Kurs ishining maqsadi va vazifalari


- TOPSHIRIQ CHAYQALISH PODSHIPNIKLARNING QO’YIM VA O’TKAZISHLARI


Download 445.76 Kb.
bet2/6
Sana05.05.2023
Hajmi445.76 Kb.
#1429634
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
шахзод курсавой

2- TOPSHIRIQ CHAYQALISH PODSHIPNIKLARNING QO’YIM VA O’TKAZISHLARI.


Texnik talablarga binoan zo’ldirli va kulachokli chayqalish podshipniklarga
(ST SEV 774-77) beshta aniqlik sinflari belgilangan: 0,6,5,4,2. Bu tartib aniqlikni oshishi bo‘yicha berilgan. Podshipniklarni belgilashda aniqlik sinfi uning tartib raqamidan oldin ko‘rsatiladi. Shartli belgi misoli: 4-213 zoldirli radial podshipnik, birqatorlik, yengil seriyali -213, aniqlik sinfi - 4.
Podshipniklar nomenklaturasini kamaytirish maqsadida ularni val va korpus bilan birikuvchi o‘lchamini ko‘yimlarga bog‘liq bo’lmagan ogishlar bilan tayyorlanadi. Bu og‘ishlar nol chizig’i bo‘yicha manfiy tomonga yo‘nalgan. (rasm 2.1)

Rasm 2.1
Bu yerda: D-tashqi diametr, d-ichki diametr, V-kenglik, b-ichki kenglik, r-doiralash radiusi.
2.1. rasm Podshipnikning birikuvchi o‘lchamlari va ichki hamda tashqi diametrlarning qo’yim maydonlari.
Qo‘yimlar sonini kengaytirish maqsadida podshipnikning ichki xalqasi valga-teshik, tashki xalqasi korpusga-val sistemasida o‘tkaziladi.
Val va korpus teshigining podshipnik o‘tqazish joylarini shakl o‘ishlari 0-va 6- sinfdagi podshipniqlar uchun 1/2 T, 5- va 4- sinfdagilar uchun - 1/4 T dan oshishi mumkin emas. Ularning g‘adir-budirligi podshipnikning aniqlik sinfi bo‘yicha Ra - 0,32 dan 2,5 mkm gacha belgilanadi.
1. Topshiriqni bajarish tartibi.

  1. Podshipnikning tartib raqamiga karab uning nominal o’lchamlarini aniqlang:

tashqi va ichki o’tqazishlar diametrlari-D va d; kengligi-V, tashqi va ichki xalqalarini doiralash radiusi-r.

  1. O’rtacha yuklangan (yuklanish 150% ortiq emas) chayqalish podshipnigining "ichki xalqa - yaxlit val" va "tashqi xalqa - korpusning qalin devori birikmalariga o‘tkazishlar tanlang. O‘tkazish yuzalarini, shakl qo’yimlarini va g‘adirbudirlik kursatkichlarini aniqlang.

  2. Birikmaning qo‘yim maydondlari sxemasini chizing. Chegaraviy oraliqlarni va tarangliklarni, hamda o’tqazish qo‘yimlarini tanlang.

  3. Birikmaning yig‘ma va detallashtirilgan eskizini chizing.

2. Topshiriqni bajarish misoli.
Sinov daftarchasining tartib raqami 22 (oxirgi raqam 2, undan oldingisi 2, ularning yig’indisi juft son).
Qo’llanmadagi 2.1 jadvaldan topshiriqning boshlang’ich ma’lumotlarini aniqlaymiz: Podshipnikning nomeri 213, aniqlik sinfi 4, radial yuklanish 9.15 kN, tashqi xalqa aylanuvchi ichki xalqa mahalliy yuklanish qabul qiladi, tashki xalqa - stirkulyasiyali.

  1. Podshipnikning asosiy nominal o’lchamlarini aniqlaymiz: (jadval 2.2) D=120 mm, d=65 mm, V=23 mm, r=2,5 mm.

  2. Val va korpusga podshipnikning o’tqazishlarini aniqlaymiz: Ichki xalqaga sirkulyasiyali yuklanish ta’sir qilganligi uchun shu xalqani korpusga o’tqazishni tanlashda radial yuklanishning jadalligi inobatga olinadi.

Radial yuklanishning jadalligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

bu yerda: R -radial yuklanish, kN (9.15 kN) b=V-2r=23-2.2,5=18 mm=18*10-3m.
Kn – o’tkazishning dinamik koeffisienti, yuklanish 150% dan ortiq bo’lmagani uchun Kn=1.
Fl - tayanchga o’q bo’yicha yuklanish tushganda radial yuklanishning kulachok qatorlari yoki zoldirli podshipniklar oraliqlaridagi notekis taqsimlash koeffisienti. Bir qatorlik zoldirli radial podshipniklar uchun Fl = l.
F- yupqa devorli korpusga o’tqazishda taranglikning bo’shashish darajasini inobatga oluvchi koeffisient. Bizning misolda val to’liq, korpus esa qalin devorlik bo’lgani uchun F=l.
R, Kn, Fl, F ko’rsatkichlarining qiymatlarini (1) ifodaga qo’ygan holda qiymati:
=
.3 - jadvaldan sirkulyasiyali yuklangan, tashqi xalqasi D=120 mm aniqlik sinfi 4 va PR= bo’lgan holat uchun valga qo’yim maydonini aniqlaymiz. K6( 120 K6). 2.4jadvaldan mahalliy yuklangan ichki xalqa bo’yicha teshikning o’tqazish maydonini tanlaymiz. Bu yerda shuni inobatga olish kerakki, qaysi xalqa aylansa (bizning misolimizda tashqi xalqa), shu xalqa korpusga teshikka nisbatan taranglik bilan o’tqaziladi.
Shunga asoslangan holda teshikning qo’yim maydoni qilib – K6( 120K6) ni tanlaymiz.
3. Birikmalarning (korpus podshipnigining tashqi xalqasi va val podshipnigining ichki xalqasi) qo’yim maydonlarini qurish uchun 2.4- va 2.5-jadvaldan 4-aniqlik sinfidagi podshipniklar uchun o’tkazish o’lchamlarining chegaraviy og’ishlarini aniqlaymiz. Ichki xalqa bo’yicha ( 65 mm o’lchamga) yuqori = 0, quyi = -7 va tashqi xalqa uchun (Ø 120 mm o’lchamga) yuqori = 0, qo’yim -8 mm.
Qo’yim va o’tqazishlarning ST SEV 144-75 jadvalidan (ilova) 120 K6, valning chegaraviy og’ishlarini teshik sistemasidan va 65 k5 korpus teshigini esa val sistemasidan topamiz:

2.6-jadval Val va tana teshiklari o’tkazish sirtlarini g’adir-budirligi, mkm.



Qo’yimlar maydonining joylashishi 2.2-rasmda ko’rsatilgan.
"Val ichki xalqa "birikmasidagi eng katta oraliq Smax=22 mkm.
Birikmalarning yig’ma va detallashtirilgan eskizlari 2.3- rasmda keltirilgan.
Qopqoq (4) bilan korpus, vtulka (2) bilan val birikmalariga o’tqazishlarni tanlayotganda val va korpus teshigiga tanlangan qo’yimlarni inobatga olish kerak. By birikmalar yig’ilishini va qismlarga ajralishini ta’minlash uchun ularning o’tqazishlarini oraliqli qilib tanlash kerak, hamda qopqoq va vtulkalarga ishlov berish kvalitetlarni korpus va val sirtlariga nisbatan ancha kamroq qilib olish mumkin.
Val va korpus teshigining o’tkazish, hamda qopqoq va vtulka birikuvchi yuzalarining g’adir budirliklari 2.6 jadvalda keltirilgan. Bizning misolimizda 4-aniqliq sinfidagi podshipnik uchun g’adir-budirlik val sirtida Ra=1.25 mkm ( 65 mm bo’lganda) va korpus teshigida Ra=1.25 mkm ( 120 bo’lganda). Vtulka yon tomonning g’adir-budirligi Ra=1.25 mkm, qopqoqning yon tomonida esa Ra=2.5 mkm.
Val va korpus teshigining podshipnik bilan birikuvchi sirtlaridagi shakl og’ishlar bizning misolimizdagi podshipnik uchun Td/2 quyidagicha bo’ladi. Val uchun:

Korpus teshigi uchun:

.



Download 445.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling