Kurs ishini bajarish uchun topshiriq: 1 Kurs loyihasi tarkibi 5


Avtoblokirovka tizimi va ALSN tizimini tanlash


Download 0.53 Mb.
bet5/12
Sana22.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1108380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PHBT kursovoy opisaniya - копия

2.1.2 Avtoblokirovka tizimi va ALSN tizimini tanlash


AB tizimini tanlashda uni loyihalashtirishning quyidagi ekspluatatsiya-texnik sharoitlari hisobga olinadi: peregon yo’l tarmoqlari va poyezdlarning undan harakatlanishini tashkillashtirish xarakteri, temir yo’l uchastkasining joylashgan hududi (zonasi) va u bo’ylab harakatlanadigan poyezdlar toifasi, tortuv turi va svetoforlar orasida aloqa bog’lash usuli, tashqi elektr bilan ta’minlash ishonchliligi va loyihalashtirilayotgan RZ lar tipi.


AB tizimlari quyidagi xususiyatlariga ko’ra o’zaro farqlanishi ma’lum [1, 2, 3]:
1) peregonlar yo’llari rivojlanish xarakteriga ko’ra – bir izli va ikki izli;
2) poyezdlarning peregon yo’llari bo’ylab harakatlanishi tashkillashtirilishiga ko’ra – bir tomonlama va ikki tomonlama;
3) temir yo’l uchastkasining joylashish hududi va unda harakatlanish tezligi keskin farq qiladigan turli toifali poyezdlar qatnashiga ko’ra – uch belgili va to’rt belgili;
4) svetoforlar orasidagi aloqaning tashkillashtirish usuliga ko’ra – simli va simsiz (kodli);
5) tortuv turi, ta’minot tizimi va 25 yoki 50 Gs chastotali doimiy va o’zgaruvchan tokda ishlaydigan RZ tipiga.


2.2 Peregonning yo’l rejasini tuzish


Peregonning yo’l rejasi AB loyihasining asosiy hujjati hisoblanadi. U tanlangan AB tizimining asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni o’z ichiga olgan uncha katta bo’lmagan chizmani aks etadi(oxirgi bandda keltirilgan):


1) ikki ipli peregonning yo’lli rejasi rasmi;
2) raqamlari va joylashish ordinatalari ko’rsatilgan holda peregon svetoforlari;
3) uzunliklari ko’rsatilgan holda rels zanjirlari, (KPTSH-515, KPTSH-715) tipidagi kodli yo’l transmitterlari, izolyatsiyalovchi tutashmalarni joylashish o’rni; rele (R) va ta’minot (P) oxirlari belgilanishini, turiga mo (elektr tortqi uchun) yoki kabel ustunlari (avtonom tortqi uchun) yo’l drossel’-transformatorlari (DT) joylashishi;
4) signal o’rnatmalari turini ko’rsatgan holda rel shkaflari (hozirgi kunda AB qurilmalarini o’rnatish uchun SHRU-M turidagi shkaflar qo’llaniladi);
5) AB yuqor kuchlanishli liniyalai i zahiraviy elektrta’minot liniyasinini o’rnatilish tomonini ko’rsatgan holda, chiziqli transformatorlarning joyi va turini kursatgan holda, DPR tizimidan ta’minotini zahiralash uchun, bir fazali KPTO podstansiya transformmatorlari komplektlarini joylashish o’rnini ko’rsatgan holda;
6) aloqa kabelining magistral signal simlari yoki AB ning havo kabel liniyalari (havo kabel liniyalvrda signal simlari AB ning yuqori kuchlanishli signal liniyalari ustunlariga joylashtiriladi)
ularning sxema nomenklaturasini (qo’llanilishini) ko’rsatgan holda va zarur bo’lgan havo kabel liniyasi traverslaridagi kesishmalarni yoki magistral kabellarni rele shkaflariga kiritish uchun ulangan joylarni ko’rsatib;
7) uzunligi va kabel simlarini ko’rsatgan holda o’rnatilgan signallar kabel tarmoqlari;
8) turlari va o’rnatilgan past kuchlanishli razryadlovchilar soni ko’rsatilgan kabel qutilari (razryadlovchilar soni kabel qutilari belgilanishi ichida ko’rsatiladi va rele shkaflariga olib boriladigan signal simlari soni bilan aniqlanadi, bunda kabel qutisidagi signal simiga ulanadigan razryadlovchi raqami havo kabel liniyasi yonida shu simning nomenklaturasi belgilanishi bilan ko’rsatiladi);
9) peregon aloqasi telefon apparatini ulash uchun rele shkaflari havo kabel liniyasi va aloqa kabellari (ular temir yo’l uchastkalarida mavjud bo’lsa).
Signal qurilmalari o’zi joylashgan uchastkadagi barcha mumkin bo’lgan holatlarni qamrab oladi. Ulaning eng harakterli hususiyatlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
O – bittalik signal o’rnatmasi;
Oi – ikkinchi yoki uchinchi yaqinlashish uchastkasidan stansiyaga yoki pereyezdga bildirish sxemasiga ega bo’lgan bittalik signal o’rnatmasi;
Om – sariq miltillovchi ko’rsatkich - qo’shimchaga ega bo’lgan kirishdan oldingi bittalik signal o’rnatmasi;
ikki yo’lli AB ning juft signal o’rnatmasida har bir svetofor uchun alohida-alohida ma’lum bir turdagi signal o’rnatmasiga mos keluvchi bittalik signal rele shkafi o’rnatiladi;
S – juft o’tish svetofori signal o’rnatmasi;
Si – I va OI zanjirlarridan stansiya tomonga ikkita yaqinlashishi uchastkasi bildirilishi beriladigan juft signal o’rnatmasi.
Sm – miltillovchi sariq ko’rsatkich sxemasi nazarda tutilgan kirish svetoforidan oldingi juft signal o’rnatmasi.
Signal uskunalarining kabel tarmog’ini ishlab chiqishda svetoforlar, signal zanjirlarining kabel yashiklariga eltadigan, juftlangan uskuna relelar shkaflari orasidagi kabellar torlari soni zarur miqdordagi zaxira torlarini va eng yaqin standart miqdorli kabeldagi torlar sonini hisobga olgan holda (10 ta ishchi torga 1 ta zaxira tor) prinsipial sxemalar bo’yicha aniqlanadi. Rel’s zanjirlariga kuch kabellari torlarining soni qo’shimcha, zaxira torlarsiz ham ko’zda tutilishi mumkin.
Kabellar uzunligi mahalliy sharoitlar bilan belgilanib, kurs loyihasida talabaning ixtiyoriga ko’ra taxminan qabul qilinishi mumkin.
Kabel yashigi tipini tanlashda quyidagi shartlarga asoslanib ish ko’rilishi kerak:
a) relelar shkafiga havo liniyasi signal simlari va asosiy va rezerv elektr ta’minot simlari alohida kabellar bilan kiritilib, bu ular uchun alohida kabel yashiklari o’rnatilishini taqozo etadi;
b) kuch zanjirlarining kabel yashiklarida razryadniklar o’rnatilmaydi, ularda faqat muhofazalagichlar (AVM) o’rnatiladi, xolos;
v) sanoat tomonidan quyidagi tipdagi kabel yashiklari ishlab chiqariladi (klemma kolodkalari soniga ko’ra): KYA-6, KYA-10, KYA-16 i KYA-24.
V o’tish simlarining liniya zanjiri:
DSN, ODSN – kuchlanishni ikki barobar pasaytirish;
N, ON – yo’nalishni o’zgartirish;
K, OK – peregon bo’shligi nazorati;
ICH, OICH (IN, OIN) – poyezdning stansiyaga yaqinlashib kelganligidan xabar berish.
Ikki izli raqamli avtoblokirovka sxemalarida ICH, OICH (IN, OIN) simlari yaqinlashish to’g’risida xabar berish relesi IP ni ulash uchun ishlatilib, u noto’g’ri yo’nalish bo’ylab harakatlanishda ALSN kodi nechta raqamdan iborat bo’lishini tanlaydi;
ZS, OZS – kirish oldi svetofori ko’rsatmalarini kirish svetofori ko’rsatmalari bilan bog’lash uchun.
Peregon yo’llari rejasini tuzish namunasi, shuningdek namunaviy yechimlar albomida keltirilgan.

Izoh xatida


Yo’l rejasi berilgan variant bo’yicha ikki yo’lli bo’lib unda berilgan rels zanjiri qurilmalari hamda 3qiymatli signalizatsiyada ishlovchi svetoforlar keltirilib o’tildi bundan tashqari AB ning yuqori kuchlanishli liniyasi va undan kelgan yuqori kuchlanishni pasaytirib beruvchi transformatorlar tanlanib sxemada joylashtirildi. Peregon yo’l rejasida ALSN kodlari uchun foydalaniladigan KPTSH-515 va KPTSH-717 lar sxematik ko’rinishda joylashtirildi. Ushbu loyiha ishida peregon uchun kodlangan resl zanjirini tanladim buning asosiy sababi ALS kodini uzluksiz tarzda olib borishi va xarakat xavfsizligini taminlash.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling