Kurs ishining maqsadi va vazifalari


- TOPSHIRIQ SHPONKALI BIRIKMALARNING QO’YIM VA O’TKAZISHLARI


Download 445.76 Kb.
bet3/6
Sana05.05.2023
Hajmi445.76 Kb.
#1429634
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
шахзод курсавой

3- TOPSHIRIQ SHPONKALI BIRIKMALARNING QO’YIM VA O’TKAZISHLARI


Prizma, segment va pona shponkalar bilan sodir bo‘ladigan birikmalar standartlashtirilgan. Bularning ichida mashinasozlikda eng ko‘p tarqalgani prizma shponkali birikmalardir. Ular o‘lchamlarining chegaraviy og‘ishlari ST SEV 189-75 va ST SEV 57-73 standartlar bo‘yicha normallashtirilgan. Shponkali birikmalar birikish tabiatiga qarab 3 turga bo‘linadi: erkin, normal, zich.
Sanoatda 3 xil: A,V,S prizma shponkalar ishlab chiqariladi. Ularning shartli belgilari:
A-shponka bxhxl ST SEV 189-75; V-shponka bxhxl ST SEV 189-75; S-shponka bxhxl ST SEV 189-75 bu yerda b, h, l,- mos ravishda shponka eni, balandligi, uzunligining nominal o’lchamlari.
Shponka eni bo‘yicha val bilan qo‘zg‘almas, vtulka bilan esa qo‘zg‘aluvchan o‘tqazishlar yordamida birikadi. Taranglik shponkani ishlatilishi davomida qo‘zg‘almaslik,oraliq esa ariqcha sirt yuzalarining shakl va joylashish og‘ishlarini qoplash uchun zarur. Prizma shponka bilan xosil bo‘ladigan birikmalarning o‘tkazish o‘lchamlari, chegaraviy og‘ishlari na qo‘yim maydonlari 3.4 jadvalda keltirilgan.

ST ST SEV 189-75 bo’yicha shponka sirtlarining va ularning val va vtulkadagi o’tirish joylarini g’adir-budirliklarini tavsiya etilgan qiymatlari 3.1 rasmda ko’rsatilgan.

  1. Prizma shponka bilan hosil bo’lgan birikmaning nominal o’lchamlarini aniqladim va uning shartli belgilanishini yozdim.

  2. Shponkali birikmalarning hamma elementlaridagi chegaraviy og’ishlarni va qo’yim maydonlarini aniqladim.

  3. Shponkani eni "А" bo’yicha qo’yim maydonining grafik tasvirini qurdim.

  4. Birikmaning yig’ma va detallashtirilgan eskizini chizdim.

Sinov daftarchasining tartib raqami 22 (oxirgi raqam-2, undan oldingisi-2, ularning yig’indisi juft son), qo’llanmadagi 3.1- jadvaldan topshiriqning boshlang’ich ma’lumotlarini aniqlaymiz: val va vtulkaning birikish diametri mm; shponka turi "А", birikish xususiyati erkin.

  1. Shponkali birikma elementlarining nominal o’lchamlarini 3.2-jadvaldan aniqlaymiz: (ST SEV 189-75): mm uchun (22-110 oralikda) shponka eni B=10 mm, balanligi h=8 mm; ariqchaning chuqurligi valda t1=5 mm vtulkada esa t2=3.3 mm; doiraviylik radiusi (faska) r=Sx45=0.30 mm. Shponkaning uzunligi 70 mm uning vazifasiga va uzatayotgan burovchi momentiga nisbatan 22-110 mm oraliqdan olinadi. Bu topshiriqda kuch hisoblab topilmaganligi uchun uning miqdori tavsiya etilgan qatordan qabul qilingan: (3.2-jadval)

Shponkaning shartli belgilanishi:
Shponka А 10x8x70 ST SEV 189-75

  1. Normal birikma uchun 3.3 jadvaldan birikuvchi o’lchamlarning qo’yim maydonlarini aniqlaymiz:

Shponkaning eni uchun - h9; Valdagi ariqchaning eni uchun – H9; Vtulkadagi ariqchaning eni uchun D10.

  1. 4-jadvaldan esa birikmaydigan o’lchamlarning qo’yim maydonlarini aniqlaymiz:

Shponkaning balandligi – h11; Shponkaning uzunligi – H14; Valdagi shponka uchun ariqchaning uzunligi - H15.
Prizma shponkali birikmalarning asosiy o’lchamlari, mm /SТ SEV 189-75 bo’yicha/
Izox: Shponkaning uzunligi quyidagi qatordan tanlanishi shart:
6; 8; 10; 12; 14; 16; 18; 20; 22; 25; 28; 32; 36; 40; 45; 50; 50; 56; 63; 70; 80; 90; 100;110; 125; 140; 160; 180; 200; 220; 250; 280; 320; 400; 450; 500.
Prizmali shponka “B” o’lchamning
SТ SEV 57-73 bo’yicha qo’yimlar maydoni
Prizmali shponkaning birikmalardagi o’lchamlarning SТ SEV 57-73 bo’yicha qo’yimlar maydoni va chegaraviy chetga chiqishlari.

Ko’rsatilgan o’lchamlar uchun shu chegaraviy chetga chiqishlar manfiy qiymat bilan belgilanadi.


Shponkaning balandligi h=2÷6 mm bo’lgan holda.
Shponkaning balandligi – h 11
Shponkaning uzunligi – h 14
Valdagi shponka uchun ariqchaning uzunligi - H15
Val va teshik sistemasi bo’yicha ilovadagi jadvaldan (ST SEV 144-75) o’lchamlarning chegaraviy og’ishlarini aniqmaymiz: 10h9(0; -36); 32H9(0; 62); 32D10(80; 180); 8h11(0;-90); 70H14(0; 740); 0H15(0; 1200)
Chizmada ko’rsatiladigan val (t1) va vtulkadagi (d+t2) ariqchalar o’lchamlarining og’ishlarini aniqlaymiz: Shponkaning balandligi h=8 mm bo’lganda 3.4-jadvaldan 22-110 mm oraliqda: t=0,2; t1 =5+0,2=5+0,2 d-t1=26+0,8 va t2=3.3+0,2=3.3+0,2 d+t2=35.3+0,2.
Shponkaning eni "A" bo’yicha qo’yim maydonini grafik tasvirini quramiz:
4. Birikmaning yigma va detallashtirilgan eskizini chizamiz. (3.3 rasm)

Download 445.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling