Kurs ishiga berilgan vazifa


Menejer mehnati va uning xususiyatlari


Download 198.61 Kb.
bet47/52
Sana05.01.2022
Hajmi198.61 Kb.
#207778
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Nuriddin Menejment Fanidan

7.3. Menejer mehnati va uning xususiyatlari.

Menejer mehnati tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining ajralmas qismi, ishlab chiqarish natijalariga ta’sir qiluvchi va menejment funksiyalarini tezkor bajarishga bog’liq faoliyatdir. Menejer mehnati aqliy va ijodiy xarakterga ega bo’lib, miqdoriy baholash bilan belgilanmaydi. Boshqaruv mehnati ishchilari bevosita moddiy boyliklar ishlab chiqarishmaydi. Boshqaruv mehnati natijasi mehnat jamoasi faoliyatining yakuniy ko’rsatkichlari yordamida baholanadi. Boshqaruv mehnatining aniq o’lchamini aniqlash qiyin,ayniqsa, u ijodiy xarakterga ega bo’lganda. Boshqaruv mehnati ishlab chiqarishning moddiy elementi emas, balki axborot, turli hujjatlar va boshqaruv qarori hisoblanadi. Menejer hamda texnik ijrochilar axborotni olish, qayta tiklash, uzatish va saqlash bilan shug’ullanadi. Ba’zan bir texnik axborotni tayyorlash mobaynida besh va undan ortiq bo’lgan formalashtirish, mehnatga haq to’lash, texnologiyani qayta ishlash, ish sifatini hisoblash, tekshirish bilan bog’liq operasiyalarga duch kelinadi.

Boshqarish – ma’lum maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib, eng avvalo, odamlarni boshqarishda namoyon bo’ladi. Inson sotsial-iqtisodiy jarayonlarga ongli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Har qanday jamiyatda u bir vaqtning o’zida boshqarishning ham subyekti, ham obyekti bo’ladi, har qanday inson qanday ishni bajarmasin, baribir u jamiyat va jamiyatning barcha a’zolari tomonidan boshqariladi.

Har qanday pog’onadagi boshqaruvchi o’z xohishi bilan emas, balki xalq manfaati yuzasidan boshqaruvni amalga oshiradi. Huquqiy davlatda har kim jamiyat nazoratidan chetda qolmaydi, hatto yuqori pog’onadagi boshqaruvchi ham. Har qanday jamiyat a’zosi boshqariluvchi shaxs sifatida namoyon bo’ladi, chunki u muayyan bir jamoaga a’zo, shuningdek, boshqa tomondan ham boshqarilayotgan boshqaruv subyekt hisoblanadi. Shuning o’zida har bir jamiyat a’zosi boshqaruvchi bo’lishi ham mumkin. U mulkdorga va haqiqiy ishlab chiqarish egasiga aylangach, iqtisodiyotni, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotni boshqarishda bevosita qatnashadi.

Turli jamoa a’zolarining boshqarishdagi o’rni bir xil emas. Ularning ayrimlari ishga sust yondashishadi va bevosita turli jamoaviy tashkilotlarga a’zo bo’lib ko’rinadi, xolos. Biroq, ishlab chiqarishda yetarli malakaga ega shunday professional menejer-tashkilotchilar mavjudki, ular umumjamoa uchun foydali bo’lgan maxsus boshqaruv mehnati bilan shug’ullanadilar.

Boshqarish jarayonida menejer mehnati insonning aniq faoliyati orqali namoyon bo’ladi. Boshqaruv sikli maqsad va masalalarni belgilab olishdan boshlanib, ularni yechish va qo’yilgan maqsadga erishish bilan yakunlanadi. Belgilangan masala qo’yilib, maqsadga erishilgach, boshqaruv sikli yangi maqsad va vazifalarni o’z oldiga qo’yadi hamda shu asnoda davom etadi.

Maqsad – Faoliyat – Natija –uzluksiz boshqaruv siklining sxematik ko’rinishidir. Lekin bunday boshqaruv sikli shunchaki umumiydir (nisbiydir). Haqiqiy (real) boshqarish jarayonida bir-biridan farq qiluvchi birlamchi shakllar mavjud bo’ladi.

Muayyan korporatsiya misolida menejer mehnati quyidagi qator masalalarni yechishga qaratilgan bo’ladi:

- jihozlar, ishlab chiqarish maydonidan unumli foydalanish va ishlab chiqarishni takomillashtirish bilan bog’liq texnik maqsadlar;

- loyihalash, nazorat qilish va texnologik jarayonlarni takomillashtirish bilan bog’liq texnologik masalalar;

- korporatsiya ichki va tashqi iqtisodiy faoliyatini mukammallashtirish hamda muntazam olib borish bilan bog’liq iqtisodiy masalalar;

- tashkilot boshqaruv tizimini takomillashtirish va ishlab chiqarish hamda mehnatni tashkil etilishi bilan bog’liq tashkiliy masalalar.

Menejer mehnati korxona belgilangan maqsadga erishishi uchun jamoa kuchi va faoliyatini muvofiqligini muvofiqlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Ma’lum holatlarda, korporatsiyaga yangi tayinlangan direktor yoki tadbirkor amaldagi vaziyatni o’zgartirib, zarar ko’rayotgan korporatsiyani foyda olish holatiga olib o’tadi. Bu esa, o’z navbatida, boshqaruv nazoratining xo’jalik faoliyati natijasiga bo’lgan bevosita ta’sirini ko’rsatadi. Boshqaruv apparati o’ziga katta tashkiliy erkinlik berib, ijodiy tashabbuslarni, uddaburonlikni yo’lga qo’yish va boshqaruv obyektini rivojlantirishning yangi samarali yo’llarini izlaydi.

Zamonaviy boshqaruv xodimining o’ziga xos xususiyatlari: yuqori professionalizm, boshqaruv ilmi asoslarini bilish va zamonaviy iqtisodiy fikrlash, yuqori estetik madaniyat, demokratlilik, ko’pchilik bilan muomala va murosa qilish, shuningdek, insonlar ehtiyojlarini bilish kabi fazilatlar majmuidan iborat. Eng muhimi, boshqaruvchi kelajakni ko’ra bilishi, ijtimoiy muammolarni hal qilishi, jamoani birlashtirishi va yo’naltirib turishi darkor.




Download 198.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling