Kurs loyiha va kurs ishlarini bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatma mundarij a


«Elektr mashinalar» fanidan kurs loyihasini bajarish boʻyicha qoʻllanma


Download 1.92 Mb.
bet2/15
Sana07.05.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1437287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs Loyiha ishi topshiriq

«Elektr mashinalar» fanidan kurs loyihasini bajarish boʻyicha qoʻllanma
Uch fazali ikki chulgʻamli transformatorning elektromagnit va issiqlik hisobini bajarish.
Elektr energiyani uzatish, qabul qilish hamda ishlatishga moʻljallangan elektr tarmoqlari va uskunalarida elektr energiyani oʻzgartirish (kuchlanishni oshirish yoki kamaytirish) vazifasini bajaradigan transformatorni kuch transformatori deyiladi.
Normal sharoitda ishlayotgan elektr tarmogʻiga ulash uchun, yoxud maxsus ish sharoiti, yuklamaning xarakteri yoki ish rejimi bilan farq qilmaydigan elektr energiya iste’molchilarini bevosita ta’minlash uchun ishlab chiqarilgan transformatorlarni umumiy maqsadli kuch transformatorlari deyiladi.
Fazalar soniga koʻra transformatorlar bir, uch va koʻp fazali (sohaviy) turlarga boʻlinadi.
Elektr jihatdan oʻzaro ulanmagan ikki (yuqori va past kuchlanishli) chulgʻam bilan ta’minlangan transformatorni ikki chulgʻamli transformator deyiladi. Past kuchlanishli chulgʻami teng ikkiga boʻlingan kuch transformatorlarini ham, koʻpincha ikki chulgʻamlilar turkumiga kiritadilar.
Agar transformatorning (yoki avtotransformatorning) har fazasida uchta [yuqori kuchlanishli (YuK), oʻrta kuchlanishli (OʻK) va past kuchlanishli (PK)] elektr jihatdan ulanmagan (avtotransformatorlarda esa YuK va OʻK chulgʻamlari elektr jihatdan ulangan) chulgʻamlari boʻlsa, bunday holda uch chulgʻamli transformator (yoki avtotransformator) deyiladi.
Elektr energiyaning bir qismi birlamchi tarmoqdan ikkinchisiga chul-gʻamlari elektr jihatdan ulanganligi hisobiga uzatilib, boshqa qismi esa magnit maydoni orqali uzatiladigan transformatorning oʻziga xos koʻrinishini avtotransformator deyiladi.

1-rasm. Kuchlanish klassi 35 kV quvvati 1000-6300 kVA konstrukstiyasiga mos keladigan pasaytiruvchi kuch transformatori:1 – bak; 2 moy uchun ventil; 3 – zaminlash uchun qistirma;

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling