Kurs ishi uchun topshiriq


II BOB. FERMER XO`JALIGINI YURITISH UCHUN BERILADIGAN YER UCHASTKALARINI BELGILASH


Download 94.69 Kb.
bet3/6
Sana12.07.2023
Hajmi94.69 Kb.
#1659831
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi yer huquq jaasssi

II BOB. FERMER XO`JALIGINI YURITISH UCHUN BERILADIGAN YER UCHASTKALARINI BELGILASH .
Fermer xo`jaligini yuritish uchun mazkur xo`jalik rahbarlari tegishli qonun va qarorlarga amal qilishlari lozim bo`ladi . Misol tariqasida olsak fermer xo`jaligi to`g`risidagi qonunning 13- moddasida quyidagicha tarif berilgan:
Fermer xo‘jaligining yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan foydalanish borasidagi huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olishda fermer xo‘jaligi tomonidan garovga qo‘yilishi mumkin. Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasi fermer xo‘jaligi qayta tashkil etilgan taqdirda, agar yer uchastkasining bo‘linishi natijasida yangi tashkil topgan yer uchastkalarining o‘lchami O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida nazarda tutilgan eng kam o‘lchamlardan kam bo‘lmasa, bo‘linishi mumkin. Yer uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonunchilikka muvofiq ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros bo‘yicha o‘tadi. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy ta’lim muassasalariga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini ijara shartnomasiga o‘zgartishlar kiritish orqali ushbu Qonun 4-moddasining birinchi qismi talablariga javob beradigan o‘z oila a’zolaridan biriga qonunchilikka muvofiq ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishga haqli.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin fermer xo‘jaligi ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining boshlig‘i vafot etgan taqdirda, ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning merosxo‘ri ega bo‘ladi.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda esa, sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.
Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga qo‘yish bo‘yicha materiallarni tayyorlash tartibi quyidagicha : O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar)lar hokimliklari nomiga belgilangan tartibda davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni ijrochiga elektron axborot almashinuv orqali yuboradi:
yer uchastkasi kadastr raqami, yer turi va geografik joylashuvi, maydoni (gektarda);
yer uchastkasining elektron xaritasida ko‘rsatish uchun yer uchastkasini kadastr xaritasi (koordinatali nuqtalari, chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema);
mavjud davlat kadastrlari obyektlari (gaz, aloqa va energetika obyektlari, avtomobil va temir yo‘llar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan tegralar, transport quvurlari, gidrotexnik inshootlar, muhofaza qilinadigan obyekt va hududlar hamda boshqalar) mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (izoh ko‘rinishida). Bunda, davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralar davlat kadastrlari yagona tizimidagi ma’lumotlarning to‘liqligi uchun javobgar hisoblanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslar “E-IJARA” AT orqali bo‘sh turgan yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq elektron tanlovga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish huquqiga ega.
Ijrochi jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifi kelib tushgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida uni ochiq elektron tanlovdagi ma’lumotlar bilan solishtirgan holda qabul qiladi yoki aniq sabablarini ko‘rsatgan holda joylashtirishni rad etadi, bo‘sh yer uchastkasi aniqlangan taqdirda, yer uchastkasiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun tuman (shahar) hokimliklariga taklif yuboradi. Tuman (shahar) hokimliklari taklif etilgan yer uchastkasini yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlari yuzasidan ko‘rib chiqadi. Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan uch ish kuni ichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalariga elektron axborot almashinuv orqali buyurtma beradi.
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari besh ish kuni ichida mazkur yer uchastkasining kadastr hujjatlarini tuman (shahar) hokimligi nomiga rasmiylashtiradi, natijasi bo‘yicha taklif etilgan yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoki rad etish sabablarini elektron axborot almashinuvi orqali “E-IJARA” ATga joylashtiradi. Bunda, kadastr yig‘majildini (pasportini) tayyorlash va yer uchastkasini davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Jismoniy va yuridik shaxslar vakolatli organlar tomonidan murojaatni ko‘rib chiqish asossiz ravishda rad etilganligi ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat qilishga haqli. Ijrochi to‘rt ish kuni ichida “E-IJARA” AT orqali yuklab olingan tuman (shahar) hokimliklari nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini joyiga chiqqan holda o‘rganadi va yer uchastkasining haqiqiy holati (loyihalashtirilayotgan yer uchastkasining holati, hududning ixtisosligi, suv bilan ta’minlanganlik darajasi va irrigatsiya tizimining holati, ball-boniteti, sho‘rlanish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar)dan kelib chiqib, yer uchastkasining yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi. Har bir yer tuzish loyihasiga “E-IJARA” ATda avtomatik tarzda o‘ziga xos raqam beriladi. Bunda bir nechta konturlar uchun umumlashgan yagona loyiha ishlab chiqilishi mumkin.
Ijrochi har bir yer tuzish loyihasini Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasidan olingan dastlabki formatlarda kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga hamda quyidagi ma’lumotlardan tashkil topgan yer tuzish loyihasini tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimligiga “E-IJARA” AT orqali yuboradi:
a) yer uchastkasining maydoni (gektarda) va toifasi hamda yer turlari konturlar kesimida jadval shaklidagi ma’lumot;
b) infratuzilma obyektlari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot;
v) yer uchastkasining qishloq xo‘jaligi elektron xaritasidan ko‘chirmasi, yer tuzish loyihasining chegaralari va manzili;
g) chegaradosh yer uchastkalari foydalanuvchilari haqida ma’lumotlar.
Ochiq elektron tanlovga qo‘yilayotgan yer uchastkasida davlat kadastrlari obyektlari (gaz, aloqa va energetika obyektlari, avtomobil’ va temir yo‘llar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan tegralar, transport quvurlari, melioratsiya va irrigatsiya inshootlari, muhofaza qilinadigan obyekt va hududlar hamda boshqalar) mavjud bo‘lgan holatlarda yer tuzish loyihasi qo‘shimcha ravishda davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli organlar bilan ham kelishiladi.
“E-IJARA” ATga yer tuzish loyihalari joylashtirilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida:
a) vakolatli tashkilotlar tomonidan ushbu loyihalar kelishiladi yoki kelishish rad etiladi, bunda:
“E-IJARA” AT da qabul qilingan qaror haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan tegishli belgi qo‘yiladi;
kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi;
kelishish rad etilganda, sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, taqdim etilgan yer tuzish loyihasini amalga oshirish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur loyiha aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi ko‘rsatiladi;
belgilangan muddatda javob berilmagan hollarda yer tuzish loyihalari kelishilgan hisoblanadi; Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasiga kelishish uchun ma’lumotlar elektron axborot almashinuvi orqali yuboriladi;
b) tuman (shahar) hokimligi taqdim etilgan yer tuzish loyihasini ko‘rib chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi hamda “E-IJARA” AT orqali ijrochiga yuboradi, bunda tuman (shahar) hokimligi ochiq elektron tanlovga qo‘yilayotgan yer uchastkasining ixtisoslashuvi va yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritish haqida yoki ochiq elektron tanlovda ishtirok etuvchi shaxslar (ochiq elektron tanlovga quyilgan yer uchastkasi joylashgan hududdagi jismoniy shaxslar) doirasini belgilagan holda yer tuzish loyihasini unga tuzatishlar kiritish uchun ijrochiga qaytarishi mumkin. Boshqa sabablar bilan yer tuzish loyihasini qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi:
Belgilangan muddatda javob berilmagan yoki ijrochiga qaytarishda yer uchastkasining ixtisosligi va yo‘nalishi aniq belgilab berilmagan hollarda yer tuzish loyihalari tasdiqlangan hisoblanadi. Ijrochi uch ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etib, loyihani tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimligiga qayta kiritadi. Bunda vakolatli tashkilotlar bilan qaytadan kelishish talab etilmaydi Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni ichida taqdim etilgan yer tuzish loyihasini ko‘rib chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi hamda “E-IJARA” AT orqali ijrochiga yuboradi. Yer tuzish loyihasi belgilangan muddatda tasdiqlanmagan hollarda loyiha tasdiqlangan hisoblanadi va harakat “E-IJARA” ATda avtomatik tarzda keyingi bosqichga o‘tadi. Buyurtmaga yer tuzish loyihasi ilova qilinadi. Buyurtmaga yer tuzish loyihasi ilova qilinmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda, operator tomonidan buyurtma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmasdan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtmani “E-IJARA” AT orqali ijrochiga qaytaradi.


Download 94.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling