Kurs ishi uchun topshiriq


Download 94.69 Kb.
bet1/6
Sana12.07.2023
Hajmi94.69 Kb.
#1659831
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi yer huquq jaasssi


T/r

MUNDARIJA

Betlar

1

KURS ISHI UCHUN TOPSHIRIQ.

2

2

KIRISH.

3-7

3

I BOB. FERMER XO`JALIGINI TASHKIL ETISH SHARTLARI .

8-15

4

II BOB . FERMER XO`JALIKLARI YURITISH UCHUN BERILADIGAN YER UCHASTKALARINI BELGILASH .

16-21

5

III BOB . FERMER XO`JALIKLARI YURITISH UCHUN YER UCHASTKALARI BERISH TATIBI .

22-27

6

IV BOB . FERMER XO`JALIGINING YER UCHASTKASI HUQUQININ RAASMIYLASHTIRISH TARTIBI .

28-32

7

XULOSA.

32

8

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

33

9

ILOVALAR.















Kirish
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami yerlar 44 892 150 gektarni tashkil etib, yerlardan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra 8 ta toifaga bo‘linadi, jumladan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar; aholi punktlarining yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, o‘rmon fondi yerlari, suv fondi yerlari, zaxira yerlar.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar unumdor yerlarga taalluqli bo‘lib, umummilliy boylik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy vositasi hisoblanadi.Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning umumiy maydoni 20 236,3 ming gektarni, shundan haydaladigan yerlar 3 988,5 ming gektarni, ko‘p yillik daraxtzorlar 383,1 ming gektarni, bo‘z yerlar 76 ming gektarni, pichanzor va yaylovlar 11 028,3 ming gektarni, boshqa yerlar 4 760,4 ming gektarni tashkil qiladi.Keyingi yillarda mamlakatimizda yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini maqbullashtirish va ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash, er-suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari, innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, respublika aholisi sonining yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishi, qishloq xo‘jaligi yerlarining boshqa toifaga o‘tkazilishi va global iqlim o‘zgarishi ta’sirining keskinlashuvi oqibatida oxirgi 15 yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘oriladigan yer maydonlari o‘lchami 24 foizga (0,23 gektardan 0,16 gektargacha), o‘rtacha yillik suv ta’minoti darajasi esa 3 048 metr kubdan 158,9 metr kubgacha qisqardi.Uzoq yillar davomida qishloq xo‘jaligi yerlaridan nooqilona foydalanish natijasida tuproqning tabiiy unumdorligi va ekinlar hosildorligi pasayib, yetishtirilgan mahsulot sifati yomonlashmoqda, atrof muhit ifloslanishi ortib bormoqda. Jumladan, sug‘oriladigan ekin yerlaridagi tuproqlarning 93 foizida harakatchan fosfor miqdori, 68,3 foizida almashuvchan kaliy miqdori, 79,3 foizida gumus (chirindi) miqdori o‘rtachadan past darajaga tushib qolgan. Milliy daromadi O‘zbekiston bilan deyarli bir xil bo‘lgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun davlat budjetining 4-5 foizi yo‘naltiriladi yoki YIMga nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlarda 1 foizdan ortiqroqni, daromadi yuqori bo‘lgan davlatlarda esa 1 foizdan kamroqni tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligida o‘rtacha yillik suv sarfi 45 696 mln metr kub yoki iqtisodiyot tarmoqlarida iste’mol qilingan suv resurslarining 90 foizini tashkil etib, yuqoriligicha qolmoqda. Yer va suv resurslari tobora tanqis bo‘lib borayotgan sharoitda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda ekinlarni iqtisodiy samaradorligi va bozor konyunkturasi inobatga olinmasdan hamda intensiv qishloq xo‘jaligi joriy etilmaganligi sababli qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmi pastligicha qolmoqda. Jumladan, rivojlangan davlatlarda 1 metr kub suv bilan 4-6 AQSh dollarlik mahsulot yetishtirilayotgan bo‘lsa, respublikamizda bu ko‘rsatkich 0,15 AQSh dollarini tashkil etmoqda. Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish yirik kapital qo‘yilmalar talab etishi, ushbu maqsadlar uchun yo‘naltiriladigan budjet mablag‘lari hajmining cheklanganligi, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish masalasiga e’tibor qaratilmayotganligi oqibatida qishloq xo‘jaligi yerlarining foydalanishdan chiqib ketishi, hududlarning resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan nooqilona foydalanish kabi holatlar yuzaga kelmoqda, bu esa o‘z navbatida mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va tarmoq eksport salohiyatini oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Fermer xo`jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonunchilikda ta`qiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlik subyekti hisoblanib, 30 yildan kam bo`lmagan 49 yildan ko`p bo`lmagan muddatda ijaraga beriladi .fermer xo`jaligi mamlakatda qishloq xo`jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi subyekt hisoblanadi Ko`p tarmoqli fermer xo`jaligi qishloq xo`jaligi maxsulotlari ishlab chiqarish bilan bir qatorda mazkur maxsulotlarni saqlash , qayta ishlash , realizatsiya qilish ,sanoat ishlab chiqarishi ishlarini bajarish , qizmatlar ko1rsatish va qonunchilikda belgilanmagan boshqa faoliyat tirlari bilan shug`ullanuvchi fermer xo`jaligi hisoblanadi .Fermer xo`jaligi boshlig`i shu xo`jlikning muassisi fermer hisoblanadi
Fermer bo`lish uchun o`n sakkiz yoshga to`lgan , aqlan sog`lom qishloq xo`jaligida tegishli malaka yoki ish tajribaga ega bo`lgan O`zbekiston respublikasi fuqorosi bo`lishi lozim . Fermer xo`jaligi boshlig`I o`zga shaxsga o`z huquq va majburiyatlarini o`tkazishu mumkin emas ya`ni qonun bilan ta`qiqlanadi .Fermer xo`jaligiga qishloq xo`jligiga mo`ljallangan yerlar yoki zaxira yerlardan yer ajratiladi . Yer uchastkalri berilganda fermer xo`jaligi o`z zimmasiga qishloq xo`jaligi ekinlarining hosildorligini qonunchilikda belgilangan normativ hosildorlikdan kam bo`lmasligini ta`minlash majburiyatini oladi . Bu majburiyat yer uchastkasinin ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo`yilgan bo`ladi. So`nggi yillarda mammlakatimizda qishloq xo`jaligi soihasini rivojlantirish maqsadida qartor islohotlar amalga oshirilmoqda , jumladan 2019-yili 9-yanvar kunida Vazirlar Mahkamasining Fermer xo`jaliklari va boshqa qishloq xo`jaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullas tirish hamda qishloq xo`jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanish ga doir qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida gi 14- son qarori qabul qilingan . Qishloq xo‘jaligida yer va suv munosabatlarini tartibga solish, qishloq xo‘jaligi ekin yer maydonlaridan samarali foydalanish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetishtirish, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid narxini oshirib borish hisobiga qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligi ta’minlanmoqda.Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishda tizimli muammolar mavjudligi sohani barqaror rivojlantirishga salbiy ta’sir etmoqda.
Jumladan:
birinchidan, yerlarni noqonuniy ajratish va ulardan xo‘jasizlarcha foydalanish holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda, jumladan, 2018-yilda 2 638 ta holatda 16 447 gektar maydondan noqonuniy foydalanilgan hamda 1 502 ta holatda 28 427 gektar ekin yerlari noqonuniy ajratilgan;
ikkinchidan, yerlardan, ayniqsa sug‘oriladigan yerlardan noqonuniy foydalanish, shaxsiy manfaati yo‘lida yakka tartibda uy-joy yoki boshqa bino va inshootlarni qurib olish holatlari ortib bormoqda, jumladan, 2018-yil davomida respublika bo‘yicha 4 062 holatda 622 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, yakka tartibda uy-joy yoki boshqa bino va inshootlar qurib olinganligi aniqlangan;
uchinchidan, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yer maydonlarining konturlari kesimida ekinlarni joylashtirish va hosildorlikni belgilash bo‘yicha mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilingan qarorlarning shaffofligi va xolisonaligi ta’minlanmayapti. Bu esa, ayrim qishloq xo‘jaligi ekinlarini shartnomaga nisbatan ko‘p yoki kam ekilishiga, hosildorlikning adolatsiz belgilanishiga sabab bo‘lmoqda;
to‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan tuproq unumdorligini oshirish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda zamonaviy resurstejamkor innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish masalalariga e’tibor qaratilmayapti, jumladan, tomchilatib sug‘orish tizimi bor-yo‘g‘i 43,1 ming gektar yoki jami sug‘oriladigan maydonning atigi 1 foizida joriy qilingan.
O‘tgan davr mobaynida qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini joriy etish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish hamda ularning mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirildi. Islohotlarning dastlabki bosqichida fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ularni yetakchi kuchga aylantirish bo‘yicha mustahkam huquqiy asos xamda zarur shart-sharoitlar yaratildi. Qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlar erning haqiqiy egasi sifatida fermer va dehqon xo‘jaliklarining huquqiy maqomini aniq belgilab berdi hamda ularning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini O‘tgan davr mobaynida qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini joriy etish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish hamda ularning mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirildi. Islohotlarning dastlabki bosqichida fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ularni yetakchi kuchga aylantirish bo‘yicha mustahkam huquqiy asos xamda zarur shart-sharoitlar yaratildi. Qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlar erning haqiqiy egasi sifatida fermer va dehqon xo‘jaliklarining huquqiy maqomini aniq belgilab berdi hamda ularning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy subyektlar sifatida shakllanishi va rivojlanishini ta’minladi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, fermer va dehqonlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi. O‘tkazilgan islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 99 foizidan ortig‘i fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer maydonlarida yetishtirilishiga erishildi. Shu bilan birga, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda, tizimda bozor mexanizmlarini joriy etishda, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini yanada rivojlantirishda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini barqaror oshirib borishda hamda yer maydonlaridan samarali foydalanishda qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. 


Download 94.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling