Kurs loyiha ishi


Kurs loyiha ishining maqsadi


Download 0.82 Mb.
bet2/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1531813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Alimova R. kurs ishi 2020

Kurs loyiha ishining maqsadi: Ikki ignadonli aylana trikotaj to’quv mashinalarida trikotaj maxsulotlari ishlab chiqarish.
Kurs loyiha ishining vazifasi: Ikki ignadonli aylana trikotaj to’quv mashinalarda mahsulot olish uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni to’plash, mahsulot, mashina, to`qima, xom-ashyo turlarini to’g’ri tanlash.


I .1 MAHSULOT TURINI TANLASH VA ASOSLASH


Trikotaj ishlab chiqarish tarmog`i yengil sanoat sohalari ichida eng tez rivojlanib borayotgan va yuqori samaradorlikka ega bo’lgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Trikotaj mahsulotlarining xilma-xilligi, betakrorligi, xususiyatlari jihatidan tengi yo’qligi ularga bo’lgan talabni yildan-yilga oshirib bormoqda. Xalq iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishda to’qimachilik sanoati tarmoqlarining ichida trikotaj ishlab chiqarish texnologoyasi o’zining unumdorligi, samaradorligi, ishlab chiqarish sharoitlari bo’yicha qulayligi bilan ajralib turadi.
Shu sababli, mahsulot turini tanlash va asoslash bo’yicha asosan mahsulotga bo’lgan ehtiyoj orqali biz ishlab chiqarayotgan mahsulot bozor talabiga ham javob berishi kerak. Trikotaj ishlab chiqarish texnologik jarayoni bosqichlari qisqaroq va arzonroqdir. Bundan tashqari trikotaj to’quv moshinalarining unumdorligi nisbatan ancha yuqori. Shu bilan birga trikotaj ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish o’ziga xos qiyinchiliklarga ham ega. Trikotaj ishlab chiqarishning xar bir bosqichida turli murakkab mashinalar qo’llaniladi. Shuningdek, yuqorida aytib o’tilgan mahsulotlarimizni o’z xom ashyoyimizdan ya’ni paxta tolasidan yigirilgan iplardan to’qib ishlab chiqarish imkoniyati ham bor. Bizdan talab qilinadigan narsa esa o’zimizga kerakli trikotaj to’quv mashinasini tanlab olishdir.
Bichish usulida trikotaj mahsulotlari gazlamalarni tashqi qiyofasiga qarab detallar qirqiladi va kerakli shakl berilib ular tikish jarayonida birlashtiriladi. Bu usul bilan trikotaj ustki mahsulotlari 90% ishlab chiqariladi. Bunday usulda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sezilarli miqdorda chiqindi ajraladi.
Kurs loyiha ishida ayollar ustki sport kiyimi tanlab olindi. Hozirgi kunda ayollar sport kiyimiga bo’lgan talab juda yuqori. Shu bois ushbu mahsulot turini kuz-qish mavsumlarida ishlab chiqarish tavsiya etiladi. Qolaversa interlok trikotaj to’qimasidan olingan mahsulotlar bozor talablariga mos va talab yuqori bo’lgan mahsulotlardir.
Tanlangan mahsulot xaridorgir mahsulotlar sirasiga kiradi. Bu mahsulotni ishlab chiqarishda interlok trikotaj to’qimasidan foydalanilganli tufayli, mahsulotning issiqlik saqlash, cho’zilish va ishqalanishga chidamliligi yuqori bo’ladi.



1-rasm. Ayollar sport kiyimining umumiy ko’rinishi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling