Kurs ishlarini bajarish va himoya qilish bo‘yicha
Ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash
Download 354.37 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishlarini bajarish bo\'yicha Uslubiy ko\'rsatma 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qismda
- Xulosa qismida
6. Ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash. Ushbu bosqichda talaba adabiyotlar, internet ma’lumotlari va boshqa manbalar asosida mavzuni har tomonlama yoritish maqsadida ma’lumotlar to‘playdi va ular bo‘yicha hisob – kitoblarni amalga oshiradi. Ushbu bosqichda ta’limiy va tarbiyaviy taxlil usullaridan foydalanib, tegishli xulosalar chiqariladi. 10 Kurs ishini yozish jarayonida bakalavriat ta’limi yo‘nalishining semestr yakunidagi malakaviy amaliyot va unga oid o‘quv-metodik materiallaridan hisob shakllari, o‘quv jarayoni ko‘rsatkichlari asosida foydalanish ham tanlangan mavzuning amaliy jihatini aks ettiradi. Kurs ishi nazariy jihatdan turli manbalardagi ma’lumotlar taxliliga asoslangan bo‘lib, mavzuga mos muammolar, takliflar, sxema, grafik, jadval va diogrammalarda mujassamlashtirilgan bo‘lishi lozim. 7. Kurs ishi matnini yozish. Kurs ishini bajarishda uni yozish va rasmiylashtirish muhim va ma’suliyatli bosqich hisoblanadi. Kirish qismida talaba tanlagan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ahamiyati, uni o‘rganish darajasi, metodlari, yangiligi, muammoni o‘rganishga qaratilganligi, va kurs ishi bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan masalalar mazmunining qisqa (2-3 bet) bayon etadi. Shuningdek, kurs ishining kirish qismida mavzuning hozirgi kundagi dolzarbligi, amaliy ahamiyati, rivojlantirishga nisbatan talablari, maqsadi, vazifasi, amaliy ahamiyati, ilmiy ahamiyati, iqtisodiy samarasi, axborot bazasi, yangiligi kabi ilmiy-ijodiy talablarga javob berishi lozim. Kurs ishi kirish qismida mavzuning asl masalasi, tadqiqot prinsiplari, ishni yoritishning metodik omillari, tahlil prinsiplari keltirilgan bo‘lishi lozim. Kurs ishi kirish qismida keltirilgan materiallar birinchi o‘rinda davlatimizning boshlang’ich ta’lim sohasidagi davlat siyosati prinsiplari, dolzarbligini yorituvchi mavzuning asosiy maqsadini keltiruvchi ilmiy farazlari keltirilgan bo‘lishi lozim. Asosiy qismda belgilangan savollarni yoritishda masalaga uzviy bog‘liq bo‘lgan nazariy bilimlar bilan bir qatorda talaba tomonidan to‘plangan materiallar, statistik ma’lumotlar, pedagogik tushunchalar mohiyati yoritiladi va taxlil qilinadi. Olingan natijalar, yangiliklar, g‘oya va fikrlar ilmiy jihatdan asoslanadi va o‘rganilgan adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar va boshqa manbalardan to‘plangan ma’lumotlar to‘la tahlil qilinadi. Ushbu yo‘nalishda bajarilgan ishlarning mamlakatimiz va xorijiy davlatlar tajribasi ham bayon etilishi 11 maqsadga muvofiq keladi. Agar talaba mavzu bo‘yicha olgan natijalarni tanqidiy baholay olsa kurs ishining qiymati yanada oshadi. Asosiy qismda mavzu moxiyati yanada kengroq ochishda mavzuga doir chizmalar va jadvallarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Nazariy tomondan o‘rganilayotgan masala chuqur yoritilgandan so‘ng kurs ishini bajaruvchi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan o‘zaro bog‘lay olishi kerak. Ish bo‘yicha berilayotgan takliflar asosli bo‘lishi va takliflar aniq, lo‘nda va tushunarli qilib bayon qilinishi kerak. Talaba kurs ishi matnini yozishda adabiyotlar va manbalardan olingan iqtiboslar va mualliflarning qarashlari qo‘shtirnoq ichida berilishiga e’tibor berilishi lozim. Xulosa qismida kurs ishining barcha qismlari doirasida bajarilgan ishlarga umumiy yakun yasaladi. Ushbu kurs ishi doirasida erishilgan asosiy natijalar xulosa va takliflar, tavsiyalar ko‘rsatib o‘tiladi. Download 354.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling