Kurs ishi uchun malumotlar


Download 51.35 Kb.
bet2/11
Sana17.06.2023
Hajmi51.35 Kb.
#1525907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi uchun malumotlar

2.Ochiq iqtisodiyot — jaxon miqyosida tovarlarxizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakatida, milliy iqtisodiyotlar oʻrtasida oʻzaro toʻsqinliklar boʻlmaydigan iqtisodiyot. O. i. unga teskari boʻlgan yopiq iqtisodiyotdan ayrim belgilariga koʻra farqla-nadi: O. i. da jami taklifning qoʻshim-cha elementi — eksport bilan import oʻrtasidagi farqni belgilaydigan sof eksport mavjud boʻladi; ochik sharoitlarida tovarlar, xizmatlar, pullar va moliyaviy aktivlar mehnat resurslari b-n birgalikda valyuta bozorini yuzaga keltiradi; bu bozordagi pul qiymati — valyuta kursi asosiy makroiqtisodiy parametrga aylanadi; O. i. da fiskal va pulkredit siyosati yopiq xoʻjalikka nisbatan boshqa natijalarni yuzaga keltiradi.
Ochiq iqtisodiyotda monetar siyosat jami talabga taʼsir koʻrsatish nuqtayi nazaridan mutlaq samarasiz boʻlib qoladi. Shuning uchun pul taklifini koʻpaytirish orqali barcha takliflarni ragʻbatlantirishga urinish «ortiqcha» pullarning Markaziy bankda valyutaga almashtirish uchun sotilishiga olib kelishi mumkin. Bu esa davlat valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi, lekin umumiy talabga taʼsir koʻrsatmaydi. Hoz. sharoitda turli bozorlarning ochiklik darajasi ham bir xil emas.
Ayrim holatlarda yuqori darajada to-varlarxizmat bozorlari, kam miqdorda kapitallar bozori, undan ham kam miqsorda esa mehnat bozorlari erkinlashtiriladi.
Milliy iqtisodiyotlarning birbirlariga nisbatan oʻsib boruvchi ochikligi iqtisodiyotni milliylashuvi jarayo-nining ajralmas, boshlangʻich qismidir. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taq-simotini chuqurlashtirib, mahsulot va xizmatlar sifatining oʻsishiga va i. ch. xarajatlarini pasayishga olib keladi. Koʻp mamlakatlar Ochiq iqtisodiyotga oʻtishda roʻy beradigan xavf-xatarlar boʻlishini hisobga olib, tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarishda bojxona bojlari stavkalarini qaytadan koʻrib chiqish-ga, import va eksportga miqdoriy kvotalar va litsenziyalar belgilashni ta-komillashtirishga, valyuta nazorati olib borishga ahamiyat beradilar. Bundan tashqari, xalqaro darajalarda mamlakatlar oʻrtasida xolisona taqsimot, xarajatlarni eng kam darajaga olib kelish orqali xoʻjalik faoliyatini milliylashtirish boʻyicha mexanizmlarni topish ishlari ham izlanadi.
Ochiq iqtisodiyot kichik va katta ochiq iqtisodiyot kabi ko’rinishlarda bo’lib, ularning bir qancha farqli jihatlari mavjud. Xususan, ular real foiz stavkasining qo’llanilishi bilan farq qiladi.
Kichik ochiq iqtisodiyotda r real foiz stavkasi barcha davlatlarda iqtisodiyotga bir xil darajada ta’sir ko’rsatadi yoki hamma davlatlarning bir biriga bo’lgan ta’siri bir xil darajada, ya’ni sezilarli darajada farq qilmaydi, deb qaraladi.
Katta ochiq iqtisodiy modelida bu masala boshqacharoq hal qilinadi, ya’ni tashqi savdo aylanmasi bo’yicha katta ta’sirga ega bo’lgan davlatlarning ushbu real foiz stavkasini o’rnatilishida va boshqa davlatlarga nisbatan bu foiz stavkaning ta’sirini aniqlashda katta ta’sirga ega ekanliklari alohida hisobga olinadi.
Y=C+I+G+Xn
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ta’sir etuvchi omillar eksport va importning (hajmi hisobida) o’zaro farqi , ya’ni Nx hisoblanadi .
Sof eksport Xn = X- M
bu erda :
  1. - eksport hajmi ; M - import hajmi.




Dunyoning ko’pgina davlatlarida sof eksport hajmi asosiy ayniyatning boshqa ko’rsatkichlariga nisbatan YaIM hajmiga kam ta’sir ko’rsatadi (o’rtacha 3-4 % YaIMdagi ulushi).
Asosiy ayniyatni o’zgartiramiz :

  1. –C- G = I + Xn




Ifodaning chap tomoni Y- C- G milliy jamg’armani beradi, ya’ni uy xo’jaligi iste’moli va davlat talabini kondirilgandan so’ng qolgan qismi hisoblanadi Shuning uchun Y –C- G ifodani S bilan belgilab olamiz .
S = Y –C- G .
Endi ifoda quyidagicha tus oladi : S = I + Xn yoki (I - S) + Xn = 0
(I - S) + Xn = 0 bu ayniyat milliy hisoblarning asosiy ayniyati bo’lib, xalqaro oqimlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ifodalaydi, ya’ni oldindan belgilangan jamg’arilgan kapital (I - S) va xalqaro oqimlar Xn
(I - S) + Xn = 0 tenglamadagi har bir ishtirokchi ko’rsatkich o’ziga xos nomlanishga ega va o’ziga xos funktsiyaga ega .
(I - S) to’lov balansida kapital harakati schyoti deb ataladi va ichki investitsiyaning ichki jamg’arishdan ortiqligini ifodalaydi.
Investitsiya mamlakatdagi jamg’armalarni oshirishi mumkin, ya’ni tadbirkorlar investitsion loyihalarni chet el kapitali ishtiroki orqali moliyalashtiradilar. Bundan kelib chiqadiki kapital harakati schyoti tashqi qarzlar orqali moliyalashtiriladi, ya’ni ichki kapital jamg’armasi hajmiga teng bo’ladi.
Xn ni biz sof eksport deb atagan edik. (I - S) + Xn = 0 tenglamada esa Xn o’zida chetdan sof eksport evaziga olingan summani ifodalaydi va to’lov balansining joriy schyot yoki joriy operatsiyalar schyoti deb yuritiladi.
(I - S) + Xn = 0 ayniyatiga kaytadigan bo’lsak agar ayniyatda (I - S) miqdor musbat (ijobiy) qoldiqqa ega bo’lsa, Xn manfiy (salbiy) bo’ladi degani. Bu o’z - o’zidan kapital harakati schyotini musbat qoldiqqa ega ekanligini va to’lov balansi schyotida defitsit bo’lganligini anglatadi, bu shuni anglatadiki, biz jahon bozoridan eksportga qaraganda importni ko’proq qilishimiz kerak.
Aksincha agar (I - S) manfiy qiymatga ega bo’lsa Xn musbat bo’ladi. Unda kapital harakati schyotida defitsit va joriy operatsiyalar schyotida musbat (ijobiy ) saldoga ega bo’lamiz. Bunda mamlakat jahon bozorida kreditor rolini bajaradi va importga qaraganda eksportni ko’payganini anglatadi.
Agarda milliy jamg’arish mamlakat ichidagi jamg’armadan ortib ketsa, ortgan qismi chet elga investitsiya qilinishi mumkin.
Agarda aksincha mamlakat ichidagi investitsiya milliy jamg’armadan ortib kets, unda biznining mamlakatga investitsiya qilinishi kerak bo’ladi.
Kichik ochiq iqtisodiyot - bu milliy iqtisodiyot bo’lib, unda jahon bozoriga nisbatan juda kam ulushni ifodalovchi, xalqaro kreditlash, qarzdorlikni inkor etmaydi, lekin butunjaxon real foiz stavkasi r* ni inkor etadi. Chunki kichik ochiq iqtisodiyotda foiz stavkasi r butunjahon real foiz stavkasi r * ga teng deb olinadi
(r = r ).
Kichik ochiq iqtisodiyot modeli uchta asosiy funktsiya (faraz, tahmin)dan iborat :
  1. Mahsulot chiqarish hajmi




Y = ŷ = f (K , N )
Shunday qilib ishlab chiqarish yoki daromad miqdori berilgan faktorlarga bog’liq bo’ladi , ya’ni kapital - K va ishchi kuchi - N .

  1. Iste’mol funksiyasi




C = C y ( Y – T )
Iste’mol hajmi ixtiyordagi daromadga bog’liq bo’ladi .

  1. Investitsiya funktsiyasi




I = ( I r )
Investitsiya miqdori foiz stavkasi (r ) ga teskari bog’liqlikda bo’ladi.
(I - S ) + Xn = 0 ayniyatni Xn = S – I ko’rinishida yozib olamiz , ya’ni
Xn = ( Y- C – G ) – I
Xalqaro foiz stavkasi r * va yuqoridagi formula asosida quyidagi formulani yozamiz.
Xn = ( ( Y- C ( Y- T ) – G ) ) – I ( r*) = S – I ( r*)
Ushbu tenglama bizga jamg’arma S, investitsiya I, kapital harakati schyoti (I - S), to’lov balansining joriy operatsiyalar schyoti Xn ga qanday omillar ta’sir etishini ko’rsatadi .
Biz investitsiya hajmi (I) ga foiz stavkasi teskari ta’sir etishini bilamiz. Jamg’arma miqdori (S) ushbu holatda ikki omilga bog’liq bo’ladi: soliqlar T va davlat harajatlari G. Aynan davlat harajatlari va soliqlardan davlat o’zining fiskal (byudjet - fiskal) siyosatida foydalanadi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, kapital harakati schyoti (I - S) va joriy operatsiyalar schyoti (Xn) fiskal siyosatga va xalqaro foiz stavkasiga bog’liq bo’ladi .
Grafikdagi muvozanat yopiq iqtisodiyotda foiz stavkasi r orqali o’rnatiladi. I va S chiziqlari r foiz stavkasi AB chiziqdagi kesishgan joyi muvozanat hisoblanadi.
Kichik yopiq iqtisodiyot modelida mamlakat foiz stavkasi r bilan xalqaro foiz stavkasi r * teng bo’ladi. Bizning misolimizda esa r * > r ifoda o’rinli. Muvozanat buziladi S>I. Bunday vaziyat joriy operatsiyalar schyotida Xn ijobiy saldo xisoblanadi.
Kapital xarakati schyoti (S – I) va joriy operatsiyalar schyoti (Xn) dastlab nolli saldoga ega bo’ladi: bu shuni anglatadiki, iqtisodiyotning tashqi savdosi balanslashgan, ya’ni import va eksport teng bo’ladi. Mamlakatga kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan kapital oqimlari ham teng bo’lib nolli saldoga ega bo’ladi. Ushbu holatga istisno qilib biz bozor farovonligi holatini ko’rishimiz mumkin. Chunki iqtisodiy siyosat fiskal siyosat orqali amalga oshiriladi. Boshqa tomondan esa fiskal siyosat mamlakat ichida o’tkaziladi va milliy hisoblanadi. Shu bilan birga unga chet mamlakatlar o’tkazayotgan fiskal siyosat ham o’z ta’sirini o’tkazadi.
3. Byudjet – soliq siyosatining mohiyati va usullari

Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo'lishini taqozo qiladi. Lekin ko'pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro'y beradi. Bu holning sabablari ko'p bo'lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotini barcha sohalaridagi ro’lining uzluksiz o'sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o'rin tutadi.
Byudjet taqchilligining o'zgarishi xo'jalik konyunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat byudjet mablag'lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlatahamiyatiga ega bo'lgan tarmoqlarda investilsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo'ladi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko'rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti deganda - davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi tushuniladi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli — bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi,banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini jalb qiladi.
Davlat o'z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin.Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko'payishi bilan bog'liq bo'lmagan qo'shimcha miqdorini chiqaradi. Mazkur holda, davlat byudjetini moliyalashtirish pul muomalasiga to'g'ridan-to'g'ri inflyatsion ta’sir ko'rsatadi. Pul massasining o'sishi jamiyat haqiqiy boyligining ko'payishi bilan birga bormaydi.
Davlat qarzlarining to'xtovsiz ko'payib borishi, milliy daromadni foiz to'lovlari shaklida, tobora ko'proq qayta taqsimlanishga olib keladi.
Katta byudjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo'yicha foiz to'lovlari o'sish sharoitida, davlat qarzlarini to'lash vaqtini imkon darajada cho'zishga harakat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan, davlat o'zining qisqa muddatli majburiyatlarini, o'rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o'zining qisqa muddatli majburiyatlarini, ancha yuqori foiz bo'yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olishi mumkin. Bundayturdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha davlatning moliyaviy ahvolini yengillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o'sishi bilan bog'liq.
Xo'jalik hayoti baynalmilallashuv jarayonlarining tez o'sishi, xalqaro kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o'ziga zarur bo'lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun bo'sh pul mablag'larining milliy chegaradan tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi. Shunday qilib, davlat o'z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda ssuda kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin. Xalqaro kreditning tez o'sishi kapitalning mamlakatlararo migratsiyasi, mamlakat va mintaqalar iqtisodiy o'zaro bog’liqligi chuqurlashuvining muqarrar natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning ehtiyojlarini qondirish, ham davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish imkoniyatini sezilarli kengaytiradi.Shu bilan birga tashqi qarzlarning o'sishi bir qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o'rinda eng asosiy muammo milliy iqtisodiyotning kreditor va debitor mamlakatlar iqtisodiyotiga bog'liqligining kuchayib borishi hisoblanib, bu jarayonni mamlakatdagi ichki moliyaviy dastaklar bilan nazorat qilish imkoniyati bo'lmay qoladi.
Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo'lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi. Soliq - bu davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lganmoliyaviy mablag‘larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan byudjetga majburiy to’lovlarni undirish shaklidir.
Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tarkib topish shakli va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.
Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uch muhim vazifani bajaradi: — davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);
— ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);
— iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).
Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining o'sishi o'z navbatida soliqlarning o'sishini taqozo qiladi va uning darajasini belgilab beradi.
Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo'lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o'sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi:

Download 51.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling