Kurs ishi uchun topshiriq


I BOB. FERMER XO`JALIGINI TASHKIL ETISH SHARTLARI


Download 94.69 Kb.
bet2/6
Sana12.07.2023
Hajmi94.69 Kb.
#1659831
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi yer huquq jaasssi

I BOB. FERMER XO`JALIGINI TASHKIL ETISH SHARTLARI
Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi qishloq xo‘jaligi yerlaridan hamda suv va gidroinshootlardan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi yerlarining maksimal mahsuldorlik salohiyatiga erishish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini ko‘paytirish, tuproq unumdorligini tiklash, davlat-xususiy sheriklik doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish, ilg‘or dehqonchilik tizimlarini va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning yuqori va intensiv agrotexnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha agrotexnik, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, zamonaviy irrigatsiya va melioratsiya texnologiyalari hamda yerlarni sug‘orish usullarini keng joriy etish, ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va sotish, logistika va marketing tizimlarini rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini jadallashtirish maqsadida quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
1. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.
Foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan va foydalanishga kiritiladigan hamda o‘rmon fondi yerlarining meliorativ holati, unumdorligi va suv ta’minotini yaxshilash texnologiyasini joriy qilganlik uchun qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga imtiyozlar berish tizimini yaratish. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan lalmi, yaylov va boshqa yerlarni foydalanishga kiritish maqsadida investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida foydalanishga kiritgan, yaroqsiz suv quduqlari, sug‘orish nasoslari, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlagan yoki ularni yangidan barpo etgan tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan kafolatlar berish. Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ajratishning shaffof va tezkor tizimini yaratgan holda yanada takomillashtirish. Qishloq xo‘jaligi yerlarining aniq hisobi yuritilishini va yangilab borilishini ta’minlash, har bir dala konturi kesimida ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida barcha hududlarni aerofotos’yomkadan o‘tkazish. Davlat yer kadastri ma’lumotlarining haqqoniy va to‘liq shakllantirilishini ta’minlash va boshqalar .
2. Suv va gidroinshootlardan foydalanish samaradorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash. 2020 — 2030-yillarda suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish. Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. Suv va suvdan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish va kodifikatsiyalashtirish. Bunda suv resurslarini boshqarish, suvdan foydalanish va uni iste’mol qilish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish va boshqa suv tejovchi texnologiyalarni keng qo‘llash, bu borada yer egalari va suv iste’molchilarini rag‘batlantirish mexanizmini kengaytirish. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslarini boshqarish va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. Bunda suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqaror saqlash maqsadida irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirib borish. 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga doir davlat dasturini puxta ishlab chiqish va tasdiqlash. Yengil konstruksiyali plastik lotok va quvurlar ishlab chiqarish sanoatini tashkil etish hamda nasos agregatlari ishlab chiqarishni rivojlantirish.
Tuman irrigatsiya bo‘limlari xodimlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlarini sug‘orishda va sho‘r yuvishda suvdan samarali foydalanish hamda suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikma va bilimlarini oshirish. Suv omborlari tarmog‘ini kengaytirish hisobidan lalmi yerlarni foydalanishga kiritish. Bunda asosiy e’tiborni sel suv omborlari va sun’iy suv havzalarini qurishga qaratish va boshqalar .
3. Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi hamda urug‘shunosligi sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish. Urug‘chilik sohasida zamonaviy milliy, shu jumladan import o‘rnini bosuvchi hamda yuqori daromadli va eksportbop ekinlar navlarini yaratish mexanizmini takomillashtirish. Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish tizimini takomillashtirish, shu jumladan sabzavot, poliz, dukkakli, ozuqa va moyli ekinlar urug‘larini yetishtirish va yetkazib berishning samarali mexanizmini yaratish. Yaratilayotgan mahalliy navlar va xorijiy davlatlardan import qilinayotgan nav va duragaylarni sinov va davlat reyestriga kiritish ishlarini tubdan takomillashtirish. Jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda, respublika tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan noan’anaviy qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish. Qishloq xo‘jaligi urug‘chiligi yo‘nalishidagi barcha ilmiy tadqiqot muassasalarida yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan mahalliy navlarni qayta tiklash va ular asosida organik (ekologik toza) urug‘chilikni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni kengaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ushbu ishlar natijalarini realizatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish. Qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga bardoshli ekinlar seleksiyasi hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish. Azotni to‘plash texnologiyalarini takomillashtirish, donli ekinlarda dukkaklilar genini joriy etish hisobiga azotlashish xususiyatini yaratish, azotni to‘plovchi mikroblar va tashuvchilarni genetik jihatdan yaxshilash va boshqalar .
4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va sotish, logistika va marketing tizimlarini rivojlantirish. Hududlar ixtisoslashuvi, ichki va tashqi bozorlardagi mahsulotlarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida zamonaviy ulgurji-taqsimot markazlarini tashkil etish. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini o‘z ichiga oladigan klasterlarni jadal rivojlantirish. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, xavfsizligi, yetkazib berish shartlari darajasini oshirishni ta’minlash.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda logistika markazlari, agrosanoat komplekslari faoliyatini rivojlantirish. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi, sohada tatbiq etilgan zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida xalqaro talablarga mos keladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib olish, saqlash, tashish va kutilmagan ziyonlarni qoplash bo‘yicha davlat standartlarini ishlab chiqish. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport hajmini oshirishning samarali mexanizmini joriy etish. Yuqori malakali marketologlar tayyorlash sifatini oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borish ko‘lamini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash.
5. Yer va suv resurslaridan samarali foydalanishda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini jadallashtirish. Yer va suv munosabatlari bo‘yicha tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi o‘quv yo‘nalishlari (geodeziya, kartografiya va h.k.) va fakultetlar, shu jumladan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma fakultetlar ochish. Ilmiy tadqiqot mavzularini hududlar va qishloq xo‘jaligining muammolari yechimlaridan kelib chiqqan holda shakllantirish va natijalarini tijoratlashtirish. Tuproq unumdorligini oshirish, tuproq eroziyasi va degradatsiyasining oldini olishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borishni jadallashtirish. Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni olib borish, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish va joriy etishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini, xususiy sektorning ishtirokini rag‘batlantirishning samarali mexanizmlarini keng joriy qilish. Xorijiy davlatlarning qishloq xo‘jaligi ekinlari serhosil navlari va chorva mollarining mahsuldor zotlari hamda turlarini mahalliylashtirish borasidagi ilmiy-amaliy faoliyat hamda hamkorlikni tizimli tashkil etish. Soha bo‘yicha doktorantura va tayanch doktorantura orqali ilmiy darajali yuksak malakali ilmiy xodimlarni tayyorlashni kengaytirish, ularga muammoli va dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar .
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari va daraxtzorlar, ichki xo‘jalik yo‘llari, kommunikatsiyalar, o‘rmonlar, yopiq suv havzalari, binolar, imoratlar va inshootlar egallagan yerlarga ajraladi. Haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, tashlandiq yerlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar (bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt ko‘chatzorlari, mevazorlar va boshqalar) egallagan yerlar qishloq xo‘jaligi yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq xo‘jaligidan o‘zga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga o‘tkazishga alohida hollarda ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi. Qishloq xo‘jaligi yerlarini irrigatsiya suvdan foydalanish va suv iste’moli tizimiga asoslangan sun’iy sug‘orish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi va yerlardan samarali foydalanish hamda ularning unumdorligini oshirish shartidir.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida quyidagilarga beriladi:
1) qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;
2) tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga — qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini bajarish uchun;
3) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun;
4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xo‘jaliklarini, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun;
Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari quyidagi o‘lchamlarda ajratiladi:
1) dehqon xo‘jaligini yuritish uchun — 0,06 gektardan 1 gektargacha;
2) fermer xo‘jaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga:
sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
bog‘dorchilikka, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) — sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;
paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 30 gektar;
g‘allachilik va sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar;
3) agrosanoat klasterlari, shu jumladan kooperatsiya shaklidagi klasterlar uchun:
paxtachilik-to‘qimachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 2000 gektar;
g‘allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 1000 gektar;
sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 200 gektar;
bog‘dorchilik, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 100 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar.
Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va zaxira yerlarda tashkil etiladi.
Fermer xo‘jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi bilan belgilanadi. Yer uchastkalari berilganda fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) qonunchilikda belgilangan normativ hosildorlikdan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‘yiladi.
Fermer xo‘jaligi shu xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi, u fermer xo‘jaligiga tegishlicha alohida mol-mulk ajratib beradi va ustavini tasdiqlaydi. Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun uning boshlig‘i belgilangan tartibda yer uchastkasi olishi kerak. Fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinganda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi o‘z rahbari tomonidan uning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkin.

Biz bu kurs ishida tanlagan fermer xo`jalgi Buxoro viloyati G`ijduvon tumanidagi “Muxriddin “ fermer xojaligi hisoblanib mazkur xo`jalikning rahbari Ramazon Rashidov To`xtayevich .


Muxriddin “ fermer xojaligi 2010-yili 26-dekabr kuni Buxoro viloyati G`ijduvon tumani hokimining 811-sonli qarori bilan tashkil topgan . xuddi shi sanada “Muxriddin “ fermer xojaligiga qishloq xo`jaligi maqsadlariga mo`ljallangan yerdan yer maydono ajratilgan . Umumiy maydoni 79,7 gerktar . Shundan 73,3 gektar sug`orib haydaladigan ekin yeri va 6,4 gektar qishloq xo`jaligida foydalanilmaydigan yer maydoni .
Yer uvhastkasi ixtisoslashuvi “Dehqonchilik” turi bilan qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi maqsadida berilgan . “Muxriddin “ fermer xojaligida sug`oriladigan haydalma yerlar miqdori73.3 gektarni tashkil etadi .
“Muxriddin “ fermer xojaligida:
Suv bilan ta`minlanganlik :100%
Sug`orib kelinayotgan muddati : Eskidan
Madanilashganligi :madany
Eroziyaga uchraganlik darasi : yo`q
Toshloqlik darajasi : yo`q
Sizot suvlari joylashganlik darajasi : 3-4 metr
Tuproq boniteti o`rtacha o`lchangan bali: 68 ball
Yer uchastkasini kuchsizlanganligi : yo`q
Servitutlar :kelishilgan
“Muxriddin “ fermer xojaligi paxta va g`alla qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirdi . 41 gektar yerda paxta mahsilotlari yetishtirilsa , 32 gektar yerda g`alla mahsulotlari yetishtiriladi.
“Muxriddin “ fermer xojaligida 3 ta haydov traktori va 2 ta yig`im traktori mavjud . Bitta hisobchi va ayni paytda 4 nafar doimiy ishchisi mavjud .


Download 94.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling