Ishining tuzilishi.Kirish, ikki bob, olti fasl, xulosa va foydalangan adabiyotlar ro`yxati hamda ilovadan iborat.
I BOB
MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA O`QITISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
I.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan
davlat talablari
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablari “Ta`lim to`g`risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablari aniq bir yoshdagi bolaning rivojlanish standartlarini va bolaning yutuqlari va rivojlanish darajasini baholash imkoniyatini beruvchi indiqatorlarni belgilaydi. Ushbu hujjat, birinchi navbatda, oilalarga bolaning to`laqonli rivojlanishi, ta`lim-tarbiyasida, uni maktabda ta`lim olishga samarali tayyorlashda yordam berishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |