15
9. Kurs ishi himoyasi.
Kurs ishi himoyasi kurs ishi bajarilishining
yakuniy bosqichlaridan biri
hisoblanadi. Tugallangan kurs ishi belgilangan muddatda kafedraga tekshirish
uchun topshiriladi. Past saviyada sifatsiz bajarilgan ishlar, ilmiy rahbarning yozma
taqrizi bilan ishdagi kamchiliklarni to‘ldirish va qayta
ishlash uchun talabalarga
qaytariladi. Belgilangan talablar darajasida sifatli bajarilgan ishlar ilmiy rahbar
tomonidan kafedrada himoya qilish uchun ruxsat beriladi.
Kurs ishi himoyasi uchun har bir talabaga 5-10 daqiqa vaqt beriladi.
Himoya jarayonida kurs ishi mavzusi doirasida savol
va topshiriqlar berilishi
mumkin.
Kafedrada kurs ishini himoya qilish uchun maxsus komissiya tuziladi.
Komissiya tarkibida yetakchi mutaxassis, tajribali professor – o‘qituvchilar va kurs
ishi rahbari bo‘lishi lozim, uning soni 2-3 kishidan ortmasligi kerak.
Kurs ishi himoyasi komissiya tomonidan baholanadi, so‘ngra
himoya
yakuni bo‘yicha komissiya qarori e’lon qilinadi. Kurs ishlari,
qaydnoma va
taqrizlar bilan birga kafedraga topshiriladi, so‘ng arxivga saqlash uchun universitet
arxiviga ro‘yxat asosida topshiriladi.
Namunali bajarilgan kurs ishlari talabalarning ilmiy ishlari ko‘riklariga,
tanlovlarga, internet saytlariga joylashtirishga tavsiya qilinishi mumkin.
Kurs ishida bayon qilingan ma’lumotlar va manbalardan talabalar tomonidan
bitiruv malakaviy ishlarni yozish jarayonida foydalanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: