Kurs ishini mavzusini tanlash, tayyorlashga qo‘yiladigan talablar Reja


Download 104.54 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi104.54 Kb.
#1520471
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
МТУМ-курс

- Barcha rasm va jadvallarning tartib raqami va nomerlari ko‘rsatilishi lozim. Ular matnda yozilish ketma-ketligi bo‘yicha belgilanadi. Oldin bo‘lim raqami, so‘ngra bo‘-limdagi rasm yoki jadvalning tartib raqami ko‘rsatiladi, masalan: Rasm 1.2 (Rasm nomi), Jadval 2.1 (Jadval nomi). Har bir rasm yoki jadvalga matn tushuntirish beriladi. - Hisoblash va boshqa formulalar, matning o‘rtasida beriladi. Bunda harflarning ma’nosi tushuntirilishi kerak. - Berilgan bo‘lim doirasida tushunchalar raqamlanishi lozim, masalan, (2.2) – ikkinchi bo‘limning ikkinchi formulasi. Formula nomeri kichkina qavs ichida 1-hoshiya chegarasida yoziladi. Formulalar shartli belgilar bosma harfda aniq qilib yozilishi kerak. - Tushuntirish xati qismidagi rasmlar va sxemalar alohida oq qog‘ozda chizilib matnga binoan joylashtiriladi. Rasmlar va sxemalar qora siyohda yoki kompyuterdan foydalangan holda DTS qoidasiga binoan bajarilishi lozim.

- O‘lchov birliklari, hajm va kattaliklar belgilari xalqaro SI tizimiga mos bo‘lishi kerak. - BMI asosiy qismi va ilovalari sahifalariningtartib raqami ikkiyoqlama xarakterda ega bo‘lishi kerak. Mundarijada BMI ning har bir bo‘limi sahifalarining tartib raqami ko‘rsatiladi. - Namoyish qilinadigan material A1 formatli vatman qog‘ozda ESKD talablariga binoan (yoki elektron talqinda) bajariladi. - Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini yozishga ham alohida e’tibor beriladi (20.2. – ma’ruzaga qarang). Izoh: Texnik vositalar yordamida BMI yozish imkoni bo‘lmagan holda rahbariyat roziligi bilan BMI ning tushuntirish xati qo‘lda yozilishi mumkin (hajmi 50-60 bet).

Malakaviy ishni himoya qilish. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so‘ng, ishni o‘z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Kafedra mudiri, taqdim etilgan materiallar asosida, malakaviy ishni talaba tomonidan DAK da himoya qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi. Agar, kafedra mudiri talabaning malakaviy ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb xisoblasa, masala kafedra majlisida, rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi.


Download 104.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling