Kurs ishini bajarish uchun topshiriq: 1 Kurs loyihasi tarkibi 5


Avtoblokirovka qurilmalarini elektr bilan ta’minlash


Download 0.53 Mb.
bet4/12
Sana22.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1108380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PHBT kursovoy opisaniya - копия

2.1.1 Avtoblokirovka qurilmalarini elektr bilan ta’minlash


Avtoblokirovka qurilmalari elektr energiyaning 1-toifali iste’molchilaridan bo’lib hisoblanadi. SHu sababli kodli AB qurilmalari va rels zanjirlarini elektr bilan ta’minlash ikkita o’zaro mustaqil ta’minot manbaidan amalga oshiriladi. Poyezdlarning elektr tortuvi mavjud bo’lganida AB qurilmalari tok bilan tortuv podstansiyalari fiderlaridan ta’minlanadi.


Asosiy ta’minot maxsus yuqori voltli AB liniyasidan (avtonom tortqidagi, izolyatsiyalangan uch fazali liniya, kuchlanishi 6 yoki 10 kV, elektr tortuvda esa, odatda – 10kV bo’lgan) kelib tushadi. Rezerv ta’minot liniya iste’molchilarini ta’minlash uchun mo’ljallangan elektr uzatish liniyasidan (LEP) amalga oshiriladi. Bu liniya quyidagicha turlarda bo’lishi mumkin:
− avtonom tortuvda – 6 yoki 10 kV li alohida uch fazali liniya, yoki favqulodda vaziyatlarda, u bo’lmagan hollarda − avtoblokirovka yuqori voltli liniyasining ikkinchi zanjiri;
– doimiy tokdagi elektr tortuv – kontakt tarmog’i tayanchlariga ilingan uch fazali LEP, odatda, 10 kV kuchlanishli;
– o’zgaruvchan tokdagi elektr tortuvda – 27,5 kV kuchlanishli o’zgaruvchan tok bir fazali zanjiri, "Ikki sim – rels" tizimiga oid (DPR). DPR tizimi kontakt tarmog’ining ikki simi va teskari sim sifatida (ya’ni 0 deb olinadi) rel’slardan tashkil topgan tizim hisoblanadi. Bunda bitta sim liniyadagi iste’molchilarni ta’minlash uchun, ikkinchisi esa – AB qurilmalarining rezerv ta’minoti maqsadida qo’llanadi .
Joy rel’yefi o’ta murakkab bo’lgan, yoki grunt tavsiflari alohida yuqori voltli SMB liniyasi qurilishini ancha murakkablashtirgan hollarda MPS ruxsati bilan AB qurilmalarini asosiy ta’minlash maqsadida kontakt tarmog’idan foydalanishga ham yo’l qo’yiladi. Buning uchun, DPR tizimidan tashqari, SSB yuqori voltli liniyasining qo’shimcha, 27,5 kV kuchlanishli simi ilinadi.
Istalgan holda ham har bir signal nuqtasi elektr ta’minot punktlarini rezervlash bilan ikki tomonlama ta’minlanib, bu umuman elektr ta’minot tizimining ishonchliligini ancha oshiradi. Ta’minot uzunligi umumiy yuklamadan kelib chiqib, liniyadagi yo’qotishlar 10% dan oshmaydigan qilib belgilanadi (aniqlanadi).
Kuchlanishni 230 V gacha pasaytirish uchun har bir signal nuqtasida quyidagi qurilmalar qo’llanadi:
6 yoki 10 kV kuchlanishli liniyalarda –moy yordamida tabiiy tarzda sovutiladigan, yakka signal uskunalari va bir izli uchastkalarning signal uskunalari uchun mo’ljallangan OM-0,63/6 va OM-0,63/10 bir fazali transformatorlari;
Juftlashgan signal uskunalari uchun OM-1,25/6 va OM-1,25/10.
KTPO-0,63/6(10) tipidagi bir fazali komplekt transformator podstansiyalari, shuningdek ko’tarib-tushiradigan tipli KTP-P-1,25/6(10) transformator podstansiyalari nisbatan zamonaviy bo’lib hisoblanadilar.
Ularda, transformatorlardan tashqari, razryadniklar, eruvchan qo’yilmalar, ajratgichlar, taqsimlash shitogi o’rnatiladi.
Sanab o’tilgan qurilmalar belgilanmalaridagi birinchi raqam kV·A larda ifodalangan transformatorning nominal quvvatini bildirsa, ikkinchisi – birlamchi chulg’amning kV lardagi nominal kuchlanishini anglatadi.
27,5 kV kuchlanishli liniyalarda KTP-2/25 turidagi patstansiya yoki KTP-P-2/25 turdagi podstansiyalar qo’llaniladi. Bu podstansiyalar ZNOM-35-64 tipidagi transformatorlar bilan jihozlanadi.
Ko’rsatilgan qurilmalar tegishli liniyaning alohida chiqariladigan tayanchlarida joylashtiriladi (yuqori kuchlanishli SMB liniyasi, kontakt tarmog’ining tayanchlaridagi LEP, DPR tizimi liniyasi). Avvalgi yillarda ular ba’zi hollarda liniyaning o’z tayanchlariga o’rnatilgan. Ana shu tayanchlarning o’zida havo simlarini AB relelar shkafiga yer ostidan o’tkaziladigan kabelga kiritish uchun KYA-6 tipidagi kabel yashiklari o’rnatiladi. Kabel yashigi kirish qisqichlarida kuchlanishning 230 V nominal kuchlanishdan +5,-10% atrofida chetlashishiga yo’l qo’yiladi. Kabel yashigidan toki relelar shkafi AB ga qadar kuchlanishning yo’l qo’yiladigan darajadagi tushishi 6 V ga teng deb olinadi.
Har bir releli shkaf AB da avariya relesi A ko’zda tutilgan bo’lib, u OPX-OOX asosiy ta’minoti o’chirilganida yuklamaning avtomat tarzda rezerv ta’minot RPX-ROX ga ulanishini ta’minlaydi.
PX-OX ta’minoti bevosita ba’zi jihozlarga ham uzatiladi (relelar shkafining yoritish chiroqlari, ko’chma chiroq va kavsharlagich uchun rozetkalar va h.k.), shuningdek qolgan iste’molchilarni (rel’s zanjirlari, liniya zanjirlari, rele, svetofor lampalari va sh.k.) talab etilgan tur va kuchlanish bilan ta’minlaydigan ikkilamchi ta’minot manbalari – transformatorlar, to’g’rilagichlar, chastota o’zgartirgichlar.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling