Kurs ishini bajarish uchun topshiriq: 1 Kurs loyihasi tarkibi 5


Ikkita signal nuqtasining sxemasi


Download 0.53 Mb.
bet6/12
Sana22.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1108380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PHBT kursovoy opisaniya - копия

2.3 Ikkita signal nuqtasining sxemasi


Peregon signal uskunalarining zamonaviy sxemalari AB, DN yaxlit va yagona sxemalari hamda poyezdlarning ikki tomonlama ALSN yo’l qurilmalari (RZ kodlashtirish) poyezdlar vaqtinchalik ikki tomonlama harakatini peregon yo’llaridan biri bo’ylab uyushtirilishini hisobga olgan holda loyihalashtiriladilar.


Namunaviy loyiha yechimlaridagi har bir signal uskunasi tipi ikki prinsipial sxemadan tashkil topadi − signal uskunasi sxemasi va o’z ichiga shuningdek DN sxemasi va uskuna elektr ta’minotini olgan RZ sxemasi. Blok-uchastka egallanganida, uni to’sib turgan svetoforda qizil chiroq yonib turadi. Qizil chiroq lampasining asosiy yoqilish zanjiri J1 relesining ichki kontakti va o’t relesi O ning kichik qarshilikli chulg’ami orqali o’tadi (21-82 chiqish simlari). Qizil chiroq lampasining qo’shimcha ipini yoqish zanjiri J1 relesining ichki kontaktlari, O relesining front (tashqi) kontakti va katta qarshilikli rele OD relesining yuqori qarshilikli chulg’ami (41-62 chiqish simlari) orqali o’tadi. Lampaning asosiy ipi kuyganida rele O toksizlanib, u ichki kontakti bilan rele OD ning kichik qarshilikli chulg’ami orqali qo’shimcha ip zanjirini tutashtiradi. Qizil chiroq yonishi va kodlashtirish davom etadi. Lampaning qo’shimcha ipi kuyganida rele OD toksizlanib, rels zanjirini kodlash to’xtaydi. Qizil chiroqning butun yonib turish vaqtida rele J1,Z1 larning ichki kontaktlari va o’t relesi RO yuqori omli chulg’ami orqali sariq chiroqli lampa qo’shimcha ipi zanjiri tutashtiriladi va uning yaxlitligi sovuq holatda ham nazorat qilinadi. Poyezd ikkinchi uzoqlashish uchastkasida joylashib, svetoforda sariq chiroq yonib turadi. Lampa asosiy ipini yoqish zanjiri rele J1 ning front kontakti va ichki Z1, rele RO ning quyi omli chulg’ami orqali o’tadi. Svetoforda sariq chiroq yonadi. Lampaning qo’shimcha ipi rele J1,RO larning front kontaktlari, rele OD ning yuqori omli chulg’ami orqali yoqilgan bo’lib, uning butunligi sovuq holatida nazorat qilinadi. Sariq chiroq yonib turgan vaqtida qizil chiroq lampasining asosiy ipi yaxlitligi sovuq holatida rele J ning front kontakti va rele O ning yuqori omli chulg’ami orqali o’tgan zanjir bo’ylab nazorat qilinadi.
Sariq chiroqli lampa ipi (simi) kuyganida rele RO toksizlanib, u ichki kontakti bilan rele OD ning quyi omli chulg’ami orqali lampaning qo’shimcha ipini yoqib, sariq chiroq yonishda davom etadi. Qo’shimcha ip kuyib qolganida OD toksizlanadi. Svetofor o’chiq holatda qolib rels zanjirini kodlash ham davom etadi. Sariq chiroqli lampa iplarining kuyishi kodlash zanjirida aks ettirilmaydi.
Poyezd ikkinchi uzoqlashish uchastkasida joylashgan, svetoforda yashil chiroq yonib turibdi. Yashil chiroqning asosiy va qo’shimcha iplari butunligi sariq chiroqli lampadagi kabi nazorat qilinadi.
Signal qurilmalarining sxemalari ularning tipi bilan bog’liq. Loyihada turli-tuman (asosan kirish oldi va yakka) qurilmalar sxemalari ko’rsatilgan bo’lishi shart. Ana shu sxemalardan birida deshifrator DA yoyiq holda ko’rsatilishi shart. Juftlangan va kirish oldi signal qurilmalari namunalari (rele shkaflari) keltirilgan.
RZ sxemasida ikki tomonlama harakatda impulsli yo’l relesining relslarga ulanishi sekinlashish bilan tushib qoladigan PDT relesi vositasida RZ induktiv elementlarida zaxiralangan elektr magnit energiyasining so’rilib ketishi uchun yetarli vaqtga tutilib qolishiga e’tibor qaratish kerak.
Shuningdek kirish oldi va kirish svetoforlarining o’zaro bog’lanish sxemasini, shu bilan birga kirish oldi blok-uchastkasining kodlash sxemasini ko’rsatib o’tdikAgar peregonda juftlangan signal uskunalari (qurilmalari) mavjud bo’lsa, u holda alohida chizmada ular rele shkaflari ulanish sxemasini keltirish talab etiladi.
Izohlash xatida
a) AB signal qurilmalarining asosiy ish tamoyillari, shuningdek poyezdlar vaqtincha ikki tomonlama harakatlanganidagi, sxemaning teskari (noto’g’ri) yo’nalishda harakatlanishdagi ishini;
b) kirish oldi signal qurilmasidagi signal J, 3, 3S, transmitter T va chiroq relesi O, RO sxemalari xususiyatlari;
v) GKSH generatorining signal uskunalaridagi ishi va u tomonidan stansiyaga uzatiladigan nazorat kodlari, shuningdek stansiyadagi RDKning yoqilishi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling