Kurs ishining dolzarbligi
Boyo’g’li 3 opa-singil sichqonchaga jumboq berdi
Download 107.5 Kb.
|
Boshlang`ich sinflarda to`garak mashg’ulotlarini o`tish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Mashgulot. Bolalarga yordam bering!
Boyo’g’li 3 opa-singil sichqonchaga jumboq berdi.
Ularga yordam bering! 1. Raqamlari yig'indisi 3 dan oshmaydigan va uch xil raqamdan iborat son yozing. 2. Topgan sonlaringizdagi raqamlar o‘rnini shunday almashtiring-ki, ularning kattasidan kichigini (yangi hosil bo‘lgani va avvalgisi) ni ayirgandagi tafovut 33 x 3 ga teng kelsin. 3. Shu hosil qiiingan ikki sonni qo‘shganda esa yig‘indidagi uch raqamdan ikkitasi albatta 3 bo‘lsin. Endi mavjud shu uchta uch xonali sonning har biri eng kichik to‘rt xonali sondan nechta kam ekanligini toping-chi? Yecha olasizmi? 3x33+333:3-33. x:3-222=111 “AJIB HISOB” To’garagi mashg’ulot ishlanmalari 1-Mashg’ulot, «Nol»ning ma'nosi nima? Arifmetika, matematika, nol, natural, million, milliard, billion, trillion terminlarining lug‘aviy ma'nolari Arifmetika — grekcha «arithmos» so‘zidan olingan bo‘lib, son san'ati, degan ma'noni bildiradi. 2. «Nol» atamasi lotincha «nullus» so‘zidan kelib chiqqan va o‘zbekcha hech qanday, bo‘sh, degan ma'nolarni bildiradi. 3. «Natural» atamasi lotincha «naturalic» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida haqiqiy yoki tabiiy, degan ma'noni bildiradi. 4. «Matematika» atamasi grekcha «mathema» so‘zidan olingan va o‘zbekcha fan, bilim ma'nosini bildiradi. Buni Pifagor kiritgan. 5 «Million» atamasi fransuzcha «million» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida ming marta ming, degan ma'noni bildiradi. 6. «Milliard» atamasi fransuz tilidagi ―milluard‖ so‘zidan kelib chiqqan va o‘zbekcha ming million, degan ma'noni bildiradi. 7.«Billion» atamasi XV asrda kiritilgan. 8.«Trillion» atamasi XV asrda kiritilgan. 2-Mashg'ulot. Bolalarga yordam bering! 1. 20 ta yong‘oqni besh nafar bolaga toq donadan bo‘lib bersa bo‘ladimi? 2. Uchta 5 raqami yordamida 2, 5 sonlarini hosil qiling. 3. 123456789 raqamlarini tartibini o‘zgartirmasdan qo‘shish va ayrish amallarini shunday joylashtirinki natijada 100 hosil bo‘lsin.Zarur holatda ikki yoki uch xonali son sifatida foydalanish mumkin. 4. Bo‘linma bo‘linuvchidan 17 marta kichik. Bo‘luvchini toping. 5. Yulduzchalar o‘rnidagi raqamlarni toping. 6. Berilgan XXII, XXXIV. DXV, MMI, MCXLVI rim raqamlarini arab raqamlari ko‘rinishda yozing. 7. Bir xil shakldagi 9 ta xalqadan bittasi yengilroq. Pallali tarozda taroz toshlaridan foydalanmasdan ikki marta tortishda yengil xalqani topish mumkinmi? 8. To‘rtta butun musbat sonlarning yig‘indisi va ko‘paytmasi 8ga teng. Shu sonlarni toping. Download 107.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling