Kurs ishlarini bajarish va himoya qilish bo‘yicha


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 354.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/29
Sana01.03.2023
Hajmi354.37 Kb.
#1241752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
Kurs ishlarini bajarish bo\'yicha Uslubiy ko\'rsatma 2022

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzishda ishning xulosa qismidan 
keyin keltiriladi, ro‘yxatga faqat ishni yozish jarayonida muallif tomonidan 
foydalanilgan adabiyotlar, qonunlar, qarorlar, maqolalar, tezislar, avtoreferetlar, 
jurnallar, gazetalar va h.k.lar kiritiladi. 
Amaldagi «Xujjatlarni biblografik ro‘yxatga olish» davlat standartiga 
muvofiq kurs ishlarida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida quyidagilar 
keltiriladi: 
- kitob, monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanmalar uchun muallif(lar)ning 
familiyasi, ismi, va otasining ismi bosh harflari, kitobning nomi, nashr joyi 
(shahar), nashriyot nomi, nashr yili, betlar; 
- to‘plamdagi maqolalar va tezislar uchun muallif(lar)ning familiyasi, ismi va 
otasining ismi bosh harflari, maqola nomi, to‘plamning nomi, nashr joyi (shahar) 
nashr yili, betlar to‘plamdagi maqola nomi to‘plam nomidan // belgisi bilan 
ajratiladi. 
- jurnaldagi maqolalar uchun muallifning familiyasi, maqola nomi, jurnal 
nomi yili, betlari, maqola nomi ham jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi. 


12 
Kurs ishida foydalanilgan manbaalar adabiyotlar ro‘yxatidan alfavit 
bo‘yicha joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma’lumotlarni internetdan olgan 
bo‘lsa, muallif va ishning nomi keyin WEB sayti ko‘rsatiladi. 
Kurs ishini yozish jarayonida talaba adabiyotlarida keltirilgan boshqa olim 
va mutaxassislarning fikrlarini keltirish mumkin. Bunday hollarda matnda ushbu 
adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qo‘llaniladi. 
Ayrim vaqtlarda mavzuga oid qonunlar, xukumat qarorlari va me’yoriy 
xujjatlardan aynan ko‘chirmalar keltiriladi. Bunday hollarda satr osti izohi beriladi. 
Satr osti izohlari sahifa so‘ngida berilib, matnda har bir sahifa uchun 
ketma – ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan belgilanadi. 
Ilovalar qismida kurs ishi mavzusiga oid chizmalar, jadvallar, klaster 
texnologiyasi asosidagi kategoriyalar va turli tushuncharni keltirib o‘tishi yoki 
matn tarzida atamalar asosida izohlarni keltirib o‘tishi lozim. Ilovalar qismida kurs 
ishi mavzusiga tegishli boshqa chizmalardan ham foydalanish mumkin. 
Kurs ishini yozishda talaba avallo rahbarning ko‘rsatma va maslahatlariga 
rioya etishi zarurdir. 

Download 354.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling