Kurs ishining dolzarbligi


-2026 yillarda transport tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar


Download 51.82 Kb.
bet11/12
Sana23.12.2022
Hajmi51.82 Kb.
#1044191
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'zbekiston transporti

2.2. 2022-2026 yillarda transport tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar
Mutaxassis 2022-2026 yillarda transport tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar sifatida quyidagilarni aytib o‘tdi:

  • tezyurar poyezdlarni qo‘shimcha sotib olish yo‘li bilan yo‘lovchilar aylanishini ko‘paytirish va mamlakat hududlari o‘rtasida tezyurar poyezdlar qatnovini rivojlantirish. Tezyurar poyezdlar harakatlanadigan ikkita yo‘lakli yo‘l o‘tkazgichlarni qurish uchun sarmoyalarni jalb qilish;

  • yo‘lovchilar tashishni yuk tashish daromadlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri subsidiyalashtirishni bosqichma-bosqich bekor qilish va davlat budjet hisobiga o‘tkazish;

  • yuk egalari va yo‘lovchilarga davlat-xususiy sheriklik asosida onlayn tarzda xizmatlar ko‘rsatish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish;

  • O‘zbekistonning tranzit yo‘laklari chorrahasida jahon savdo zonasini tashkil etish;

  • normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, davlatlararo standartlarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish va temir yo‘l transporti, infratuzilma obektlari sohasidagi muvofiqlikni tasdiqlash tizimida ishlash;

  • ilmiy-tadqiqot institutlarini yaratish, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot va loyihalash ishlari hamda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish.

Mutaxassis ichki temir yo‘llarning raqobatbardoshligini oshirish va tranzit yuklarni muqobil temir yo‘ldan ichki temir yo‘lga yo‘naltirish uchun quyidagilar zarurligini ta'kidladi:

  • Afg‘oniston orqali Pokiston bilan, shuningdek, Qirg‘iziston orqali Xitoy bilan temir yo‘l aloqasini o‘rnatish;

  • G‘alaba (O‘zbekiston) va Peshovar stansiyalari o‘rtasida (Pokiston) logistika klasterlarini yaratish va Qashqar (Xitoy) va Andijon stansiyalari o‘rtasida (O‘zbekiston) intermodal tashishlarni tashkil etish lozim (temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali). Bu esa ushbu yo‘nalishda ham yuk egalari, ham Afg‘oniston va Qirg‘iziston transport kompaniyalari tomonidan yuk tashishga qiziqish uyg‘otadi;

  • mavjud xalqaro avtomagistrallardan foydalanish va yuklarni Qashqar (Xitoy)dan Andijon (O‘zbekiston)gacha va Peshovar (Pokiston)dan G‘alaba (O‘zbekiston)gacha bo‘lgan xalqaro avtomobil yo‘llarida tashishni tashkil etish.

Mutaxassis tomonidan havo transporti sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha quyidagicha takliflar ilgari surildi:

  • parvozlar geografiyasini kengaytirish. Ham to‘g‘ridan to‘g‘ri, ham tranzit yo‘lovchilar tashishni rivojlantirish, shuningdek, barcha yo‘nalishlarda parvozlar intervalini izchil oshirish;

  • yo‘lovchilar tashish bozorida transport xizmatlarining yangi turlarini, marketing va tarif siyosatini joriy etish maqsadida axborot texnologiyalarini modernizatsiya qilish;

  • mavjud xalqaro intermodal logistika markazlaridan maksimal darajada foydalangan holda Yevropa va Osiyo o‘rtasida muntazam yuk tashish yo‘nalishlarini samarali tashkil etish.

Yo‘l qurilishi va avtomobil transporti sohasida xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

  • transport infratuzilmasi obektlarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish sohasida yo‘llarning tirbandligini kamaytirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganishni hisobga olgan holda yangi yondashuvlarni qo‘llash (yuqori tezlikdagi yo‘l o‘tkazgichlar, yer usti metrosi, ko‘priklar, tunnellar va boshqalar);

  • yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish va monitoring qilish tizimidan foydalangan holda xalqaro, mintaqaviy, davlat va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun investitsiya mablag‘larini jalb qilish;

  • davlat va xususiy sheriklik asosida shaharlar va viloyat markazlarida avtostansiyalarni, shuningdek, yo‘l bo‘yidagi infratuzilma obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish;

  • joriy yo‘l infratuzilmasiga yukni kamaytirish maqsadida muqobil pullik yo‘llar tarmog‘ini yaratish;

  • jamoat transportining favqulodda xizmat ko‘rsatish tizimlari bilan integratsiyalashgan holda onlayn rejimida amalga oshirilishini monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish, shuningdek, jamoat transportida yo‘lovchilar to‘lovlarini amalga oshirish tizimlarini to‘laligicha raqamlashtirish.

Ma’lumki, O’zbekiston qadim zamonlardan G’arb va SHarqni bog’lovchi Buyuk ipak yo’lida joylashgan davlat sifatida mashhur bo’lgan. Endilikda ana shu qadimiy yo’l yangicha sayqal topib, ellarni-ellarga bog’lab kelmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizni modernizasiya qilish va yangilash, iqtisodiyotimizning sifat jihatidan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish transport va kommunikasiya tizimini takomillashtirish bilan uzviy bog’liq.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O’zbekistonning transport va kommunikasiya tizimini takomillashtirishda eski mustabid tuzumdan qolgan muammolarni hal etish talab qilinardi. Bu muammolar respublikamizning Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasiga olib boradigan temir yo’llarning qo’shni Turkmaniston hududi orqali o’tishiga barham berish, respublikada yangi dunyo talabiga javob beradigan avtomobil yo’llarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, aviasiya infratuzilmasini takomillashtirishdan iborat edi.
Yuqorida keltirib o’tilgan muammolarni hal e’tish uchun transport tizimini isloh qilishning strategik yo’nalishlari belgilab olindi va respublikada yagona milliy transport tizimini yaratish ishlari boshlab yuborildi. Sohaning barcha tarmoqlari – temir yo’l, avtomobil, aviasiya transportining rivojlanishiga asos solindi. O’zbekistondagi avtomobil va temir yo’llarning raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha dolzarb vazifalar belgilandi.
O’zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda tutgan o’rni, sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish va takomillashtirishning 1995-2010 yillarga mo’ljallangan milliy dasturi ishlab chiqildi. SHu dastur doirasida 1996 yildan “Toshkent–Andijon–O’sh” magistralining 100 km.dan ortiq tog’li uchastkalarida “Qamchiq” va “Rezak” tunnellarini qurish ishlari boshlandi. “Olma-ota–Bishkek–Toshkent–Termiz” va “Samarqand–Buxoro–Ashxabot–Turkmanboshi” avtomobil yo’lining respublika hududidan o’tadigan qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O’zbekistonni Qozog’iston orqali Rossiya Federasiyasi bilan bog’laydigan 340 kilometrli “Qo’ng’irot–Beynov” avtomobil yo’li qurilishi yakunlandi.

Download 51.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling