Kurs ishining maqsad va vazifalari
Download 1,35 Mb. Pdf ko'rish
|
14162 1 3968067C430FC02DDEA2829B4E81771B6E92654C
25 KURS ISHLARINING TARKIBIY TUZILISHI Kurs ishi titul varag`i, mundarija, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat bulishi shart. Agar ilovalar bo`lsa, adabiyotlar ruyxatidan keyin joylashtiriladi. Kurs ishi rejasi 5-6 paragrafdan iborat bo`lib, ular kurs ishida o`rganilayotgan muammo xususiyatlarini qamrab olishi lozim. Shuningdek, kurs ishi o‘zbek tilida bo‘lsa, lotin alifbosida, rus tilida bo‘lsa, kiril alifbosida yozilishi kerak. Tahlil qilinayotgan muammo yuzasidan talaba turli adabiyot va manbalardan foydalanadi. Ishda talabalar professional etika qoidalarini buzilishiga (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish hamda yolg‘on sitata keltirish) yo‘l qo‘ymasliklari lozim. Kurs ishi, qoida tariqasida, standart varaqda 1,5 qator oralig‘ida yozilishi lozim, har bir bet hoshiyasi: yuqoridan, pastdan va o‘ngdan 2 sm, chapdan 3 sm bo‘lishi, xat boshi 5 belgiga teng va bir xilda bo‘ladi. Kurs ishi matnini kompyuter vositasida bosib chiqarishda Times New Roman 14 o‘lchamli shriftni qo‘llagan holda Microsoft Word matn muharriridan foydalanish tavsiya qilinadi. Kurs ishida ishtiboxlar (ssilka) 2 xil kurinishda Vstavka – Ssilka – Snoska, ya’ni, quyidagicha: 1 , (ishtibohda 11 o`lchamli shrift qo`llaniladi) yoki kvadrat qavslardagi raqamlar yordamida, masalan, [8, 62] shaklida. Ya`ni, bunda adabiyotning adabiyotlar ro`yxatidagi raqami va beti ko`rsatiladi. Ishning hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro‘yxatidan tashqari 25-30 bet bulish talablari hisobga olinishi shart. Adabiyotlar ruyxati alfavit tartibida beriladi. Download 1,35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling