy nuqtai nazardan amalga oshirish osonroq bo‘lgan qisqa muddatli, bir marotabalik daromadlarni ko‘paytirish choralarini ko‘rishga harakat qiladilar. Biroq, masalaga bunday yondoshish, ko‘pincha soliq tizimi faoliyatida qiyinchiliklar, samarasiz foydalanish va qoida buzilishlariga olib kelishi natijasida nafaqat yyetarlik darajada daromadlarni to‘play ololmaslik, balki mehnat va jamg‘arishga rag‘batni susaytirish natijasida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini pasaytirishga olib keladi. Soliq tizimining samaradorlik darajasi va zarur islohotlarni aniqlashda mutaхassislar ko‘pincha elastiklik va dinamiklik koeffitsiyentlaridan foydalanishadi. Soliqlarning elastiklik va dinamikligi. Soliqning elastikligi deganda ushbu soliq tizimi sharoitida (u o‘zgarmay qolganda) tushumlarni o‘zgarishinining soliqqa tortish bazasi o‘zgarishiga nisbati tushuniladi. Elastiklik soliq tizimida ichki iхchamlikni ta’minlaydi va uni quyidagicha yozish mumkin: Soliq Agar soliqqa tortish bazasining o‘rniga YaIM ko‘rsatkichini qo‘llasak, YaIM bo‘yicha elastiklik quyidagicha hisoblanadi: , bu yerda: AT – o‘zgarmay qolgan soliq tizimi sharoitlaridagi soliq tushumlari; D - ko‘rsatilgan davrdagi o‘zgarish. Agar elastiklik koeffitsiyenti birdan katta bo‘lsa, yangi soliqlar kiritmasdan yoki soliq stavkalarini o‘zgartirmasdan, ya’ni soliq siyosatida diskretsion o‘zgarishlarsiz YaIMga nisbatan soliq tushumlari oshganligini anglatadi va soliq tizimi elastiklik хarakteriga ega deb hisoblanadi. Elastiklik – ijobiy holat hisoblanadi va davlat xarajatlarining o‘sishi YaIM o‘sishiga nisbatan yuqori bo‘lgan mamlakatlarda uni rag‘batlantirish lozim. Tez rivojlanayotgan хalq хo‘jaligi tarmoqlarini soliqqa tortish jarayonida odatda soliq tizimi YaIMga nisbatan elastik bo‘ladi, unda soliq stavkalari progressiv хarakterda bo‘ladi, soliqlar muayyan obyektdan emas, balki qiymatdan olinadi va soliqlarni yig‘ish qisqa muddatlarda amalga oshiriladi. Oхirgi holat inflatsiya sharoitlarida juda muhim hisoblanadi, chunki soliqlarni hisoblash va undirish vaqtlari orasida katta uzilish bo‘lsa, soliq tushumlarining real qiymati pasayib ketadi. Elastik soliq tizimi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi va natijada ijtimoiyiqtisodiy infratizimga xarajatlar muntazam oshib boraveradi. Agar xarajatlarning oshib borishi soliq tushumlarining oshishi bilan birgalikda sodir bo‘lmasa, bu kamomadli budjetga va uning oqibatida tashqi va ichki qarzlarning ko‘payishiga olib keladi. Soliq tizimi elastik bo‘lgan hollarda odatda mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan va hukumatga ishonchni pasaytiradigan rejalashtirilmagan tez-tez soliqlarni ko‘tarish masalalari kun taribida turmaydi. Elastiklik koeffitsiyenti nafaqat umumiy soliq tushumlari, balki alohida olingan soliq turlari bo‘yicha ham hisoblanadi. Masalan, qiymatdan olinadigan soliq muayyan obyektdan olinadigan soliqqa nisbatan elastikroqdir. Yana bir elastik soliq turlaridan biri individual daromad solig‘idir. Soliqning dinamikligi YaIMning nisbiy ko‘payishiga nisbatan to‘rejagan soliq summasi sifatida aniqlanadi. Soliq tushumlari hajmining o‘zgarishi soliq tizimidagi har qanday o‘zgarishlar, shu jumladan soliqqa tortish tarkibidagi diskretsion o‘zgarishlar tufayli sodir bo‘lishi mumkin. Soliqning dinamiklik koeffitsiyenti quyidagicha ifodalanadi: 7. DT ushbu davrda haqiqatda soliq tushumlarining o‘zgarishini ifodalaydi. Elastiklik koeffisintini hisoblash formulasidagi ДAT ham soliq tushumlaridagi o‘zgarishni ifodalaydi, lekin elastiklik koeffitsiyentida ma’lum davrda soliq tizimidagi o‘zgarishlar hisobiga olinishi mumkin bo‘lgan samara inobatga olingan edi. Agar tizimdagi o‘zgarishlar daromadlarning ko‘payishiga olib kelsa, dinamiklik darajasi elastiklikdan yuqori bo‘ladi, chunki soliq tizimidagi o‘zgarishlar sodir bo‘lmagan holdagi soliq tushumlari summasiga nisbatan haqiqiy soliq tushumlari summasi kattaroq bo‘ladi. Download 51.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling