Kurs ishi yozish talablari
Download 33.31 Kb.
|
kurs ishi talab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning vazifalari.
- Ishning metodologik asoslari.
- Ishining ilmiy-amaliy ahamiyati.
Ishning obyekti. Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarni mashg`ulotlar asosida o`qitish faoliyatiga asoslangan o`quv-biluv va tarbiya jarayoni.
Ishning predmeti. Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarni mashg`ulotlar asosida o`qitish faoliyatining shakl va vositalar. Ishning vazifalari. Mavzuga oid ilmiy, metodik, pedagogik, psixologik hamda tarixiy-falsafiy manbalarni o`rganish, tahlil qilish; - bolalarni maktab ta`limiga tayyorlashning dolzarb pedagogik muammo ekanligini asoslash; - maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablarini ko`rsatib berish; - maktabgacha ta`lim muassasalari turli yosh guruhlarida ta`limning o`ziga xosligini ochib berish; - maktabgacha ta`lim muassasalari ta`limning tashkiliy shakllarini aniqlash va yoritib berish; - sayr- tomosha va mashg`ulotlar o`qitishning bir shakli ekanligini asoslab berish. - maktabgacha ta`lim muassasalarida mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Ishning metodologik asoslari. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta`lim to`grisida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Prezident farmon va qarorlari,”Bolajon” tayanch dasturi va O`zbekiston Respublikasi boshqaruv organlarining me`yoriy hujjatlari. Ishining ilmiy yangiligi. Maktabgacha ta`lim muassasalarida mashg`ulotlar o`qitishning asosiy shakli ekanligi muammosining ilmiy-nazariy asoslari yoritib berildi; - bolalarni maktab ta`limiga tayyorlashning dolzarb pedagogik muammo ekanligi asoslab berildi; - maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablarini ko`rsatib o`tish; - maktabgacha ta`lim muassasalari turli yosh guruhlarida ta`limning o`ziga xosligi ochib berish; Ishining ilmiy-amaliy ahamiyati. Maktabgacha ta`lim muassasalarida talimning turli shakllarining amaliy asoslari ochib berildi; - maktabgacha ta`lim muassasalari ta`limning tashkiliy shakllarini aniqlanib, keng yoritib berildi; - sayr- tomosha va mashg`ulotlar o`qitishning bir shakli ekanligi asoslab berildi. - maktabgacha ta`lim muassasalarida mashg`ulotlarni tashkil etishga doir tajriba-sinov ishlari yuzasidan olingan natijalar asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqildi Download 33.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling