Kurs ishini bajarish bosqichlari va uni himoya etish tartibi: -Mavzuni tanlash. - Kurs ishi rejasini tuzish va uni tasdiqlash. -Adabiyotlarni o‘rganib tahlil qilish. -Kurs ishi mavzusi yuzasidan ilg‘or pedagogik ishlarni o‘rganish. -Olingan ma’lumotlarni jadval va sxemada ishlab chiqish. -Kurs ishi ximoyasida kafedra o‘qituvchilari ishtiroq etish. -Kurs ishini baholashda har tomonlama bajargan ishlar hisobga olinadi. -Kurs ishi rahbari himoya qilingan ishni tahlil qilib, yakunlab beradi. -Kurs ishi himoyasi taqdimot shaklida namoyon qilinadi. - Muddatida ulgura olmagan yoki himoya qila olmagan talaba akdemik karzdor deb hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlash, tayyorlashga qo‘yiladigan talablar Reja: 1. Bitiruv malakaviy ishini mavzusini tanlash, tayyorlashga qo‘yiladigan talablar. 2. Bitiruv malakaviy ish mazmuni va unda qo‘yiladigan muammolarni hal qilish metodikasi. Bitiruv malakaviy ishini bajarish ketma – ketligi. Malakaviy ish oliy ta’lim muassasasining, odatda, ushbu maqsadda maxsus ajratilgan xonalarida bajariladi. Ayrim hollarda, malakaviy ish korxonalar, muassasalar, ilmiy, loyihalash va boshqa muassasalarda bajarilishi mumkin. Malakaviy ishning bajarilishi bo‘yicha talabaning hisobot berish muddatlarini dekanat nazorat etadi. Dekanat belgilagan muddatlarda, talaba malakaviy ishning bajarilishi haqida rahbar va kafedra mudiri oldida hisobot beradi. Kafedra mudiri malakaviy ishning tayyorlik holatini belgilaydi. Talaba-ish muallifi, tanlangan qarorning to‘g‘riligiga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, malakaviy ishda ko‘chirmachilik holatining yo‘qligiga javob beradi. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishni bajarish (keyingi satrlarda malakaviy ish) - oliy ta’lim muassasasi bakalavriyatida talabalarni o‘qitishning yakuniy bosqichidir. Malakaviy ishni bajarish maqsadi: Ta’lim bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytarish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo‘llash;
Do'stlaringiz bilan baham: |