Kurs ishi yozish talablari


Kurs ishini tashkillashtirish


Download 33.31 Kb.
bet3/5
Sana20.11.2023
Hajmi33.31 Kb.
#1788017
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi talab

Kurs ishini tashkillashtirish
Kurs ishiga rahbarlik talabaga topshiriq berishdan boshlanadi.
Ishi topshirig‘ini berishda asosiy bosqichlarni bajarish vaqtlari ko‘rsatilgan jadval tavsiya qilinadi. Kurs ishilarini taqdim etish muddatlari OTM rahbariyati tomonidan mazkur yo‘nalish o‘quv rejasiga mos holda belgilanadi.
Kurs ishi topshirig‘i ish rahbari imzosi bilan beriladi, kafedra jurnalida berilgan kun sanasi qayd qilinadi.
Kurs ishining ahamiyati, unga qo‘yiladigan talablar, amaliy qismining tarkibi va ishini rasmiylashtirish, topshiriqni bajarish bo‘yicha umumiy topshiriqlar, uning hajmiga bo‘lgan talablar haqidagi ma’lumotlar mazkur fan bo‘yicha kirish ma’ruzasi o‘qilganda tushuntiriladi.
Kurs ishi, zaruriy uslubiy qo‘llanmalar, ma’lumotnomalar, maxsus adabiyotlar va kurs ishi namunalari bilan ta’minlangan maxsus tajriba maydonchalarida (MTM ) va auditoriya xonasida bajariladi.

NAMUNA
MAVZU: MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA MASHG`ULOTLAR O`QITISHNING ASOSIY VA YETAKCHI SHAKLI SIFATIDA
REJA:
KIRISH:
I BOB. MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA O`QITISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.
I.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari.
I.2. Maktabgacha ta`lim muassasalari turli yosh guruhlarida ta`limning o`ziga xosligi.
II BOB. MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA TA`LIMINING TASHKILIY SHAKLLARI.
II.1 Maktabgacha ta`lim muassasalarida o`qitish shakllari.
II.2. Sayr- tomosha o`qitish shakli sifatida.
II.3. O`qitishning kundalik hayotdagi tashkiliy shakllari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
ILOVA


K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2017-2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish borasida qarorlar qabul qildi. (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi): 
2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilishning asosiy parametrlari 4 ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Dasturning asosiy maqsadli vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: 
- ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish; - maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;- maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish; - zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish; 
Xuddi shu maqsadning davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5198-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash bo`yichi farmoyish qabulqilindi.
Ma`lumki, maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining boshlang`ich halqasi bo`lib hisoblanadi. U sog`lom, har tomonlama yetuk bola shaxsi shakllanishini ta`minlashga, uni muntazam ravishda ta`lim olishga tayyorlab, o`qishga bo`lgan havasini uyg`otishga qaratilgan bo`lib, bu 6-7 yoshgacha bo`lgan davrda davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim jarayonida maktabgacha yoshdagilar ta`lim va tarbiyasining shaxsiy yo`nalganlik modeli ustuvor bo`lib hisoblanadi. Shaxsiy yondashuvning maqsadi – bu shaxsning shakllanishi bo`lib, belgilangan standart bo`yicha uni o`zgartirish emas, balki uni qanday bo`lsa, shundayligicha qabul qilishdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim – tarbiya muassasasi hisoblanadi va uning vazifasiga bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilishga doir qiziqishlarini, madaniy–axloq-odob extiyojlarini, dastlabki mehnat ko`nikmalarini rivojlantirish, unda bilimga muxabbat uyg`otish, salomatligini mustahkamlash kiradi. Maktabgacha ta`lim muassasasi ”Ta`lim to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni talablariga hamda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
.Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma`naviy jixatdan rivojlantirishdan, ularning tug`ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta`lim olishga (maktabga) tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi. Bolalarni maktabga tayyorlashning samaradorligi maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy jihozlananligi, malakali pedagog-kadrlar bilan ta`minlanganligi, muassasaning oila hamda mahalla bilan hamkorligi, ta`lim jarayoniga ilg`or texnologiyalarning qo`llanishi kabi muhim omillar bilan bevosita bog`liqdir. Xo`sh, bugungi kunda maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarni o`qitish masalasi qanday hal etilmoqda? Bolalarni maktabga tayyorlashda masghg`ulotlar qanday tashkil etilmoqda? Bolalarni maktabga tayyorlashda oila va maktabgacha ta`lim muassasalari hamkorligining qanday shakllari va ko`rinishlari mavjud? Bu savollarga javob munosib javob topish maktabgacha ta`lim mazmunini yanada boyitadi, bolalarni maktabga tayyorlash muammosi bo`yicha yangi-yangi nazariy ma`lumotlar va amaliy yondashuvlarning ishlab chiqilishiga imkon yaratadi.
Bayon etilgan fikr va mulohazalar maktabgacha ta`lim muassasalarida mashg`ulotlarni uyushtirish, bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash muammosining naqadar dolzarb ekanligini ko`rsatib turibdi. Kurs loyiham mavzusini “Mashg`ulot-maktabgacha ta`limda o`qitishning asosiy va yetakchi shakli sifatida” deb rasmiylashtirdik.
Maktabgacha ta`lim muassasasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Ta`lim to`g`risida”gi qonunga va boshqa me`yoriy hujjatlarga , shuningdek Maktabgacha ta`lim muassasasi Nizomiga amal qiladi.O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog`lom, xar tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta`limiga tayyorlashdan iboratdir.Maktabgacha ta`lim oilada va maktabgacha ta`lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Ishning maqsadi. Mashg`ulotlar maktabgacha ta`lim muassasasida o`qitishning asosiy va yetakchi shakli ekanligi muammosining ilmiy-nazariy asoslarini yaratish va shu muammoga oid amaliy metod va vositalar tizimini ishlab chiqish.

Download 33.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling