Anri Fayol’(1841-1925) asosan o’zining boshqarish tajribalari asosida ma’muriy tamoyillar konsepsiyasi doirasida o’z qarashlarini umumlashtirdi.
U o’zining eng mashhur “Umumiy va salbiy boshqaruv” asarida menejmentning 14 ta asosiy tamoyillarini ko’rsatib berdi. Ularning ayrimlari hozirgi kunda ham boshqarish nazariyasida muhim ahamiyatga ega, xususan:
* mehnat taqsimoti. Boshqarish va texnik mehnatning ixtisoslashuvi xuddi shunday intilishlar doirasida yuqoriroq natijalarga erishishga imkon beradi;
* yagona yo’nalish va yakka ish rejasi. Tashkilot doirasidagi faoliyat turlari bir menejer rahbarligi ostida birlashtirilishi lozim;
* boshqarishning skalyar zanjiri. Tashkilot iyrarxiyasining cho’qqisidan boshlanadigan hokimiyat vakolatlari zanjiri jami xodimlarni qamragan holda quyi tomonga yetib keladi.