Kurs ishining dolzarbligi
Download 51.82 Kb.
|
O\'zbekiston transporti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti.
Kurs ishining maqsadi. Transport tufayli iqtisodiy rayonlar ixtisoslashadi, xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida, turli soxalarda ularning birgalikda kompleks rivojlanishi ro`y beradi. N.N. Baranskiy bunday deb yozgan edi: “Rayonlar iqtisodiy ma`noda yagona bir butun xo`jalik tizimining ixtisoslashgan, differensiallashgan tarkibiy qismlari bo`lib ana shu tarkibiy qismlar o`rtasida ozmi-ko`pmi ayriboshlashsiz ularni tasavvur qilib bo`lmaydi, ya`ni yetarlicha taraqqiy etgan transportsiz tarkibiy qismlarni rivojlanishi mumkin emas”. Agar tarixga nazar tashlasak “Buyuk ipak yo`li” ustida joylashgan O`rta Osiyo hududlarida iqtisodiyot, madaniyat, ma`naviyat yaxshi taraqqiy etgan edi. Keyinchalik, Yevropadan Hindistonga dengiz yo`lining ochilishi (XV asrda) bilan karvon yo`llarida karvonlar qatnamay qo`ydilar.
Kurs ishining obyekti. Bu esa o`z navbatida O`rta Osiyo hududlarida iqtisodiyotni, hunarmandchilikni, madaniyatni rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Milliy iqtisodiyotni transportsiz rivojlantirish mumkin emas. Transport sanoat bilan qishloq xo`jaligi o`rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarini, mamlakatning turli hududlari o`rtasidagi mahsulot almashinishini, uning tashqi savdosini ta`minlaydi. Yangi hududlarni o`zlashtirishdan oldin ularga transport yo`llari o`tkaziladi. Hozirgi zamon shaharlari xayotini transportsiz tasavvur kilib bo`lmaydi. Transportni aholi turmush sharoitini yaxshilashdagi va mamlakat mudofaa quvvatini mustaxkamlashdagi ahamiyati juda katta. Transportning ishi haqida uning yuk tashish xajmiga karab fikr yuritish mumkin. Yuk tashish xajmi ma`lum vaqtda ma`lum masofaga tashilgan yuk miqdori bo`lib, u tonna kilometrda ifodalanadi. Hozirgi davrimizda tashqi iqtisodiy aloqalar iqtisodiy va ilmiy-tehnikaviy rivojlanishning qudratli jadallashtiruvchi omili bo`lib qoldi. Hozirgi vaqtda tashqi iqtisodiy aloqalar iqtisodiy va ilmiy-tehnikaviy rivojlanishining qudratli jadallashtiruvchi bo`lib qoldi. Hozirgi kunda fan va tehnika taraqqiyoti inqilobining eng yangi yutuqlarini egallash xalqaro mehnat taqsimotida chuqur va har tomonlama ishtirok etish bilan chambarchars bog`liqdir. Tehnika taraqqiyoti asrida ilmiy ishlarni, tovarlar va xizmatlarni intensiv tarzda almashtirmasdan turib yashash, o`z mablag`laridan nooqilona foydalanish, vaqtni qo`ldan boy berish, sur`atni yo`qotish demakdir. Xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish mamlakatimzni asosiy xalq xo`jalik vazifalarini xal etish uchun anchagina qo`shimcha imkoniyatlar bilan ta`minlaydi. Download 51.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling