Kurs ishi uchun topshiriq
III BOB. FERMER XO`JALIKKLARINI YURITISH UCHUN YER UCHASTKALARINI BERISH TARTIBI
Download 94.69 Kb.
|
Kurs ishi yer huquq jaasssi
III BOB. FERMER XO`JALIKKLARINI YURITISH UCHUN YER UCHASTKALARINI BERISH TARTIBI .
Fermer xo`jaliklarini byuritish uchun yer uchastkalarini berish tartibi yer kodesida va boshqa tegishli qonun hujjatlarida keltirib o`tilgan . Xususan , yer kodeksining 53- moddasida quyidalar keltirilgan. Fermer xo‘jaligi o‘ziga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Bo‘sh turgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari fermer xo‘jaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlov orqali beriladi. Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, oliy o‘quv yurtlariga, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga o‘quv, tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga berilmaydi. Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarish maqsadlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda yer uchastkalarini qo‘shimcha ijaraga olishi mumkin. Fermer xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas. Kreditlar olish uchun fermer xo‘jaligi o‘z mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini garovga qo‘yishga haqli. Fermer xo‘jaligi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda garovga qo‘yishga haqli. Yer kodeksining Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga berish nomli 58- moddasida quyidagilar keltirib o`tilgan Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish xo‘jalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yer uchastkalarining tarqov, o‘zga yerlarga suqulib kirgan bo‘lishiga va boshqa kamchiliklarga ega bo‘lishiga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmaydi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yerlarning tarqov, o‘zga yerlarga suqulib kirgan bo‘lishini va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish xo‘jaliklararo yer tuzish tartibida amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari quyida keltirilgan yerlardan ajratiladi: zaxira yerlardan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan. Ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining yerlari, shuningdek suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga berilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi, katta va kichik daryolar, suv havzalari bo‘ylab joylashgan yer uchastkalari fermer xo‘jaligi yuritish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi bo‘ylab besh yuz metrli mintaqada faoliyati hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, mo‘ynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar, asalarilarni, hayvonot bog‘lari hamda vivariylarning hayvonlarini va boshqa jonivorlarni) ko‘paytirish, o‘tlatish va boqish bilan bog‘liq bo‘lgan chorvachilik, parrandachilik hamda boshqa yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari berish taqiqlanadi. Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari berish tartibi quyidagicha Fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq elektron tanlov asosida kamida o‘ttiz yil muddatga ijaraga beriladi. Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo‘jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar boshqa teng shartlarda ustun huquqdan foydalanadi. Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi ochiq elektron tanlov g‘olibi va tuman hokimi o‘rtasida bir ish kuni ichida imzolanadi. Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turarjoyi bo‘lgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi. Fermer xo‘jaligining yer uchastkasi chegaralarini naturada (joyning o‘zida) belgilash hamda yer tuzish loyihalariga muvofiq fermer xo‘jaligiga yer uchastkasini ijaraga berish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish yer tuzish xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish tartibi yer kodeksini 242-moddasida keltirilgan va u quyidagicha Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollarda, taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va u qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi hamda shartnoma bilan mustahkamlanadi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlari qonunchilikka muvofiq ikkilamchi ijara shartnomasida belgilanadi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Agar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga ko‘ra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlar ochiq elektron tanlav asosida beriladi . Ochiq elektron tanlovni o‘tkazish va ball berish tartibi: Tanlov natijalari bo‘yicha talabgorlarning ro‘yxati, tanlov takliflari va ularga berilgan ballar tanlov o‘tkaziladigan kun soat 09:30 da (GMT+5) savdo platformasida avtomatik ravishda e’lon qilinadi. Bunda ochiq elektron tanlov dam olish va bayram kunlarida o‘tkazilmaydi . Chorva ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov o‘tkazilganda talabgor ochiq elektron tanlovga qo‘yilgan yer maydoniga muvofiq qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordagi shartli bosh chorva mollariga ega bo‘lishi hamda ushbu chorva mollari belgilangan tartibda identifikatsiya qilinib, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan bo‘lishi talab etiladi hamda bu baholash davrida asosiy ko‘rsatkich sifatida hisobga olinadi. Ochiq elektron tanlov quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb e’tirof etiladi: Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza kelib tushmagan bo‘lsa. Ochiq elektron tanlov g‘olibi tomonidan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolash rad etilganda; Ochiq elektron tanlovda ishtirok etish uchun faqat bir nafar ishtirokchi ariza topshirgan bo‘lsa (bundan tanlovga chiqarilgan lot bo‘yicha tanlov o‘tmagan deb e’tirof etilgan va mazkur lot takroriy tanlovga qo‘yilganda bitta talabgor ishtirok etish hollari mustasno). Tegishli lot bo‘yicha tanlov o‘tkazilmagan deb e’tirof etilganda besh kundan so‘ng takroriy tanlov o‘tkaziladi. Operator quyidagi majburiyatlarga ega: Ochiq elektron tanlovni belgilangan vaqtda tashkil etish. Ochiq elektron tanlovning inson omili aralashuvisiz o‘tishini ta’minlash. Dasturiy mahsulotlar, mavjud texnikalarini, server qurilmalari, kommunikatsiya uskunalari va tanlovni o‘tkazishda foydalaniladigan barcha vositalarning texnik uzilishlarsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan barcha zarur choralarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish; Ochiq elektron tanlov qoidalari buzilishining oldini olish, bunday holatlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish. Ochiq elektron tanlovda ishtirok etishda barcha ishtirokchilar uchun shart-sharoitlarning tengligini ta’minlash. Ochiq elektron tanlovni o‘tkazishda oshkoralik va ommaviylik shartlarini ta’minlash. Ochiq elektron tanlov ishtirokchilari va barcha manfaatdor taraflar uchun tanlovga oid ma’lumotlarni qulay va tezkor ravishda doimiy e’lon qilib borish. Operator zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. Download 94.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling