Kurs ishining dolzarbligi


Download 107.5 Kb.
bet2/7
Sana14.05.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1458512
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshlang`ich sinflarda to`garak mashg’ulotlarini o`tish metodikasi

Kurs ishining vazifasi: O’zbekiston Respublikasining «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasi», bu ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda asos bo’ladi.
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazishning samarali shakl va usullarini aniqlash.
Kurs ishining maqsadi: Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazishning samarali shakl va usullarini aniqlash.
Kurs ishini ob`ekti: Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazish jarayoni.
I bob. To’garak tarbiyasining maqsad va vazifalari.
1.1 Maktabda To’garak tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari
Yurtboshimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch asarida ta‘lim – tarbiya haqida quyidagi fikrlarni bildirgan. ― Ma‘naviyatni shakllantirishga bevosita ta‘sir qiladigan yana bir muhimhayotiy omil – bu ta‘lim – tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma‘lumki, ota – bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilm – u ma‘rifat, ta‘lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan‖ar.
Albbatta, ta‘lim – tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya‘ni xalq ma‘naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta‘lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma‘naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.
Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutloqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab ta‘lim – tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab – quvvatlashishini talab qiladigan umummilliy masaladir.
Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta‘lim – tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning o‘rni benihoya katta.
Matematikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni darsmashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda qaratilgan bo‘lishi kerak. Shundagina sinfdan tashqari mashg‘ulotlar dars mashg‘ulotlarining mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qila oladi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda ko‘pincha yuqori sinflar nazarda tutiladi. Lekin ilg‘or tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang‘ich sinflarda ham sinfdan tashqari turli
– tuman formalarda mashg‘ulotlar olib borishning potensial imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanish o‘qitishda boshlang‘ich va yuqori sinflaruzviyligini ta‘minlaydi. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o‘quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi. Matematika to‘garagi ishi, uni to'g'ri tashkil qilganda va uni o‘tkazish metodikastdan to'g'ri foydalanganda, o‘quvchilarda matematikaga qiziqish uyg'otish va bu qiziqishni rivojlantirish, ularning bilish aktivlari va matematik qobiliyatlarini rivojiantirishga imkon beradi. Mustaqil ishlash ko‘nikmalarini singdiradi, o‘z kuchlariga ishonchni, qiyinchiliklarini mustaqil bartaraf qilish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalar to‘garak ish jarayonida o‘zlarining matematika jihatidan o‘sganliklarini, yangi bilimlar va malakalar olganliklarini anglab yetishlari katta ahamtyatiga ega. Shu boisdan o‘tkaziladigan mustaqil ishlar natijalarini o‘quvchilarning umumiy va individual muvaffaqiyatlarini ta'kidlagan holda to‘la batafsil tahlil qilish kerak. To‘garakning ba'zi mashg'ulotlariga o‘quvchilarning ota-onalarini ham taklif qilish mumkin. Matematik savollar va masalalalarning turli-tumanligiga qaramay kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan to‘garak mashg'ulotlari mazmuni quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
1. Rejalashtiruvchi material dastur materiali bilan bog‘lanishga ega. Bunda hisoblash amallari qaralayotgan sinf dasturi talablaridan ortib ketmaydi, hisoblashlar, masalalar yechish, geometrik figuralarni yasashlarga amaliyot bilan nazariya orasidagi bog'lanishi ta'minlanishi kerak.
2. O‘rganilayotgan masalalar istiqbol maqsadlarga ega bo‘lishi, ya'ni o‘quvchilarni kelajakda o‘rganilishi nazarda tutilgan matematik masalalarni, masalan: to‘plam, funksional bog'lanish, algebraik simvolika, tenglamalar,
grafiklar, ular yordamida arifmetik masalalarni yechish va xokazolarni o‘rganishda tayyorlanish maqsadlariga ega bo‘lishi mumkin.
3. O‘rganiladigan masalalarning mazmuni qaralayotgan yoshdagi bolalarning kuchlari yetadigan, ularda matematikaga muhabbat va uni o‘rganishga qiziqish uyg'otadigan asosiy ta'lim va tarbiyaviy masalalarni hal qilish imkonini beradigan bo‘lishi kerak. Qiyinroq misol va masalalar yechish, o‘quvchilar tafakkurini, konkretdan abstraktga o‘tish, zarur umumlashtirishlarini qila olish qobiliyatlarini rivojlantirish va xokazolar to‘garak ishi mazmuniga kiradi. Qiziqarlilik harakteridagi mashqlar, arifmetik fokuslar, «ajoyib» kvadratlar, topishmoqlaqiziqarli o‘yinlar, she'rlar va xokazolar katta o‘rin oladi, Shu bilan birga materialni qiziqarli bo‘lishi yagona maqsad emas, qaraladigan matematik qoidalar, qonuniyatlar va boshqalarni chuqurroq tushuntirishga imkon beradi. To‘garak mashg'ulotlarida o‘qituvchilar suhbatlariga, to‘garak a'zolarining chiqishlariga katta o‘rin ajratiladi, ba'zi nazariy material o‘qituvchilar suhbatlarida bayon qilinadi, qiziqarli matematik masalalar beriladi.
Matematika to‘garagida bir guruh bolalarning ishtirok qilish va ularning qiladigan ishlari faqat to‘garak qatnashchilargina emas, balki sinfdoshlarning hammasi uchun ham katta ahamiyatga egadir.

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling