Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana25.08.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1670044
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
14162 1 3968067C430FC02DDEA2829B4E81771B6E92654C














 



KURS ISHINING MAQSAD VA VAZIFALARI 
 
Oliy ta’limning filologiya va tillarni o`qitish hamda xorijiy til va adabiyoti 
yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bitiruvchilarida pedagogik va ilmiy masalalarni 
yechimini topishga imkon beruvchi chuqur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda 
kurs loyihalarining ahamiyati kattadir. Kurs loyihasini bajarish jarayonida talaba 
egallagan nazariy bilimlari va mavjud me’yoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar va 
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib amaliy masalalarni mustaqil 
ravishda yechish hamda o‘z g‘oya va yechimlarini jamoada himoya qilish 
ko‘nikmasini egallaydi. 
Kurs ishini bajarishdan maqsad – o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan muayyan 
fan bo‘yicha ma’ruza, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarda bo‘lgan nazariy va amaliy 
bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va ushbu bilimlarini 
chet tilini o`qitish, shuningdek, tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalarini 
zamon talablari asosida yechishda qo‘llashdir. 
Kurs ishlari tizimi orqali talaba yanada chuqurroq ilmiy pedagogik 
muammoni – kelgusi tadqiqot ishlarini bajarishga tayorlanadi. Shu bilan bir 
qatorda kurs loyihisi talabada davlat ta’lim standartlari, soha me’yorlari, 
ma’lumotnomalar, jadvallar, respublikamizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot 
yo`nalishlari, yo‘riqnomalar va muqaddam egallangan tajribalardan foydalanish 
ko‘nikmasini shakllantiradi. Shuningdek, kurs ishi talabalarni mustaqil fikrlashga 
o`rgatish, mustaqil ijodiy ishlash, ma’lumotlarni izlash, yig`ish, qayta ishlash va 
saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalana 
olish va rasmiylashtirish ko‘nikmalarini hosil qilishi lozim. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling